Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə34/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Rektoromonoskopiya. Bu usul yordamida diagnostika va davo maqsadida to‘g‘ri ichak shilliq pardasi ko‘zdan kechiriladi (shilliq pardaga dori surtish, yot jismlarni, poliplarni olib tashlash, qon ketishini to‘xtatish maqsadida).
Me’da shirasini olish. Bunda ingichka zonddan foydalaniladi. Zond tashqi diametri 5 mm va ichki diametri 3 mm atrofidagi elastik rezina naydir. Zondning ko‘r uchida yon teshiklari bor. Bemor zondni yutishda doimo yutish harakatlarini qilib borishi kerak.
Me’dadan avval nahorga bo‘ladigan shira chiqarib olinadi. Keyin suyuq holda sinama nonushtalar beriladi (300 ml kofein eritmasi, 7% li karam qaynatmasi) yoki parenteral yo‘l bilan sekretsiya stimu latori (gistamin, insulin) yuboriladi. Keyin har 15 minutda me’da shirasi olinadi. Har bir porsiya alohida idishga yig‘iladi va shira miqdori qayd qilib qo‘yiladi. Porsiyalarning hammasi laboratoriyaga tekshiruvga jo‘natiladi.
Davolash. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarida parhez muhim rol o‘ynaydi. Bemorlarni davolashda har bir bemor uchun individual davo tadbirlari belgilanadi. Davoni mehnat va turmush rejimini normaga keltirishdan boshlanadi. Jismoniy va ruhiy zo‘riqishdan saqlanish zarur. Bemor ovqatni kichik porsiyalarda, kuniga 5–6 marta qabul qilishi kerak. Bemorlarni davolashda antasidlar, sedativ moddalar, spazmolitiklar, antibiotiklar, o‘t haydovchi preparatlar, ferment preparatlari va vitaminlardan, antigistaminlardan, bakteriostatik dori vositalaridan foydalaniladi. Bemor ahvolini hisobga olgan holda bu dori vositalari birgalikda ham qo‘llaniladi. Fizioterapevtik (diatermiya, elektro va gidrotermiya, balchiq bilan) davolash. Asoratlar yuzaga kelganida jarrohlik yo‘li bilan davolanadi.
hamshiralik parvarishi, o‘z-o‘zini parvarish. Hazm a’zolari kasallik larida bemorlar shikoyatlariga asoslangan holda parvarish qilinishi lozim. Qorin og‘rib turgan mahalda bu og‘riqlarning kelib chiqish sabablarini bilmasdan turib, og‘riqni qoldiruvchi preparatlar berish va qoringa issiq narsa qo‘yish mumkin emas, chunki bu diagnostikani qiyinlahshtiradi va bemorga zarar yetkazishi mumkin.
Meteorizmda bemorlarning ovqat ratsionidagi uglevodlar miqdori kamaytiriladi, chunki uglevodlar bijg‘ish jarayonlarini kuchaytirib, gaz hosil bo‘lishini ko‘paytiradi. Bir choy qoshiqdan kuniga 3–4 mahal aktivlangan ko‘mir, karbolen, shuningdek, moychechak damlamasi ichib turish buyuriladi. Ichni tozalaydigan huqnalar bunday kasalliklarga ancha yengillik beradi. Gaz o‘tkazuvchi naydan ham foydalaniladi. U uzunligi 50 sm va diametri 1 sm bo‘lgan rezina naydir. Nayning bir uchi dumaloqlangan bo‘lib, yon tomonlarida teshiklari bor. Vazelin surtilgandan keyin uchi to‘g‘ri ichakka 20–30 sm ichkari kiritiladi va 1/2–1 soatdan keyin nay chiqarib olinadi.
Ichketar mahalda bemor tuvakdan foydalanishi kerak. Bemor badani, ich kiyimlari va o‘rin-boshini ozoda saqlashi, defekatsiyadan keyin orqa chiqarish yo‘li sohasini 2%li borat kislotasi eritmasi bilan artib turishi kerak.
Ichketar ko‘pincha infeksion kasallikning oqibati bo‘lganligi uchun tashxisni aniqlab olguncha joriy dezinfeksiya qilib borish zarur.
Ich qotishi (qabziyat) ichakda uzoq axlat turib qolishidir. Qabziyatga qarshi kurashish uchun tegishli ovqat buyuriladi, surgi dorilar va huqnalar qo‘llaniladi. Bemorning necha marta va qanchadan ichi kelishini kuzatib borish zarur.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida axlatni yashirin qonga tekshiriladi. Agar axlat qoramoyga o‘xshab kelsa, bemor o‘rnidan turmay yotishi kerak, bu haqda darhol shifokorga aytish kerak. Qoringa muzli xaltacha qo‘yish kerak, bemorga ovqat va suyuqlik berilmasligi kerak.
Bemor qusayotganda nafas susayib, yurak o‘ynaydi, arterial bosim pasayadi va nerv tizimi qo‘zg‘aladi. Qusib bo‘lgandan keyin bemorga og‘zini chaydiriladi, ikki-uch qultum sovuq suv ichiriladi, o‘rniga yotqizilib, o‘rab qo‘yiladi. Bemor zaif bo‘lsa, qusayotgan vaqtida boshini nafas yo‘llariga qusuq massalari tushmaydigan qilib burib qo‘yiladi. Qusuq massalari laboratoriya tekshiruviga yuboriladi. Hamshira me’dani yuvishni bilishi kerak. Me’dani yuvish shifokor ko‘rsatmasiga binoan bajariladi. Me’dani yuvish zond bilan va zondsiz amalga oshiriladi. Zond bilan yuvishda yo‘g‘on me’da zondlaridan foydalaniladi, temperaturasi 30–35°C bo‘lgan suv bilan yuvindi suv toza bo‘lib tushmaguncha me’dani yuvish davom ettiriladi. Zondsiz yuvishda bemorga 4–5 stakan suv ichiriladi, keyin reflektor yo‘l bilan qustiriladi (halqum orqa yo‘lini ta’sirlash bilan). Diagnostika maqsadida yuvindi suvlar toza idishga yig‘iladi va laboratoriya tekshiruviga jo‘natiladi. Me’dasi yuvilgan bemor 5–10 minutgacha yotishi kerak. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarida huqnalar ham o‘tkaziladi. Huqna – orqa chiqarish yo‘li orqali yo‘g‘on ichakka suyuqliklar yuborish. Huqnalar ichakni bo‘shatish, dori vositalari, rentgenologik tekshiruv paytida kontrast moddalar (bariy emulsiyasi) yuborish uchun buyuriladi. Ichni tozalovchi, muloyimlashtiradigan, tomchilab yuboriladigan va oziqli huqnalar tafovut qilinadi.
Hamshira huqna o‘tkazish texnikasini bilishi va o‘zi shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha bu muolajani bajara olishi kerak. Huqna uchun toza suv ishlatiladi, ta’sirini kuchaytirish uchun moychechak damlamasi, 2–3 qoshiq glitserin yoki vazelin moyi qo‘shiladi. Bemor kushetka chetiga chap yonboshi bilan yotib, oyoqlarini qorniga taqab oladi. To‘g‘ri ichakka kiritish uchun uchliklar ishlatiladi. Suvni yuborib bo‘lgandan keyin uchlik chiqarib olinadi. Ishlatiladigan suv miqdori huqnalarning turiga qarab aniqlanadi.
Hamshira dori vositalarining ta’siri va nojo‘ya ta’sirini, ularni qo‘llanilish usullarini, ta’sir vaqti, bir martalik va maksimal dozalarini bilishi kerak. Bemorga dori vositalarini to‘g‘ri va vaqtida qabul qilishni o‘rgatishi lozim.
Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga o‘z-o‘zini parvarish qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish hamshiraning vazifasidir. Bemorga parhez bo‘yicha tavsiyanomani o‘rgatish katta ahamiyatga ega. Bemor ratsioni oqsilga, vitaminga boy, yengil hazm bo‘ladigan, bug‘da va qaynatib pishirilgan ovqatlardan iborat bo‘lishi kerak. Parhez kasallikning bosqichiga qarab belgilanadi. Bemor bir kunda 4–5 marta ovgatlanishi kerak.
Bemorlarga har xil stresslardan saqlanishini, stresslar kasallikni qo‘z g‘alishiga olib kelishini tushuntirish lozim.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin