249
Kommutatsiyalash
tugunining
qobiliyati
trafikga
xizmat
ko‘rsatishdan iborat. U trafikning ishonchliligi, uzatish sifati, ega bo‘lgan
resurslari va imkoniyatlariga bog‘liq.
Uzatish sifati
- bu tayyorgarlik holatida bo‘lgan tarmoq obyektining
qabul qiluvchi punktida signalni qayta tiklash sathidir.
Tarmoq resursi
deganda - kommutatsiyalash,
marshrutlash, qayta
qabul qilish, tarmoq obyektida ma’lumotni saqlash, rasmiyatchilik (bu
tushuncha ITU-T tavsiyasida hali aniqlanmagan va aniqlashtirilmagan).
Ishonchlilik
- umumlashtirilgan termin bo‘lib, tayyorgarlik
xususiyatini, rad etmasdan ishlash xususiyatini, ta’mirlashga yaroqlilik,
texnik xizmat ko‘rsatishni va ta’mirlashni tavsiflashda qo‘llaniladi.
Tayyorgarlik
- tarmoq obyektining ixtiyoriy vaqt lahzalarida
(rejalashtirilgan
davrdan tashqari, bu davrda tavsiyaga ko‘ra obyektni
qo‘llash ko‘rib chiqilmaydi) trafikni qayta ishlash va shu lahzadan boshlab
berilgan vaqt oralig‘ida rad etmasdan ishlash qobiliyati.
Rad etmasdan ishlash
- obyektning, berilgan vaqt davomida ishga
qobiliyatliligini uzluksiz saqlash qobiliyati.
Ishga
yaroqlilik
-
tarmoq
obyektining
xususiyati
bo‘lib,
ogohlantirishga moslashganlik va rad etish sabablarini aniqlash, texnik
xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni o‘tkazish yo‘li bilan ishga yaroqlilik
qobiliyatini qayta tiklashdan iborat.
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni ta’minlash
– tarmoq
obyektlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun xizmat operatorining
vositalarni ta’minlash qobiliyati (belgilangan ekspluatatsiya sharoitlarida
va qabul qilingan texnik xizmat ko‘rsatish usulida).
Xususiyatning har biri xarakteristikalar majmuasi bilan tavsiflanishi
mumkin (ko‘rsatkichlar, atributlar). Masalan, xizmat ko‘rsatishga
tayyorgarlik quyidagi xarakteristikalar bilan aniqlanadi:
tarqalish
muhitlari, qurilmaning ishga qobiliyatliligi, stansiyaning va tarmoq
uzellarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati.
ITU-T E.862 (1992 y.) tavsiyalarida texnik vositalarning rad etishi
bilan bog‘liq bo‘lgan operatorning va foydalanuvchining iqtisodiy
yo‘qotishlarini (rejalashtirishda, loyihalashtirishda,
ekspluatatsiyada va
telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatishda) hisobga
olish mumkin bo‘lgan yondashishlar keltirilgan.
Tarmoq operatorlari, bozor sharoitida ishlagan holda, rad etishlar
tufayli mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni baholash va o‘zining texnik
vositalarining ishonchliligini oshirishga ketadigan
xarajatlar bilan ularni
250
qiyoslashga qiziqadi. Har bir xarakteristika bir yoki bir necha hodisalar,
holatlar yoki ta’sirlar bilan bog‘liq.
Xizmat ko‘rsatish sifati va tarmoqning ishlash xarakteristikalarining
(atributlarni) barcha yig‘indisi ikkita kategoriyaga bo‘linadi:
-
birlamchi, xizmatga ulanish nuqtasida to‘g‘ri kuzatish yo‘li bilan
aniqlanadigan va vaqtning ma’lum bir lahzalariga tegishli bo‘lgan
(masalan, stansiyadan javobning kechikishi);
-
keltirib chiqilgan, bir yoki bir necha birlamchi atributlarga yoki
ayrim vaqt intervaliga yaqinlashtirishga asoslangan
holda aniqlanadigan
(masalan, tayyorgarlik koeffitsienti).
ITU-T
I.350
tavsiyasida
tarmoqda
va
uning
xizmatida
qo‘llaniladigan uchta funksiya va har bir funksiyada uchta xarakteristika
aniqlangan. Xuddi shu tarzda to‘qqizta birlamchi parametr (“matritsa
3x3”) olingan. Ular QoS va NP spetsifik parametrlarni aniqlash uchun
qo‘llaniladi (3.2-rasm):
-
tezlik bilan ulanish;
-
xatosiz ulanish;
-
ulanishning ishonchliligi (resursga ulanishda rad etish ehtimolligi);
-
ma’lumotlarni ko‘chirishning tezkorligi;
-
ma’lumotlarni xatosiz ko‘chirish;
-
ma’lumotlarni ko‘chirishning ishonchliligi;
-
bo‘shatishning tezkorligi;
-
bo‘shatishning xatosizligi;
-
bo‘shatishning ishonchliligi.
Tarmoq xizmati aloqaning ikki funksiyasini qo‘llaydi (3.2-rasm): xizmat
resursiga foydalanuvchilarni ulanishini ta’minlash, o‘rnatilgan ulanish
bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘chirish masalasini hal etadi va aloqa seansi
tugaganidan keyin oldin taqdim etilgan resurslarni bo‘shatish.
Ulanish
deganda xizmatlar resurslarini olishga bo‘lgan imkon tushuniladi.
3.2-rasm. Tayyorgarlik holatini aniqlash uchun 3x3 matritsali usul
Ulanish
jarayoni,
“foydalanuvchi-tarmoq”
interfeysida
foydalanuvchidan so‘rov paydo bo‘lgan lahzadan boshlanadi va uning
terminalida bir bitgina paydo bo‘lishi bilan tugaydi.
Foydalanuvchilarning ma’lumotlarini ko‘chirish jarayoni, ulanish
tugagan lahzadan harakatga tushadi va aloqa seansi tugashidan darak
bo‘lganda bo‘shatish so‘rovini uzatish lahzasida tugaydi.
Bo‘shatish jarayoni, bo‘shatish so‘rovi
signali uzatish lahzasida
amalga oshadi va har bir foydalanuvchi uchun aloqa seansi vaqtida
ajratilgan xizmatlar resurslari bo‘shagandan keyin tugaydi.
251
Bo‘shatish jarayoni, xuddi bog‘lanish kabi oldingi mavjud ulanishni
buzish va yuqori sath protokollarining ishini tugatilishi bilan bog‘liq.
Xizmatlar funksiyasini qo‘llashda xizmat sifati uchta parametr bilan
tavsiflanadi: tezkorlik (tezlik), xatosizlik (aniqlik), ishonchlilik.
Tezkorlik, vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘ini yoki
bajarish tezligini xarakterlaydi.
Xatosizlik,
vazifani
bajarilishini
to‘g‘riligining
darajasini
xarakterlaydi.
Xizmatlar
xarak-
teristikasi
Xizmatlar funksiyasi
Tezkorlik
(Speed)
Xatosizlik
(Accuracy)
Ishonchlilik
(Dependability)
Ulanish (Access)
Ma’lumotni ko‘chirish
(User information
transter)
Bo‘shatish (Release)
…..110111111111110110011010100…… Ketma – ket vaqt
lahzalari davomida tayyorgarlik holati
Ishonchlilik, ma’lum bir berilgan kuzatish vaqti oralig‘ida vazifani
bajarishda ishonchlilik darajasini aniqlaydi (bajarish tezkorligi va
xatosizligiga bog‘liq bo‘lmagan holda).
Xizmatlar sifatining har bir birlamchi parametri uchun me’yorlar
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bu me’yorlar orqali xizmatlarni taqdim etish
jarayonida o‘lchangan qiymatlarni solishtirish mumkin bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: