173
12. RADIOQABUL QILISH QURILMALARI CHASTOTA
O‘ZGARTIRGICHLARI
12.1. Chastotani o‘zgartirish haqida umumiy tushunchalar
Signal chastotasini o‘zgartirish bu uning tuzilmasini o‘zgartirmasdan
chastotalar o‘qida signal spektrini chiziqli o‘tkazish amalga oshiriladigan jarayon
hisoblanadi (12.1- rasm). Signalning og‘ishi va uning boshlang‘ich fazasi bunda
o‘zgarmaydi.
Boshqacha aytganda, chastotani o‘zgartirish modulyatsiyalangan
tebranishlarning amplitudasi, chastotasi yoki fazasini o‘zgarishi
jarayonini
buzmaydi.
12.1- rasm. Signal chastotasini o‘zgartirish
Signal chastotasini o‘zgartirish chastota o‘zgartirgichlari orqali amalga
oshiriladi. Chastota o‘zgartirgichi supergeterodinli sxema bo‘yicha yig‘ilgan
radioqabul qilgichlarda, signallarni generatsiyalash va shakllantirish qurilmalarida
(radiouzatkichlarda, chastota sintezatorlarida), turli radioo‘lchash asboblarida
(selektiv voltmetrlar,
spektr analizatorlarida, modulometrlar va deviometrlarda
,
so‘nishlarni o‘lchash uchun qurilmalarda) qo‘llanadi.
Masalan, qayd etilgan oraliq chastota qiymatili supergeterodinli radioqabul
qilgichlarda signal radiochastotasi polosasini pastga (kam hollarda yuqoriga)
o‘tkazish qo‘shni kanal bo‘yicha halaqitlarni so‘ndirish (ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kuchaytirishli radioqabul qilgichlarga qaraganda chastotaviy
tanlovchanlikni sifat
174
jihatdan yaxshilash) uchun chastotaviy xarakteristikasi katta to‘g‘ri burchakli
bo‘lgan asosiy seleksiya sozlanmaydiga murakkab filtrini qo‘llashga, shuningdek
diapazonli radiochastota kuchaytirgichiga qaraganda samaraliroq bo‘lgan oraliq
chatota kuchaytirgichidan foydalanishga imkon beradi.
Bunday radioqabul
qilgichni qayta sozlash chastota o‘zgartirgichining tarkibiga kiradigan
geterodinning chastotasini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib, chastota o‘zgartirgichi bu signal tuzilmasi saqlanishi bilan
radiosignal spektrini radiochastota diapazonining
bitta sohasidan boshqasiga
o‘tkazishni amalga oshiradigan qurilma hisoblanadi. Chastota o‘zgartirgichining
tarkibiga aralashtirgich, geterodin va oraliq chastota signali uchun yuklama kiradi.
Chastotani o‘zgartirish parametrlardan birini davriy o‘zgartiradigan nochiziqli
elementga ega bo‘lgan aralashtirgichda (oltiqutblilikda) bo‘lib o‘tadi (12.2- rasm).
Bunday nochiziqli elementlar sifatida tranzistorlar,
varikaplar va diodlar
ishlatiladi.
12.2- rasm. Chastota o‘zgartirgichining ekvivalent sxemasi
Agar nochiziqli elementga, masalan, yarim o‘tkazgichli diodga bir vaqtda
turli chastotalarli signal berilsa, u holda bu elementning zanjirida
bu signallardan
Dostları ilə paylaş: