Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə26/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Davolash. Miokard infarktida shoshilinch davo choralari kasallik boshlangan joyning o‘zida – uyda, ishlab chiqarishda, ko‘chada ko‘riladi. Bemorga jismoniy tinchlik ta’minlab beriladi va u zo‘riqtirilmay, maxsus tez yordam mashinasida olib boriladi. Miokard infarktiga chalingan bemorlarni kasalxonaning kardiologiya bo‘limining intensiv kuzatish palatasiga yoki reanimatsiya bo‘limiga yotqiziladi, u yerda bemorlar monitorga ulangan bo‘lib, kasallik o‘tkir davrida bemor kuzatib boriladi. Miokard infarktida: 1) og‘riq sindromini juda zudlik bilan bartaraf etish; 2) yurak ritmi buzilishiga qarshi kurashish; 3) tomirlar va yurak yetishmovchiligini bartaraf etish; 4) yurak toj tomirlarini kengaytiradigan vositalar va antikoagulantlar buyurishni mo‘ljallab, bir necha yo‘nalishlarda davo tadbirlari ko‘riladi.
Parvarishi. Miokard infarktiga uchragan bemorlar intensiv kuzatuv palatasida funksional krovatda yotqiziladi. Bemor krovatini shunday qo‘yish kerakki, unga har tomondan kelish mumkin bo‘lsin. Bemorlar birinchi kunlarda harakat qilmasligi lozim bo‘lgani uchun ovqat berib turishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zarur. Ovqat idishi uchun krovat oldi stolchasi qo‘yiladi. Hamshira uni qoshiq bilan ovqatlantiradi. Bemorlarga maxsus suvdonlardan suv ichiriladi.
Bemorni to‘g‘ri gigiyenik parvarish qilib borish katta ahamiyatga ega. Dastlabki kunlarda bemorlarning milklari va tilini kaliy permanganat yoki borat kislota eritmasiga ho‘llangan doka bilan artib turish zarur. Choyshabda buklanib qolgan joylar yoki to‘kilgan ushoqlar bo‘lmasligiga qarab borish kerak, chunki bular yotoq yaralar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Bemorlar o‘rnidan turmay yotishi kerak bo‘lganligidan fiziologik hojatlarini chiqarish vaqtida unga tuvak tutiladi, tuvak tagiga esa klyeonka yozib qo‘yiladi. Bemor ichi kelganidan keyin 32–34°C temperaturadagi suv bilan tagi yuvib qo‘yiladi, tuvagi esa darrov palatadan olib chiqib ketiladi. Tagiga ishlatish oldidan biroz miqdordagi suv yoki dezinfeksiyalovchi eritma bilan yuvib tozalanadi.
Miokard infarktiga uchrab, o‘rnidan turmay yotadigan bemorlarning badanini iliq suvga ho‘llangan sochiq bilan hech bo‘lmasa kunora artib turish kerak. Bemor sovuq qotib qolmasligi uchun tanasining qismlarini navbat bilan galma-gal artib chiqiladi. Badan terisiga yaxshi qarab turiladigan bo‘lsa, teri tirnalmaydi, bichilmaydi, yotoq yaralar hosil bo‘lmaydi.
Intensiv kuzatuv palatasidagi hamshiraning ishi yuqori malakali, chaqqon va ildam, sabr-toqatli bo‘lishni talab etadi. Monitorda o‘zgarishlar paydo bo‘lgani topilgan zahoti darhol shifokor chaqirish lozim, signal berilganda esa navbatchi brigadaning hammasi yig‘iladi. Bemorni dastlabki 2 sutka davomida ana shunday sinchiklab kuzatib borish, ayniqsa muhim, chunki asoratlar shu davrda hammadan ko‘proq bo‘ladi. Miokard infarktiga uchragan bemorlarga 2–4 haftadan keyingina o‘rnidan turishga ruxsat beriladi, shuning uchun o‘rinboshning ahvolihi qarab turish tibbiyot hamshirasi vazifalari jumlasiga kiradi.
Miokard infarktiga uchragan bemorlarda reabilitatsion davo, ya’ni salomatlik va mehnat qobiliyatini mumkin qadar tiklash, asliga keltirishni ko‘zda tutilgan. Buning uchun bemorlarga dozalangan jismoniy nagruzkalar, gimnastika bilan shug‘ullanish, toza havoda sayr qilib yurish buyuriladi. Ayniqsa, sanatoriy-kurortlarda davolanish juda muhimdir. Bemorlar yashab turgan joylaridagi poliklinikalarda dispanser ro‘yxatida turadi va shifokor nazorati ostida bo‘ladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin