Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Gastrit kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə35/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

2.4.1. Gastrit kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Gastrit – bu me’da shilliq qavatining yallig‘lanishi. O‘tkir gastrit me’da shilliq qavatining yallig‘lanishi natijasida, me’daning motor va sekretsiya funksiyasining buzilishidir. O‘tkir gastritning quyidagi formalari (patologo-anatomik jihatdan) mavjud:

  • Oddiy gastrit (kataral) – bunda me’daning faqat shilliq pardasi zararlanadi;

  • Korroziv gastrit – bunda shilliq pardadan tashqari uning tagidagi qavat ham protsessga qo‘shilib, eroziyalar, gemorragiyalar, nekroz paydo bo‘ladi;

  • Flegmonal gastrit – bunda me’da hamma qavatlarining yiringli yallig‘lanishi bilan xarakterlanadi.

etiologiyasi. O‘tkir gastrit polietiologik kasallik hisoblanadi. Gastritga olib keluvchi barcha sabablardan ovqat omilini birinchi o‘ringa qo‘yish kerak. Dag‘al, hadeganda hazm bo‘lavermaydigan, juda sovuq yoki qaynoq ovqat yeyish va kuchli alkogolli ichimliklar ichish, ziravorlar me’da shilliq pardasini ta’sirlanishiga va o‘tkir gastrit paydo bo‘lishiga olib keladi. Ba’zi dori preparatlarning qo‘shimcha ta’siri (steroid gormonlar, salitsilatlar, yod, butadion va boshqalar) o‘tkir gastrit yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Har xil o‘tkir infeksion kasalliklar (qizamiq, gripp, zotiljam), surunkali infeksiya o‘choqlari, allergik kasalliklar, kuyish, qon quyish o‘tkir gastritga olib keladi. Asab-ruhiy jihatdan zo‘riqish ham muhim rol o‘ynaydi. O‘tkir gastrit ovqat toksikoinfeksiyasining asosiy ko‘rinishlaridan biridir.
Klinikasi va kechishi. Kasallik keltirib chiqaruvchi sabablar ta’sirida o‘tkir rivojlanadi. Yallig‘lanish protsessi ta’sirot tushganidan 2–3 soat keyin boshlanadi, klinik simptomlari esa 6–8 soatdan keyin paydo bo‘ladi. Bemorlar tosh ostida yoqimsiz sezgi, og‘riq, og‘izning bemaza bo‘lishi, kekirish vaqtida palag‘da tuxum hidi kelishi, jig‘ildon qaynashi kabi belgilar paydo bo‘ladi. Keyinchalik ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi, puls tezlashishi, yurak o‘ynashi kabi belgilar paydo bo‘ladi.
Obyektiv ko‘rilganda shilliq pardalarning biroz oqarganligi, tilning ustki qismini quruq, oq karash qoplaganligi aniqlanadi. Palpatsiyada to‘sh osti sohasida og‘riq borligi, qorin devori muskullarining biroz tarangroq bo‘lib qolganligi kuzatiladi.
Qon tahlilida leykotsitoz aniqlanadi, EChT kuchaygan bo‘ladi. O‘tkir gastritni aniqlash uchun qusuq massasi, axlat, me’da suyuqligi tahlili o‘tkaziladi. Ko‘pchilik hollarda bemor sog‘ayib ketadi, lekin ba’zan o‘tkir gastrit surunkali gastritga aylanishi mumkin. O‘tkir gastritda shoshilinch yordam ko‘rsatishni har bir hamshira bilishi kerak. Buning uchun me’dani zondsiz va zond bilan yuviladi. Zondsiz usulda qaynatib ilitilgan kuchsiz kaliy permanganatli suv ishlatiladi. Bemorga 1,5–2 litr miqdorda suv ichiriladi va qayt qildiriladi. Bu muolaja 2–3 marta qaytariladi. Zondli yuvishda yo‘g‘on zonddan foydalaniladi va me’da 2–3 marta yuviladi. Keyin tozalovchi huqna qilinib, ochlik buyuriladi.
Davolash. Kasalxona yoki uy sharoitida yotoq rejimi asosida olib boriladi. Me’da iliq suv bilan yuvilib, ovqat qoldiqlaridan tozalanadi. 1–2-kunlari ovqat berilmaydi. Keyin parhez asosida ovqatlantiriladi. 1a-parhez stoli taomi buyuriladi. Dori moddalardan 5% li glukoza vena ichiga, 0,9% li natriy xlorid eritmasi venaga yuboriladi. Og‘riqni qoldirish uchun 0,1% li atropin sulfat, 0,2% li platifillin, no-shpa yuboriladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin