Terini xavfli va xavfsiz usmalari



Yüklə 300,66 Kb.
səhifə6/10
tarix25.09.2023
ölçüsü300,66 Kb.
#148468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Terini xavfli va xavfsiz usmalari

Bachadon tanasining raki. Bachadon rakining 15–20%, umuman jinsiy a’zolar rakining 5% gacha uchraydi, ko‘pincha 50–60 yoshli ayollarda uchraydi. Bachadon tanasining rak oldi holatiga neyroendokrin boshqarishning buzilishi, gonodotrop gormonlar balansining o‘zgarishi, endometriyning travmatik shkastlanishlari sabab bo‘lishi mumkin. Rak oldi kasalliklariga: Adenomatoz (polipoz) giperplaziyaga uch ragan endometriyning residiv berishi, menopauzadan keyingi giperpla ziyalar kiradi. Simptomlari: aksariyat hollarda menopauza davrida (menstruatsiyadan qolgandan keyin) birdaniga asiklik qon ketish bachadon tanasi rakining dastlabki simptomi hisoblanadi. Ana shu simptomga e’tibor berib bemorning bachadoni devorlari shilliq qavatini alohida-alohida qirib olib, gistologik tekshirish eng muhim diagnostik ahamiyatga egadir.
Diagnostikasi: bachadon shilliq qavatini har bir devorini alohida qirish va gistologik tekshirish yo‘li bilan kasallik aniqlanadi.
Davosi: operativ, nur va kimyoviy terapiya o‘tkaziladi.
Tuxumdonning xavfli o‘smalari. Tasnifi bo‘yicha 3 xil rak farqlanadi: birlamchi, ikkilamchi va metastatik rak.
Birlamchi rak 4,5% hollarda, 40 yoshdan oshgan ayollarda uchraydi. Klinik belgilari ko‘zga tashlanmaydi, lekin tezda qorin bo‘shlig‘ida assit paydo bo‘lishiga qarab tuxumdon raki haqida gumon qilinadi.
Ikkilamchi rak 60–50 % hollarda seroz papillyar o‘smalar rakka aylanishidan rivojlanadi, tez o‘sib, suyuqliklar hajmi oshib, assit paydo bo‘ladi. 17–20% hollarda musinoz kistomalar rakka aylanadi. Ularning malignizasiyasi asta-sekin, ko‘pincha 50 yoshdan keyin kuzatiladi.
Metastatik rak (10–30%) tuxumdonga, asosan, oshqozon va ichak rakidan limfa va qon orqali o‘tadi. Shuning uchun tuxumdonda siljimaydigan, notekis, qattiq konsistensiyali o‘sma topilsa, albatta oshqozon ichak yo‘llarini endoskopiya, irrigoskopiya, rentgenografiya usullari bilan tekshirish kerak. Chunki metastazli rakni operatsiya yo‘li bilan davolab bo‘lmaydi.
Tuxumdon sarkomasi juda kam uchraydi. Odatda operatsiyadan keyin o‘smani gistologik tckshirishdan o‘tkazib, diagnoz qo‘yiladi.
Davolash, asosan, o‘z vaqtida operatsiya qilinib bachadonni ortiqlari bilan olib tashlashdan iborat, so‘ngra rentgen va radiy nurlari chuqur ta’sir ettiriladi. Kimyoterapiya ham qo‘llaniladi (siklofosfan, sarkolizin). Kasallikning oqibati ko‘p hollarda yomon bo‘ladi.

Yüklə 300,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin