Telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanish tahlili. Zamonaviy kirish texnologiyalari


To‘rtinchi pog‘ona TRANSPORT pog‘onasi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə5/9
tarix29.03.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#91058
1   2   3   4   5   6   7   8   9
o\'ndirislik a\'meliyati

To‘rtinchi pog‘ona TRANSPORT pog‘onasi
Transport pog‘onasi. Uning protokoli transport protokoli deb
nomlanadi. U yuboruvchidan qabul qiluvchiga ma’lumotlar trasportirovkasini ta’minlab beradi va tarmoq bo‘yicha ma’lumotning transportirovka uslubini aniqlab beradi. Yuqori pog‘onadan keladigan ma’lumotni taqsimlab manzil va xizmat axborotli sarlavxa berish va paket ko‘rinishida tarmoqqa uzatish mazkur
pog‘ona uchun xosdir. Bu pog‘onada oxiirgi foydalanuvchiga paketlarning
to‘g‘ri borish tartibini nazorat qilinadi.
Uchinchi pog‘ona – tarmoq pog‘onada bajariladigan tarmoq protokoli ma’lumot paketlari marshrutini tanlashni ta’minlab beradi.
Ikkinchi pog‘ona - kanal pog‘ona, tarmoq pog‘onasida tanlangan marshrutda qo‘shni punktlar bilan fizikaviy ulanish so‘rovini ta’minlab beradi va paketlarni uzatishdagi zarur ketma-ketlikni tashkil qiladi. Bunda, ular guruxga birlashishi mumkin va kadr deb nomlanuvchi tuzilmani
tashkil qilishadi. Kadr xatto o‘z ichiga bitta paketni kiritsa ham maxsus
sarlavxa va chegaralovchi ramkalar bilan ta’minlanadi. SHu erdayoq tugunda
paketlarni to‘g‘ri qabul qilinganligi nazorat qilinadi va xato topilganda
paketni qayta uzatishga so‘rovnoma jo‘natiladi.
Birinchi, fizikaviy pog‘onada uzatish muxiti bilan interfeys amalga oshiriladi va aloqa liniyasi bo‘yicha kadrlarni bitma-bit uzatilishi.
Tarmoq pog‘onasi quyidagilarni ta’minlaydi:

  • foydalanayotgan tarmoq va fizik muhitlarni kommutatsiyalash;

  • marshrutizatsiyalashga bog‘liq bo‘lmagan transport tarmoq darajasi uchun axborotlarni uzatilishni ta’minlovchi tarmoq ulanishlarni o‘rnatish;

  • faol holda tutish va uzish vositalarini etgazib berish;

  • ma’lumot oqimlarini boshqarilishini ta’minlash;

  • paketlar jo‘natilishi ketma – ketligini tartibga solish;

  • shoshilinch ma’lumot uzatilishini ta’minlash;

  • xatolarni topish va tuzatilishini ta’minlash.

Tarmoq pog‘onasining ma’lumotlarini paketlar deb atash qabul qilingan. Tarmoq pog‘onasida 2 xil protokollar ishlaydi.
1. Tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarni harakatini yo‘lga qo‘yadi;
2. Marshrutlash protokollari – marshrutizator tarmoqlararo bog‘lanishlar topologiyasi to‘g‘risida axborot to‘playdi.
Tarmoq pog‘onasi vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Murakkab tarmoqlarning tugunlari o‘rtasidagi paketlar uzatilishi;

  • Biron bir kriteriy asosida paketlarni uzatish uchun eng muqobil marshrutni aniqlash;

  • Kanal pog‘onasi protokollarini moslashtirish (murakkab tarmoq miqyosida).

Uchinchi pog‘onada bajariladigan tarmoq protokoli ma’lumot paketlari marshrutini tanlashda qo‘llaniladi

4-rasm Tarmoq pog’onasi protokoli



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin