5-rasm. Konveyer usulining texnologik sxemasi: 1-qolipni tozalash; 2- qolipni moylash; 3-armatura sexi; 4- armatura sinchini o‘rnatish; 5-qolip devorlarini mahkamlash; 6-armaturani taranglash; 7-qo‘shimcha armatura qismlar; 8- qo‘shimcha armatura qismlarni qolipga o‘rnatish; 9-beton qorishma tayyorlovchi sex; 10- beton qorishmani joylash; 11-beton qorishmani zichlash; 12- aravacha; 13- ko‘targich; 14- qotirish xonasi; 15- sovitish; 16- aravacha; 17- buyumlarni joylash; 18-texnik tekshirish bo‘limi; 19-tayyor buyumlar ombori.
6-rasm. Temir-beton buyumlar tayyorlaydigan tebratma-prokat stani:
a-stanning umumiy ko‘rinishi; i-sxema ko‘rinishi: 1-tarozilar; 2- burama qorrich; 3-bir chiziqqa keltiruvchi qism; 4- beton qorg‘ich; 5- qorishmani qabul qiluvchi cho‘mich; 6-prokat-stani; 7-bug‘latish qismidagi transportyor; 8- buyumni siquvchi moslama.
Tebranma-prokat stanidan chiqkan panel yoki pardevorlar qotirish xonalarida issiklik bilan 2-4 soat ishlanadi va tayyor buyumlar qabul qiluvchi temir g‘o‘lalarga avtomatik ravishda yuboriladi. Stanning qoliplovchi tasmasi 30 m/soat tezlikda harakatlanadi. Uning enk 3660 mm. Tasma sirti tekis, buyum shaklida bo‘lishi mumkin. Temir-beton konstruksiyalar tayyorlaydigan tebratma stanning ish unumi yiliga 480 ming/m'.
Ko‘pgina zavodlarda panellarni kasseta-qoliplarda tayyorlash usuli keng tarqalgan. Bu usul bo‘yicha buyum tayyorlanganda, qorishma tik va o‘zaro parallel o‘rnatilgan po‘lat kasseta-qoliplarga quyiladi. Po‘lat taxtalar buyum qalinligidagi masofada o‘rnatilib, qo‘zg‘almasligi uchun ularni ulama temir va tortib mahkamlovchi boltlar bilan bog‘lab qo‘yiladi (7-rasm).
7-rasm. Temir-beton panellar tayyorlanadigan universal kasseta.
Kasseta-qoliplarida devorbop va yopma panellardan tashqari zinapoyalar, zinapoya supachalari kabi buyumlar tayyorlash mumkin. Bunday qolip o‘nta po‘lat taxtadan iborat bo‘lib, bir yo‘la o‘ntagacha panel tayyorlashga imkon beradi. Kaseta-qoliplarga qorishma quyishdan oldin, uning devorlari tozalanadi va moylanadi, armatura sinchlari o‘rnatiladi, so‘ngra po‘lat taxta devorlar bir-biriga yaqinlashtiriladi. Har bir kasseta-qolip orasida oraliq qoldirilgan holatda boltlar bilan siqiladi, so‘ng beton qorishma quyiladi. SHu vaqgda kasseta-qoliplar oralig‘iga 120-130°S haroratdagi bug‘ yuboriladi. Beton qorishma kasseta-qoliplar devorlariga mahkamlangan tebranma motorlar bilan zichlanadi. Qoliplar orasiga yuborilgan bug‘ qisqa muddat ichida panellarni butun sirti bo‘ylab bir tekis isitadi. Beton 100°S haroratga etganda bug‘ to‘xtatiladi va 4-5 soat o‘tgandan keyin po‘lat taxtalar birin-ketin surilib, buyum qolipdan ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |