8
1. KUCHAYTIRISH QURILMALARI
1.1. Kuchaytirgichlarning tavsifi va asosiy texnik ko‘rsatkichlari
Kuchaytirish
qurilmalar
texnikaning
keng
sohalarida
qo‘llaniladi.
Televideniye, radioeshittirish, avtomatik boshqarish tizimlari,
radiotexnika,
radiolokatsiya va boshqa tizimlarda kichik quvvatli signallarni kuchaytirish uchun,
shuningdek turli xil radioelektron apparaturalar, personal kompyuterlarning
yetakchi qismi sifatida kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Kichik quvvatli o‘zgaruvchan signalning
parametrlarini buzmasdan,
o‘zgarmas kuchlanish manbaining quvvati hisobiga kuchaytirib beruvchi
qurilmaga
elektron
kuchaytirgich
deyiladi. Quvvatni kuchaytirish samarasi
qurilmada energiyasi chiqishda oshirilgan
quvvatni hosil qilish uchun
ishlatiladigan qandaydir tashqi manba bo‘lganida mumkin bo‘ladi. Energiyasi
kuchaytirgichda kuchaytirilgan signallar energiyasiga o‘zgartiriladigan bu manba
ta’minot manbai
deyiladi.
Ta’minot manbaining energiyasi kuchaytirish
yoki aktiv elementlar
yordamida foydali signal energiyasiga o‘zgartiriladi. Kuchaytirilgan signallar
iste’molchisi hisoblanadigan qurilma
kuchaytirgichning yuklamasi
deyiladi,
yuklama ulangan kuchaytirgichning zanjiri esa
chiqish
zanjiri
yoki
kuchaytirgichning chiqishi
deyiladi. Kuchaytirilishi kerak bo‘lgan
kirish signali
manbai
signal manbai
yoki
generator
deyiladi, kirish signali kiritiladigan
kuchaytirgichning zanjiri esa
kirish zanjiri
yoki
Dostları ilə paylaş: