Telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanish tahlili. Zamonaviy kirish texnologiyalari


KEYINGI AVLOD TARMOQLARINING (NGN) TUZILISH KONTSEPTSIYASI



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə9/9
tarix29.03.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#91058
1   2   3   4   5   6   7   8   9
o\'ndirislik a\'meliyati

KEYINGI AVLOD TARMOQLARINING (NGN) TUZILISH KONTSEPTSIYASI
NGN (Next Geniration Network) - keyingi avlod tarmoqlari. Bu termin telekommunikatsiya soxasida keyingi paytlarda paydo bo‘lgan va maxsus adabiyotlarda xar xil talqin qilinadi. Masalan, kommutatsiya soxasidagi mutaxassislar NGN deyilganda kommutatsiyaning yangi prinsiplarini, birlamchi tarmoqlar mutaxassislari – yangi MPLS, OSPF, BGP va boshqa transport texnologiyalari tarmoqlariga o‘tishni, kirish (etishish) tarmoqlari mutaxassislari – keng polosali kirish tizimlarini tushunishadi va xakozo. YUqoridagilardan kelib chiqib, telekommuniksiya tarmoqlari nuqtai nazaridan NGN ni quyidagicha tushunish maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz.
NGN tarmoqlari – bu raqamli aloqa rivojlanishi bosqichida paydo bo‘lgan texnik echim bo‘lib, bunda ma’lumotlar trafigi nutq trafigidan muximroq, kompyuterlar esa telefon apparatlaridan muximroq bo‘lib qoldi.
Bunday aniqlanma bo‘yicha, ma’lum texnologik echimlarning simbiozi
NGN ning ayrim xususiyatlarini keltirib chiqaradi:
-NGN texnologiyasi telekommunikatsiyaning tarixiy rivojlanish natijasida, jamiyatni axborotlashtirishning ayni ma’lum bir stadiyasida, ya’ni ma’lumotlar trafigi an’anaviy nutq trafiklarini “engayotgan” paytida paydo bo‘ladi;
-jamiyatda ijtimoiy siljishlar va axborotning nisbiy qiymati o‘zgarishi sababli, NGN konsepsiyasi bilan, aloqa tizimlarining xamma texnologiyalari rivojlanishida sifatli keskin o‘zgarish bog‘langan,
- NGN texnologiyasi zamonaviy aloqa tizimlarining xamma qatlamlarini (satxlarini) qamraydi, uning yangi imkoniyatlari foydalanuvchilarining aloqa xizmatlariga munosabatlarini tubdan o‘zgarishiga olib keladi.
Zamonaviy telekommunikatsiyalarda, jamiyatning kuchli “internetlashuvi” bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, ularni moxiyati bo‘yicha ilmiy-texnik revolyusiya deb xisoblash mumkin. Hozirga qadar dunyo telekommunikatsiyalari ikkita ilmiy-texnik revolyusiyani boshidan kechirdi deb aytish mumkin.
Umumdunyo miqyosida nutq trafigi barqaror xolda turibdi, ma’lumotlar uzatish, ayniqsa Internet trafigi esa keskin ko‘paymoqda. SHuning uchun NGN konsepsiyasini telekommunikatsiya soxasining rivojlanish butun jaxon strategiyasi sifatida e’tirof etish mumkin.
Hozirga qadar telekomunikatsiyaning rivojlanishi ma’lum darajada evolyusion yo‘l bilan bormoqda: telefon tarmog‘ida ISDN, uzatish tizimlari PDHdan SDHga va so‘ngra ATMga o‘tkazildi, NGN esa xamma satxlarda qurilishning yangi prinsiplarini taklif etmoqda. Bu tarmoqning ishlab turgan komponentlaridan minimal foydalangan xolda, uni qayta qurish afzal ekanligini bildiradi.



9-rasm Zamonaviy NGN tizimi strukturasi

1


2


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin