Agar moslik topilmasa, lekin vaziyat hal qilinishi kerak bo'lsa, yuqoridagi misoldagi kabi default bloki qo'shiladi.
return operatoridan foydalanish nafaqat ish blokidan, balki chaqirilayotgan metoddan ham chiqish imkonini beradi. Ya'ni, agar switch..case konstruktsiyasidan keyin Main metodida return operatori qo'llanilganda har qanday operator va ifodalar mavjud bo'lsa ham, ular bajarilmaydi va Main metodi o’z ishini to’xtatadi.
throw operatori xatolarni “tashlash” uchun ishlatiladi va keyingi mavzulardan birida yoritiladi.
Bunda uchta operand mavjud. Shartga qarab, ternar amali ikkinchi yoki uchinchi operandni qaytaradi: agar shart rost bo'lsa, ikkinchi operand qaytariladi; agar shart yolg’on bo'lsa, uchinchisi. Masalan :
int x=3;
int y=2;
Console.WriteLine("+ yoki – ni bosing");
string selection = Console.ReadLine();
int z = selection=="+"? (x+y) : (x-y);
Console.WriteLine(z);
Shart operatorlari
Bu yerda ternar amalning natijasi z o‘zgaruvchisidir. Agar yuqorida "+" ni kiritilsa, u holda z ikkinchi operandga teng bo'ladi - (x + y). Aks holda, z uchinchi operandga teng bo'ladi - (x - y).
Takrorlash (Sikl) operatorlari
Takrorlash operatorlari boshqaruv konstruktsiaylari bo'lib, ma'lum shartlar ostida ma'lum bir harakatni ko'p marta bajarishga imkon beradi. C# tilida quyidagi turdagi takrorlash operatorlari mavjud: