Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə33/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Perkussiya. Tekshirishning bu usuli yordamida hazm a’zolari chegarasi tekshiriladi. Bu usulda jigar , taloq, me’da pastki chegaralari, qorin bo‘shlig‘ida to‘plangan suyuqlik va gaz, yuza joylashgan o‘smalar bor-yo‘qligi aniqlanadi. Me’da va ichak timpanik perkutor tovush beradi.
auskultatsiya. Bu usul hazm a’zolari kasalliklarida qisman, ya’ni me’da chegarasini aniqlashda, ichak peristaltikasini eshitishda qo‘llaniladi. Stenozlar va bitishmalar bor mahalda peristaltika kuchayadi. O‘tkir peritonit paytida qorin bo‘shlig‘i ustida tovush hodisalari mutlaqo bo‘lmaydi.
laboratoriya tekshiruvlari. Qonning umumiy tahlili, qonni bioki myoviy tahlili, axlatni bakteriologik tekshirish va axlatni gelmint tuxumlariga tekshirishlar o‘tkaziladi. Axlatni yashirin qon ketishiga tekshirishda bemorga tekshiruvdan oldin go‘sht mahsulotlarini qabul qilmasligini, tarkibida temir, vismut bo‘lgan dori vositalarini qabul qilmasligini tushuntirish kerak. Me’da shirasini tekshirishda fraksion yo‘l bilan olingan shiraning har bir porsiyasi alohida idishlarda laboratoriyaga jo‘natiladi va tekshiriladi.
asbob-uskunalar yordamida tekshirish. Asboblar bilan tekshirish
usullariga har xil apparatlardan foydalanib tekshirishlar kiradi.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak rentgenoskopiyasi. Rentgenokon trast modda sifatida bariy sulfat emulsiyasi qo‘llaniladi. Bemorni tekshiruvga hamshira tayyorlaydi. Bemor tekshiruvdan bir kun oldin (soat 20 dan keyin) ovqatlanmasligi va suyuqlik ichmasligi kerak. Bemor ovqatidan gaz hosil qiluvchi mahsulotlarni tekshiruvdan 3 kun oldin istisno qilish kerak. Kechqurun va ertalab, tekshiruvdan 2 soat oldin tozalovchi huqna o‘tkaziladi.
Rentgenoskopiya yordamida me’da va ichaklardagi yallig‘lanishni, anomaliyalarini, yara, rak, poliplarni, shuningdek chandiqli o‘zgarishlarni aniqlash mumkln.
ezofagogastroduodenoskopiya. Endoskop yordamida a’zolarning ichki yuzasini ko‘zdan kechirish bilan tekshirish. Endoskopning biopsiya qiluvchi moslamasi bilan tekshirilayotgan a’zodan kichik bir bo‘lak kesib olinib, gistologik tekshiruvga jo‘natiladi.
Bemor tekshiruvdan bir kun oldin kechqurun soat 18.00 dan keyin ovqatlanmasligi kerak. Tekshiruv ertalab nahorda o‘tkaziladi. Bu usul qizilo‘ngach, me’da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatida yaralar, o‘smalar, kengaygan venalar, chandiqlar, qonab turgan joyni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin