Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari


 Impulsli-modulyatsiyalangan signallarni detektorlash



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

 
13.7. Impulsli-modulyatsiyalangan signallarni detektorlash 
Impulsli-modulyatsiyalangan signallarning o‘ziga xos xususiyati ularning 
spektrida modulyatsiyalovchi signalning past chastotali tashuvchisini borligi 
hisoblanadi. Shuning uchun bunday signallarni detektorlash uchun nochiziqli 
element ishlatilmaydi. Detektorlash filtr orqali amalga oshiriladi, uning yordamida 
modulyatsiyalovchi signalning past chastotali tashuvchisi aratib olinadi. Buning 
uchun filtrning chegraviy chastotalari modulyatsiyalovchi signal spektrining eng 
kichik 
F
min
va eng katta 
F
max
 
chastotalariga teng bo‘lishi kerak. Birlamchi (past 
chastotali) signallarni detektorlash PChFda amalga oshiriladi. 
A)
AIM signallarni detektorlash
. Agar AIM signal impulslarining sig‘imi 
q>>1 katta bo‘lsa, u holda detektorlash pik detektor orqali amalga oshiriladi.
Pik detektor
deb chiqish kuchlanishi impulslar amplitudasiga proporsional 
o‘zgaradigan va impulslarning T kelishi davri intervalida deyarli o‘zgarmas 
saqlanadigan amplitudaviy detektorga aytiladi. FIM signallar spektrida 
modulyatsiya chastotasi tashkil etuvchilarining sathi sezilarsiz, shuningdek u 
modulyatsiyalash chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun FIM signallarni 
PChFda to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlash mumkin emas. Bu signallar dastlab KIM 
yoki ChIM signallarga o‘zgartiriladi, keyin PChFda detektorlanadi. Lekin FIM 
signalni o‘zgartirish uchun u bilan birga sinxronlashtirish takt signallarini uzatish 
zarur, bu esa detektorning sxemasini murakkablashtiradi. 


210
Qabul qilgichda halaqitbardoshlikni oshirish uchun qabul qilingan impulsli 
modulyatsiyalangan signallar regeneratsiya qilinadi. 
Regeneratsiya qilish
 
impulslar shaklini qayta tiklash jarayoni hisoblanadi. 
13.29- rasmda impulsli modulyatsiyalangan signalni regeneratsiya qilinishini 
tushuntiradigan vaqt diagrammalari keltirilgan. 13.29a- rasmda uzatiladigan 
S
im.uz
(t)
impulsli modulyatsiyalangan signal tasvirlangan. 13.29b- rasmda qabul 
qilingan 
Z
qab
(t)
signal tasvirlangan. Bu signalning shakli aloqa kanalida 
fluktuatsion va impulsli halaqitli signallarning ta’siri tufayli buzilgan. 
Regeneratsiya qilish impulslar maksimum qiymatining yarmiga yaqin sathda 
maksimum va minimum bo‘yicha impulslarning amplitudalari cheklash yo‘li bilan 
amalga oshiriladi (13.29v- rasm). Regeneratsiya qilishda impulsli halaqitlarning 
katta amplitudasi keltirib chiqaradigan qabul qilingan signalning buzilishi bo‘lishi 
mumkin, lekin halaqitlarning katta qismi so‘ndiriladi. Binobarin, regeneratsiya 
qilishda impulslarning amplitudalari cheklash amalga oshiriladi, u holda AIM 
signallarni regeneratsiya qilish mumkin emas, chunki bu signallarning amplitudasi 
axborot parametri hisoblnadi. 
13.29- rasm. Impulsli modulyatsiyalangan signalni regeneratsiya qilish 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin