Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari


 Tranzistorlarning ulanish sxemalari



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

1.2. Tranzistorlarning ulanish sxemalari 
Kuchaytirgichni to‘rtqutbli ko‘rinishida berilishi 
Kuchaytirgich qanday kuchaytirgich (audio kuchaytirgich, lampali 
kuchaytirgich yoki radiochastota kuchaytirgichi) bo‘lishidan qat’iy nazar ikkita 
uchlari kirish va ikkita uchlari chiqish hisoblanadigan to‘rt qutbli hisoblanadi. 
Kuchaytirgichning ulanishi tuzilish sxemasi 1.4- rasmda keltirilgan. 
1.4- rasm. Kuchaytirgich ulanishining tuzilish sxemasi
Asosiy kuchaytiruvchi element – tranzistor atigi uchta chiqishga ega, shuning 
uchun tranzistorning uchlaridan birini bir vaqtda signal manbai (kirish uchi 
sifatida) va yuklamani ulash (chiqish uchi sifatida) ulash uchun ishlatishga to‘g‘ri 
keladi. 
U
kir
 
U
chiq
 
R
yu
 


15
Tranzistorning qaysi uchi ham kirish, ham kuchaytirgichning chiqishi 
kuchaytirgichning kirishi uchun umumiy hisoblanishiga bog‘liq ravishda 
tranzistorning ulanish sxemalari quyidagicha nomlanadi: 
- bipolyar tranzistorlar uchun: 

umumiy emitterli sxema; 

umumiy bazali sxema; 

umumiy kollektorli sxema; 
- maydoniy tranzistorlar uchun: 

umumiy istokli sxema; 

umumiy stokli sxema; 

umumiy zatvorli sxema. 
Bipolyar tranzistorning ulanish sxemalari 
Umumiy emitterli (UEli) sxema 
UEli sxema quvvat bo‘yicha eng katta kuchytirish koeffitsientiga ega
shuning uchun yuqori chastotali kuchaytirgichlar uchun eng keng tarqalgan 
yechim bo‘lib qolmoqda. 
Umumiy emitterli sxema bu tranzistorning emitteri ham kirish signalini 
ulanishi uchun, ham yuklamani ulanishi uchun ishlatiladigan kuchaytirgich 
hisoblanadi. 
Umumiy 
emitterli 
sxema 
bo‘yicha ulangan tranzistorli 
kuchaytirgichning funksional sxemasi 1.5- rasmda keltirilgan. 
Bu sxemada to‘rt burchak fonda 1.4- rasmda keltirilgan kuchaytirgichning 
chegaralari ko‘rsatilgan. Unda tranzistorning ta’minot zanjirlari ko‘rsatilmagan. 
Hozirgi vaqtda umumiy emitterli sxema ovoz kuchaytirgichlarida deyarli 
qo‘llanmaydi, lekin televizion signal kuchaytirgichlari, GSM kuchaytirgichlari va 
boshqa yuqori chastotali kuchaytirgichlarda ular keng qo‘llanadi. 


16
1.5- rasm. Tranzistorning umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulanishining 
funksional sxemasi
Tranzistorni umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulanishi sxemasining kirish 
qarshiligi tranzistorning kirish xarakteristikasi orqali aniqlanadi. U tranzistorning 
baza toki, demak, kollektor tokiga bog‘liq bo‘ladi. Tranzistorni umumiy emitterli 
sxemasining amplituda-chastota xarakteristikasida yuqori kuchaytirish chastotasi 
tranzistorning boshqa ulanish sxemalariga qaraganda minimal bo‘ladi. Umumiy 
emitterli sxema bo‘yicha tranzistorning yuqori kuchaytirish chastotasi 
f
β
(
f
h21e

chastota orqali cheklangan. 
Umumiy bazali sxema 
Umumiy bazali sxema odatda yuqori chastotalarda qo‘llanadi. Tranzistorning 
bunday ulanish sxemasining quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti umumiy 
emitterli sxemaga qaraganda kichik bo‘ladi. Bu tranzistorning umumiy bazali 
ulanishi sxemasi tok bo‘yicha kuchaytirmasligiga bog‘liq. Bu sxemada 
kuchaytirish faqat kuchlanish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Tranzistorning umumiy 
bazali ulanishi funksional sxemasi 1.6- rasmda keltirilgan. 
Bu sxemada ham kollektor va baza ta’minoti zanjirlari ko‘rsatilmagan.
Tranzistorning umumiy bazali ulanishi sxemasining kirish qarshiligi sifatida 
tranzistorning emitter qarshiligi xizmat qiladi, shuning uchun umumiy bazali 
ulanishi sxemasining kirish qarshiligi kichik bo‘ladi. Uning kirish qarshiligi barcha 
ulanish sxemalaridan eng kichigi hisoblanadi, lekin bu sxema uchun bu kamchilik 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin