224
15.2. Abonentlar raqamli televideniye qabullash qurilmalarining qurish
prinsiplari
Raqamli televideniye dasturlarini qabul qilish
uchun abonentlar qabul
qilgichining funksional sxemasi 15.4- rasmda keltirilgan.
Raqamli televideniye dasturlarini qabul qilish
uchun raqamli qabul qilgich
quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan:
−
raqamli signallarni
qabul qilish va ishlov berish,
shuningdek olingan
analog signalni PAL tizimida kodlash uchun monoplata:
−
impulsli ta’minot bloki platasi;
−
korpus;
−
masofdan boshqarish (MB) infraqizil (IQ) pulti.
15.4-rasm. Raqamli televideniye abonentlar qabul qilgichining funksional sxemasi
Opsiyalar sifatida alohida televizion dasturlarni yozib olish va saqlash uchun
qattiq disk va smart-cardni o‘qish uchun qurilma ko‘zda tutiladi.
Raqamli qabul qilgich ish rejimlarini boshqarish
ekran menyusi tizimi
yordamida
ham IQ-pultdan, ham tugmalar panelidan amalga oshiriladi.
Analog
TVga
SCART
uyasi
yoki uchtalik
RCA
uyalar orqali amalga oshirish mumkin.
DVB-T
tizimi raqamli qabullagilari oddiy televizion
antenna bilan ishlaydi,
binobarin, hatto xona antennasiga sifatli qabul qilish amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: