TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINING RIVOJLANISH TAHLILI. ZAMONAVIY KIRISH TEXNOLOGIYALARI
Jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini ommaviy ishlatish bilan tavsiflanadi. Xizmatning prinsipial yangiturlari paydo bo‘lishi biznes jarayonlarni optimallashtirishga, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishga, ishlab chiqish quvvatini yaratishga yo‘l beradi, bu oxirgi yakunda iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi shoxchasini paydo qiladi.
Iqtisodiy faoliyatini kuchayishi, ishlab chiqarish quvvatini oshishi va biznes jarayonni jadalligi telekommunikatsiya muhitiga qattiqroq talablar talab qiladi. O‘z navbatida, axborot texnologiyalarini rivojlanishi berilayotgan xizmatlar sifatini faqatgina yaxshilamay, balki iste’molchilarga axborotli xizmat ko‘rsatishning prinsipial yangi turlarini taklif etadi. Ma’lumki, oxirgi yillar mobaynida aloqa va axborotlashtirish sohasining jadal sur’atlar bilan rivojlantirish borasida respublikamizda qator istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida “Dunyodagi yetakchi mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy ta’limini takomillashtirilishi axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.”1 deb ta’kidlab o‘tganlarini alohida ko‘rsatib o‘tish joiz.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimov 2014 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida shunday deganlar: “ Barchamizga ayonki, xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi. Jahon tajribasi bugun aynan ushbu soha yalpi ichki mahsulotni shakllantirish, aholi bandligini ta’minlash, odamlarning farovonligini oshirishda yetakchi o‘rin tutishini ko‘rsatmoqda.
2014-yilda bozor xizmatlari ko‘rsatish hajmi 15,7 foizga o‘sdi, ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 53 foizdan 54 foizga oshdi. Bugungi kunda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining 50 foizdan ortig‘i ushbu tarmoqda mehnat qilmoqda.
Bu borada xizmatlar tarkibi ham tubdan o‘zgarib borayotganini ta’kidlash joiz. Mobil aloqa, yuqori tezlikda ishlaydigan internet, kabelli televizion aloqa, masofaviy bank xizmatlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtomobillar va texnologik uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish kabi zamonaviy yuqori texnologiyalar asosidagi xizmat turlari aholi o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda.
So‘nggi besh yilda an’anaviy maishiy va kommunal xizmatlar ulushi 16 foizdan 9,5 foizga tushdi, yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlar ulushi esa 21,2 foizga qadar ko‘tarildi.
Yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orasida keyingi yillarda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari boshqa sohalarga nisbatan jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidlash joiz. Ushbu xizmatlar hajmi so‘nggi besh yilda 3,3 barobar, o‘tgan yili esa 24,5 foizga o‘sdi.
Iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz hayotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining alohida va muhim o‘rin tutishini hisobga olib, 2013-yilda 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar 2014-yilda mamlakatimizda barcha avtomat telefon stansiyalarini raqamli tizimga o‘tkazishni yakunlash uchun zamin yaratdi. Bu esa xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Aholi, jumladan, mamlakatimizning olis hududlarida yashayotgan aholining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, 2014-yilda yurtimizda, xususan, Qo‘ng‘irot, Boysun, Uzun, Mo‘ynoq kabi olis tumanlarda 2 ming kilometrdan ziyod optik tolali aloqa tarmoqlari barpo etildi.
Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda ular 10 million 200 ming kishidan oshdi yoki mamlakatimiz aholisining uchdan bir qismini tashkil etmoqda. Respublikamizda internetning o‘tkazuvchanlik darajasi 4 barobar oshirildi, internetga ulanish tezligi esa 1,5 marta ortdi. Shu bilan birga, undan foydalanish narxi 2013-yilga nisbatan 11,6 foizga kamaydi.
Ayni paytda qishloq joylarda xizmatlar sohasi hali-beri yetarlicha rivojlanmaganini ham aytish joiz. Qishloqda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar ko‘rsatish hajmi shahardagidan hali-hamon sezilarli darajada ortda qolmoqda. Ayni paytda qishloq joylarda aloqa xizmati, bank-moliya va kommunal xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ham unutmaslik darkor.”2
Boshqaruv mexanizmida boshqarish tamoyillari alohida o‘rin tutadi. Umuman tamoyil kategoriyasini ishlatish va qo‘llash muhim masala bo‘lib, shu nuqtai nazardan boshqarish tamoyillari mazmunan «Jamiyatda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlarning barcha tomonidan etirof etilgan va qabul qilingan qoidalarini hamda iqtisodiy jarayonlarning umumiy hususiyatlarini o‘zida ifoda etadi».
Axborot-kommunikatsiya sohasining boshqarish tizimi samaradorligi ko‘p jihatdan boshqarish elementlari «vertikal» va «gorizontal» majmualarining ham ichki, ham o‘zaro jihatdan davr talablariga mos ravishda oqilona (ratsional) bo‘lishiga bog‘liq. Telekommunikatsiya sohasining o‘ziga xos texnikaviy va faoliyat ko‘rsatish hususiyatlari ushbu vertikal tizimni saqlab qolishni taqazo etadi.
Ma’lumki yuqori tezlikdagi signallarni uzatish va qabul qilib olish uchun yuqori darajada o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan yo‘naltiruvchi muhit bo‘lishi kerak. Bunday talablarga optik aloqa vositalariga teng keluvchi vositalar hozirgi kunda mavjud emas. Optik aloqa vositalariga optik signallarni uzatuvchi muhit va optik texnika vositalari yig‘indisi kiradi. Ana shu vositalarni qo‘llashda quyidagi telekommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya tarmoqlariga asinxron uzatish (Asynchronous Transfer Mode – ATM) tizimlari va transport tarmoqlarini sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital Hierarchy – SDH) va to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish (Wavelength Division Multiplexing – WDM) tizimlari asosida tuzilayapti. Shuning uchun optik aloqa jamiyatni axborotlashtirish jarayonini rivojlantiruvchi mukammal va istiqbolli aloqa vositasi hisoblanadi.
Foton texnologiyasi asosidagi optik aloqa (OA), ya’ni to‘liq optik tarmoqlar (All-Optical Networks – AON) telekommunikatsiya tarmoqlarining kelajagi hisoblanadi. To‘liq optik aloqa magistral tarmoqlarni, shuningdek abonentlarning tarmoqqa ulanishini ham qamrab, mijozlarni telekommunikatsiya tarmoqlariga keng polosali ulanishlarni ta’minlaydi. Foton texnologiyasi asosidagi to‘liq optik aloqada kommutatsiya, multipleksorlash va regeneratsiyalash optoelektron yoki elektrooptik emas, balki faqat optik texnologiya asosida amalga oshiriladi. Bu bilan qurilmaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ishonchliligi va uzatish tezligi bir necha martaga oshadi. Foton texnologiyasini aloqa tarmoqlariga tadbiq etishda optik kommutatorlar, optik regeneratorlar, optik kuchaytirgichlar, optik filtrlar, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish optik tizimlari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |