243
- narxlar qo‘shilgan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish (intellektual
xizmatlar).
Bu yyerda ajratilgan kanallarni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan
telefon xizmatlari haqida alohida gapirilmayapti.
Ma’lumotlar uzatish xizmatlari
. Yuqorida aytib o‘tilganidek, aloqa
xizmatlarini tizimlashtirish bir muncha qiyinchiliklar yaratadi. Bunda
ma’lumotlar uzatish xizmatlarini tartiblash ham oson bo‘lmaydi,
chunki
ularni turli xil klassifikatsiya bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Aloqa xizmatlari
klassifikatsiyasining turlaridan biri axborot uzatish turi bo‘yicha
xizmatlarni ajratish (kontent):
- ATM protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati;
- FR protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati;
- IP va boshqa protokollar bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati.
Biroq
yuqoridagi
ro‘yxat
telekomunikatsiya
tarmoqlari
va
qurilmalari bilan amalga oshiriladigan asosiy, formal funksiyalarni
tavsiflaydi. Bu bo‘limda xizmatlarni axborot almashish turi bo‘yicha
tizimlashtirish taklif etiladi. Bu holda xizmatlar
nomenklaturasi yuqorida
ko‘rsatilgan asosiy xizmatlarni kombinatsiyalashni amalga oshiradi va u
quyidagi asosiy xizmatlardan tashkil topgan:
-
IP, ATM, FR, X.25 protokollari asosida magistral aloqa tarmog‘i
xizmatlari va resurslariga ulanishni taqdim etish;
-
IP, ATM, FR, X.25 protokollari bo‘yicha ma’lumotlar trafigi bilan
almashish;
-
IP, ATM, FR , X.25 trafigining tranziti;
-
IP, ATM, FR, X.25 protokollari asosida virtual xususiy
tarmoqlarni tashkil etish.
Bundan
tashqari, ma’lumotlar uzatishga asoslangan xizmatlar
mavjud:
-
ajratilgan kanallar xizmatlari, N*64 Kbit/s, E1, E3 tezlikdagi
raqamli kanallarni ijaraga berish;
-
keng polosali videokonferensiyalarni tashkil
etish xizmatlari;
-
tele va radioeshittirish dasturlarini taqsimlash tarmog‘ini tashkil
etish xizmatlari.
Oxirgi yillarda ma’lumotlar uzatish xizmatlarining eng ko‘p
qo‘llaniladigani, IP protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati
hisoblanadi. Bu xizmatlarning ko‘p tarqalishi Internetning va uning
asosida taqdim etiladigan xizmatlarning tarqalishi hisoblanadi (oxirgi
foydalanuvchilar va Internet provayderlar
resurslariga ulanish, elektron
savdo xizmatlari va boshqalar). Biroq Internet xizmatlarining keng
244
qo‘llanilishining oshishi, ushbu xizmatlarni yetkazib beradigan aloqa
operatorlarining foydasi ko‘payishidan dalolat
bermaydi va bu Internet
xizmatlari yetkazib beradigan tariflarning narxlarini tushib ketishiga olib
keladi. Bundan tashqari odatiy muammolar: aholidan kam foyda kelishi va
hududiy kompaniyalarning noodatiy siyosati. Buning oqibatiga aholining
katta qismi Internet xizmatlarining doimiy foydalanuvchilari bo‘lib
hisoblanadilar.
Biroq Internet xizmatlari bozori yetarlicha istiqbollidir,
shuning
uchun Internet xizmatlarini taqdim etish, boshqa ma’lumotlar uzatish
xizmatlarini taqdim etish bilan bir qatorda yagona multiservisli aloqa
tarmog‘i asosida tashkil etilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: