9
Bitta kuchaytiruvchi
elementi bo‘lgan zanjir
kaskad
deyiladi.
Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan kuchaytirgichlarda kuchaytiruvchi
element sifatida tranzistorlar va integral mikrosxemalar (IMS) ishlatiladi.
Kuchaytirgichlarda kuchaytirish quyidagicha amalga oshiriladi.
Boshqariladigan
elementning (tranzistor) kirish zanjiriga kirish signalining kuchlanishi beriladi. Bu
kuchlanish ta’sirida kirish zanjirida kirish toki hosil bo‘ladi. Bu kichik kirish toki
chiqish zanjiridagi tokda o‘zgaruvchan tashkil etuvchini hamda boshqariladigan
elementning chiqish zanjirida kirish zanjiridagi kuchlanishdan ancha katta bo‘lgan
o‘zgaruvchan kuchlanishni hosil qiladi (1.1- rasm).
1.1- rasm. Kuchaytirish jarayonining umumiy tarkibi
Kuchaytirish diapazoni bo‘yicha kuchaytirgichlar
tor va keng polosali
kuchaytirgichlarga bo‘linadi (1.2- rasm). Tor polosa kuchaytirgichlari faqatgina
past
chastotada emas, yuqori chastotalarda filtr sifatida kerakli diapazondagi
to‘lqinlarni ajratib olish uchun ishlatiladi.
Shuning uchun, bu kuchaytirgichlar
rezonansli kuchaytirgichlar ham deyiladi. Bajarayotgan
vazifasiga qarab
kuchaytirgichlar dastlabki kaskadda ishlovchi kuchaytirgichlarga va chiqish
kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Dastlabki kaskadda
ishlovchi kuchaytirgichlar
kuchlanishni oshirish uchun ishlatilsa, chiqish kuchaytirgichlari quvvatni oshirish
uchun xizmat qiladi.
10
1.2- rasm. Kuchaytirgichlar turlari
Kuchaytirgichlarning asosiy texnik ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
- kuchaytirish koeffitsienti (tok bo‘yicha, kuchlanish bo‘yicha, quvvat
bo‘yicha):
- kirish va chiqish qarshiligi;
- chiqish quvvati;
- foydali ish koeffitsienti;
- nominal kirish kuchlanishi (sezgirlik);
- chastota bo‘yicha kuchaytirish oralig‘i;
- amplituda bo‘yicha dinamik diapazon;
- signal shaklini buzilishi;
- chastota, faza va nochiziqli buzilishlar
Kuchaytirish koeffitsienti – chiqishdagi signal amplitudasini kirishdagi signal
amplitudasiga nisbatan necha barobar ortganini ko‘rsatadi.
Ularga quyidagi
kuchaytirish koeffitsientlari kiradi:
- kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti
K
u
= U
2
/ U
1
;
- tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti
K
i
= I
2
/ I
1
;
Dostları ilə paylaş: