Termal, mineral suvlar haqida tushunchalar. Ularni o’zbekiston respublikasi doirasida tarqalishi reja


Suvlarni O’zbekiston Respublikasi doirasida tarqalishi



Yüklə 29,83 Kb.
səhifə7/8
tarix23.11.2022
ölçüsü29,83 Kb.
#70124
1   2   3   4   5   6   7   8
TERMAL VA MINERAL SUVLAR

Suvlarni O’zbekiston Respublikasi doirasida tarqalishi
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Mineral suvlarga boy boʻlgan mamlakat. Respublika xududida ularning tabiatda maʼlum boʻlgan barcha guruh va tiplari aniqlangan. Oʻzbekistonda Mineral suvlarning quyidagi balneologik guruxlari bor: spetsifik xususiyatlarsiz va komponentlarsiz, oltingugurtli, yod, brom, radonli va karbonat angidridli.
Spetsifik xususiyatlarsiz va komponentlarsiz eng qimmatli Mineral suvlar (azotishqorli issiq, Ijevsk va yangi Ijevsk turidagi sulfat va xlorid sulfat natriyli) Toshkent atrofi, Kizilkum, Zarafshon va Markaziy Kizilkum havzalar guruhida, hamda Ustyurt, Buxoro-Qarshi, Surxondaryo va Fargʻona artezian havzalarining yuqori gidrogeologik qavatida tarqalgan. Ular negizida: Janubiy Olamushuk shaharchasi va Polvontoshda (Andijon viloyati), Buxorodagi "Sitorai Mohi Xossa", Jizzax viloyatidagi Gagarin va Gʻallaorol shaharlarida, Muborak shahrida (Qashqadaryo viloyati), Oltinsoy qishlogʻida (Navoiy viloyati): Kattaqoʻrgʻon sh, Na-gorniy temir yoʻl stansiyasida (Samarqand viloyati), Toshkent shahrida, Toshkent viloyatida, Oltiariq shaharchasida, Oltiariq temir yoʻl stansiyasida, Zadion qishlogʻida, Qoʻqon shahrida, Chimyon qishlogʻida (Fargʻona viloyati), Nukus shahrida (Qoraqalpogʻiston) sanatoriykurort, profilaktika muassasalari va qadoqlash zavodlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston xududida sanoat toifasi boʻyicha foydalanish zaxirasi 30 ming m³/ sutka boʻlgan yer osti Mineral suvlar aniqlangan. Ular negizida 100 dan ziyod sanatoriy, balneologik shifoxona va mineral ichimlik suvlari qadoqlash boʻyicha 20 sex ishlab turibdi. Davlat hisobida radonli, oltingugurtli, yod, brom, borli, tarkibida organik modda boʻlgan, kremniyli, temirli va spetsifik komponentlar va xususiyatlarsiz 10 dan ziyod yer osti Mineral suvlar konlari va uchastkalari faoliyat koʻrsatadi.
O‘rta Osiyo hududi yerusti suv zaxiralari bilan birgalikda juda katta yerosti suv boyliklariga ham ega. Iqlimining juda quruq bo‘lganligi sababli oqar suvlar bilan bir qatorda yerosti suvlaridan ham aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda, qishloq xo‘jaligi yerlarini va chorva mollarini sug‘orishda juda keng ko‘lamda foydalaniladi.
O‘rta Osiyo hududida tabiiy geografik va geologik xususiyatiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladigan 2 ta gidrogeologik kichik o‘lka — janubi-sharqiy burmali tog‘lar va platformadagi artezian suvlari bo‘lgan tekislik kichik o‘lkalari mavjud.
O‘rta Osiyoning barcha burmali tog‘laridagi yerosti suvlarining asosiy qismi tog‘ jinslari yoriqlaridan va karst yo‘laklaridan chiqadigan suvlardir. Ularning manbayi yog‘in-sochin suvlari hisoblanadi. (Yerosti suvlarining paydo bo‘lishini esga oling.) Bu suvlar tog‘larda ko‘pincha buloqlar tarzida chiqib, tog‘larning o‘rta va yuqori qismlarida daryo suvlariga qo‘shiladi, qisman, sug‘orishda foydalaniladi.
Тekisliklardagi yerosti suvlari artezian havzalaridan iborat. Bu suvlarning manbayi daryo o‘zanlaridan shimilgan va tog‘ yonbag‘irlaridagi suvlarning shimilishi natijasida vujudga kelgan suvlardir.
O‘rta Osiyoning yirik cho‘llari — Qizilqum va Qoraqumning yerosti qatlamlari ichimlik suv zaxiralariga juda boy. Chorvamollarini sug‘orish va ichish maqsadida bu yerda juda chuqur (200-250 m gacha) artezian quduqlari qazilgan.
Yerosti suvlari chuqurda, yer yoriqlarida joylashgan bo‘lsa, ko‘pincha issiq, tarkibida turli mineral moddalar erigan bo‘ladi. Bunday suvlar termal suvlar deyiladi. O‘rta Osiyo hududi ana shunday termal (issiq) va mineral suvlarga boy. Bu suvlarning kimyoviy tarkibi insonga shifobaxsh ta’sir etadi. O‘lkada tarkibida yod, vodorod sulfat, radon va boshqa ba’zi mineral moddalar bo‘lgan bir qancha yerosti suv manbalari bor va ular asosida Qozog‘istonning Shimkent viloyatida Qorasuv, Farg‘ona vodiysida — Chimyon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk, Chortoq, Surxondaryoda — Jayronxona, Тojikistonda —Obigarm mineral suvli shifoxonalar bunyod etilgan.
Mineral suvlar. Yer ostidagi va qavatlaridagi mineral va gazga to'yingan suvlar, odatda shifobaxsh hisoblanadi. Lekin yer osti mineral suvlarining hammasi ham shifobaxsh bo'lmaydi. Mineral suvlar tarkibida davolanish uchun zarur bo'lgan mineral elementlar bir xil miqdorda bo'lmay, ba’zilarida ko'proq ba’zilarida kamroq bo'ladi. Mineral suvlar tarkibida temir, mish'yak, radiy, brom, yod va bir oz gaz bo'ladi. Mineral suvlar tarkibiga qarabgina emas, balki, haroratiga qarab ham xilma-xil bo'ladi.
Mineral suvlar, asosan, yosh tog’lar va vulqonli o'lkalarda ko'p uchraydi. Mineral suvlar tektonik harakat natijasida vujudga kelgan yer yoriqlari bilan va u yerdagi moddalarning o'zgarishi, aralashishi va bosimi bilan bog’liqdir. Yosh tog’li o'lkalarda, masalan, Kavkaz, Pomir tog’larida, Kamchatka va Kuril orollarida, O'zbekistonimizda ham mineral suvlar ko'p. Hozirgi vaqtda bunday mineral suvlardan tibbiyotda va sanoatda keng foydalanilmoqda. Tog’ jinslari orasidan asta-sekin o'tib boradigan suv sekin harakatlanishiga qaramay, sezilarli geologik ish bajaradi, yer osti suvlarining erituvchanlik xossasi orqali bo'ladigan ximiyaviy ishi ayniqsa sezilarlidir.
Tog’ jinslari orqali sizilib o'tayotgan mineral zarrachalarni va jinslarni eritib quyi qatlamga yoki yer yuziga olib ketishiga suffoziya deyiladi. Suffoziya jarayoni natijasida yer betida turli xil chuqurliklar hosil bo'ladi. 1 l yer osti suvida 300 g gacha har xil erigan tuzlar bo'ladi. Yer osti suvlarining tog’ jinslari tarkibidagi birikmalarini eritib olib ketishiga ishqorlanish deyiladi.Tog’ jinslari orasidagi tosh tuzi tez eriydi, agar suv harorati me’yorda bo'lsa, u 35 foizga qadar eriydi, shuning uchun tosh tuzi konlari faqat suv o'tib, yuvilib ketmaydigan qatlamlardagina saqlanib qolishi mumkin. Shuningdek, gips va angidrid, ohaktosh, bo'r, dolomit, mergel' jinslari ham suvda yaxshi eriydi. Yer osti suvlarida erigan minerallar bo'lganligidan ular turlicha eritish qobiliyatiga egadir. Sof distillangan 1 l suv CaSO3 (ohaktosh)ni 0,1 mg ini eritsa, tarkibida 1 mg/l karbonat angidrid bo'lgan 1 l suv 50- 60 mg/l erita oladi. Buning sababi SO2 gaziga to'yingan yer osti suvi N va ON ioniga ajraladi, natijada suvni erituvchanligi ortadi, bunda: SaSO2, N2O, SO2, Ca (NSO3)2 bu havoda turg’unsizligidan Ca(NSO3)2 – CaSO3 - N2O - SO ajraladi.
Yer osti suvida osh tuzi (NaCl) eritmasi ko'p bo'lsa, gips minerali 2,5-3,5 baravar ko'p eriydi, agar oltingugurtli magniy kislotasi bo'lsa, gips yaxshi erimaydi. Gipsli, ohaktoshli rayonlarda g’or va chuqurliklar vujudga keladi. Bularning diametrlari 100 m va bundan sal ortiqroq bo'ladi; ular yuza qatlamning yuvilishidan, erishidan, ba’zan o'pirilishidan ham vujudga keladi. Ohaktoshdagi voronkalar tagida yoriqlar hamda kanallarni uchratish mumkin, bular ponorlar deb ataladi. Yer qavatlari orasida ohaktoshni erishidan hosil bo'lgan bo'shliqlarni g’or (ungur) deyiladi. Karst voronkalari va g’orlar O'rta yer dengizi, Qora dengiz sohillarida. Uzoq Sharq hamda Ural (Perm' shahri)da ko'p. O'zbekistonda Qoratepa tog’ida, Surxon tog’larida, Piskom, Chotqol, Oloy tog’larida ko'p uchraydi. Bu g’orlar paleozoy ohaktoshlari orasida hosil bo'lgan. Ural tog’laridagi Kungur g’ori 1730 yillardan beri ma’lum, u Sil'va daryosining o’ng sohilida joylashgan. Bu g’orning uzunligi 46 km. G'or ohaktosh va dolomit jinslari orasida vujudga kelgan, g'orning ichida 30 ga yaqin ko'l bo'lib, eng kattasining maydoni 200 m2; chuqurligi 4-6 m. Ko'l suvi sathining balandligi Sil'va suvi sathiga bog’liqdir.
Suvda eruvchan tog’ jinslari (ohaktosh, dolomit, gips, qisman tuz, bo’r) ning yer osti (qisman yer usti) suvlari ta’sirida erib ketishidan hosil bo'lgan xilma-xil rel'yef shakllari karst rel'yefini hosil qiladi. Karst rel’yefi o'ziga xos rel'yef shakllaridan: karrlar, voronkalar, quduqsimon chuqurliklar, yer osti g’orlari va yo'lkalari, karst kotlovinalari va boshqalardan iborat. Karst rel'yef shakllarining vujudga kelishi uchun ko'pincha eruvchan jinslarning bo'lishigina kifoya qilmaydi. Karst rel'yefi hosil bo'lishida tog’ jinsi qatlamlarida suv o'tishi mumkin bo'lgan yoriqlarning bo'lishi, joyning nishabliligi, karst paydo bo'ladigan jinslarning qatlam qalinligi, grunt suvlari sathining past yoki yuqori bo'lishi muhim ahamiyatga egadir. Karst so’zi Bolqon yarim orolidagi Triyest shahri shimolidagi Karst ohaktoshli platosining nomidan olingan, sababi bu yerda karst xodisasi juda rivojlangan.

Yüklə 29,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin