Console.WriteLine($"{++i} sonning kvadrati {i*i} ga teng");
}
Takrorlash (Sikl) operatorlari
Bu misol mohiyatan birinchi misolga o’xshash: bu yerda ham hisoblagich bor, faqat u sikldan tashqarida yaratilgan. Siklning bajarilishi uchun shart mavjud. For blokining o'zida siklik parametr oshishi mavjud.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, sikl e’lonidada bir nechta o'zgaruvchilarni e’lon qilish mumkin:
for (int i = 1, j = 1; i < 10; i++, j++)
Console.WriteLine($"{i * j}");
Sikl e’lonining birinchi qismida ikkita o'zgaruvchi e’lon qilingan: i va j. Sikl i 10 ga teng bo'lguncha takrorlanadi. Har bir iteratsiyadan so'ng i va j o'zgaruvchilari bittaga oshiriladi.
Takrorlash (Sikl) operatorlari
Bu misol mohiyatan birinchi misolga o’xshash: bu yerda ham hisoblagich bor, faqat u sikldan tashqarida yaratilgan. Siklning bajarilishi uchun shart mavjud. For blokining o'zida siklik parametr oshishi mavjud.
do while takrorlash operatori
do while takrorlash operatorida avval sikl kodi bajariladi, keyin esa while operatoridagi shart tekshiriladi. Va bu shart rost bo'lsa, sikl takrorlanadi. Masalan:
int i = 6;
do
{
Console.WriteLine(i);
i--;
}
while (i > 0);
Takrorlash (Sikl) operatorlari
Bu misolda sikl kodi i nol bo'lgunga qadar 6 marta ishlaydi. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, do while siklida, while ifodasidagi shart rost bo'lmasa ham, harakat kamida bir marta bajarilishini kafolatlaydi. Ya'ni, yozish mumkin:
int i = -1;
do
{
Console.WriteLine(i);
i--;
}
while (i > 0);
Garchi i o'zgaruvchisi 0 dan kichik bo'lsa-da, sikl bir marta bajariladi.
Takrorlash (Sikl) operatorlari
while takrorlash operatori
Do while siklidan farqli o'laroq, while sikli shartni oldindan tekshiradi, agar shart rost bo'lsa, sikl kodi bajariladi. :