Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

 
 


173
12. RADIOQABUL QILISH QURILMALARI CHASTOTA
O‘ZGARTIRGICHLARI
 
12.1. Chastotani o‘zgartirish haqida umumiy tushunchalar 
 
Signal chastotasini o‘zgartirish bu uning tuzilmasini o‘zgartirmasdan 
chastotalar o‘qida signal spektrini chiziqli o‘tkazish amalga oshiriladigan jarayon 
hisoblanadi (12.1- rasm). Signalning og‘ishi va uning boshlang‘ich fazasi bunda 
o‘zgarmaydi. Boshqacha aytganda, chastotani o‘zgartirish modulyatsiyalangan 
tebranishlarning amplitudasi, chastotasi yoki fazasini o‘zgarishi jarayonini 
buzmaydi.
12.1- rasm. Signal chastotasini o‘zgartirish
Signal chastotasini o‘zgartirish chastota o‘zgartirgichlari orqali amalga 
oshiriladi. Chastota o‘zgartirgichi supergeterodinli sxema bo‘yicha yig‘ilgan 
radioqabul qilgichlarda, signallarni generatsiyalash va shakllantirish qurilmalarida 
(radiouzatkichlarda, chastota sintezatorlarida), turli radioo‘lchash asboblarida
(selektiv voltmetrlar,  spektr analizatorlarida, modulometrlar va deviometrlarda
,
so‘nishlarni o‘lchash uchun qurilmalarda) qo‘llanadi. 
Masalan, qayd etilgan oraliq chastota qiymatili supergeterodinli radioqabul 
qilgichlarda signal radiochastotasi polosasini pastga (kam hollarda yuqoriga) 
o‘tkazish qo‘shni kanal bo‘yicha halaqitlarni so‘ndirish (ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
kuchaytirishli radioqabul qilgichlarga qaraganda chastotaviy tanlovchanlikni sifat 


174
jihatdan yaxshilash) uchun chastotaviy xarakteristikasi katta to‘g‘ri burchakli 
bo‘lgan asosiy seleksiya sozlanmaydiga murakkab filtrini qo‘llashga, shuningdek
diapazonli radiochastota kuchaytirgichiga qaraganda samaraliroq bo‘lgan oraliq 
chatota kuchaytirgichidan foydalanishga imkon beradi. Bunday radioqabul 
qilgichni qayta sozlash chastota o‘zgartirgichining tarkibiga kiradigan 
geterodinning chastotasini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, chastota o‘zgartirgichi bu signal tuzilmasi saqlanishi bilan 
radiosignal spektrini radiochastota diapazonining bitta sohasidan boshqasiga 
o‘tkazishni amalga oshiradigan qurilma hisoblanadi. Chastota o‘zgartirgichining 
tarkibiga aralashtirgich, geterodin va oraliq chastota signali uchun yuklama kiradi. 
Chastotani o‘zgartirish parametrlardan birini davriy o‘zgartiradigan nochiziqli 
elementga ega bo‘lgan aralashtirgichda (oltiqutblilikda) bo‘lib o‘tadi (12.2- rasm). 
Bunday nochiziqli elementlar sifatida tranzistorlar, varikaplar va diodlar 
ishlatiladi. 
12.2- rasm. Chastota o‘zgartirgichining ekvivalent sxemasi 
Agar nochiziqli elementga, masalan, yarim o‘tkazgichli diodga bir vaqtda 
turli chastotalarli signal berilsa, u holda bu elementning zanjirida bu signallardan 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin