Ba'zida siklning tugashini kutmasdan chiqish kerak bo'lgan vaziyat yuzaga keladi. Bunday holda break operatoridan foydaniladi.
Masalan:
for (int i = 0; i
< 9; i++)
{
if (i == 5) break;
Console.WriteLine(i);
}
Garchi sikl sharti sikl i hisoblagich 9 ga yetguncha takrorlashini bildirsa-da, aslida sikl 5 marta takrorlaydi. Hisoblagich i 5 qiymatiga yetganda, break operatori ishga tushadi va sikl tugaydi.
Takrorlash (Sikl) operatorlari
Endi oldimizda boshqa vazifani bajarish maqsadi bo’lsin. Ya’ni tekshirish paytida sikl tugamasdan joriy iteratsiyasini o'tkazib yuborish kerak bo’lsin. Buning uchun continue operatoridan foydalanish mumkin:
for (int i = 0; i < 9; i++)
{
if (i == 5) continue;
Console.WriteLine(i);
}
Bunda, takrorlash soni 5 ga yetganda, bu sonni shunchaki o'tkazib yuboradi va keyingi iteratsiyaga o'tadi.
Ta'kidlash joizki, break va continue operatorlari barcha turdagi sikllarda ishlatilishi mumkin.
Ba'zi sikllarni boshqa sikl ichiga joylashtirish mumkin. Masalan:
for (int i = 1; i < 10; i++)
{
for (int j = 1; j < 10; j++)
{
Console.Write($"{i * j} \t");
}
Console.WriteLine();
}
Bunda for sikli (int i = 1; i <10; i++) 9 takrorlanadi. Lekin har bir iteratsiya ichida ichki for sikli (int j = 1; j <10; j++) to'qqiz marta bajariladi. Natijada, bu dastur ko'paytirish jadvalini ifodalaydi.