Beshinchidan, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yashovchi xalqlar, millatlar va elatlarda o‘zligini anglash, o‘zining etnomadaniyatini rivojlantirish, jahon xalqlari bilan integratsiyaga kirishib yashash imkoniyati paydo bo‘ldi.
O‘zbekistonda milliy davlatchilikni rivojlantirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasida chuqur ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Qisqa vaqt ichida mamlakatda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish uchun sog‘lom siyosiy muhit shakllandi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ko‘pmillatli demokratik jamiyatda ko‘pincha millatlararo munosabatlar davlat siyosatining asosiy komponenti sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy etnik jarayonlarning qulay rivoji jamiyat taraqqiyotining asosini tashkil etar ekan, har qanday mavjud tizimdagi rasmiy siyosat etnik barqarorlikning ta’minlanishi uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Chunki etnik barqarorlik siyosiy muvozanatning saqlanishida muhim o‘rin tutsa, siyosiy barqarorlik esa iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotning kafolatidir. O‘zbekistoning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, «Ko‘p millatli va ko‘p tilli mamlakatlarda o‘z davlatlariga nom bergan asosiy millat bilan bu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi etnik ozchilik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ichki siyosiy barqarorlik va milliy xavfsizlikning hal qiluvchi shartlaridan biri bo‘lib qolmoqda». Inson huquqlari va uning qadr-qimmati yetakchi o‘rinda turgan demokratik davlatda millatlararo munosabatlar barqaror rivojlanadi. Millatlararo munosabatlar negizida esa har bir millatning o‘zaro aloqalari jamiyatning etnik rivojini ta’minlaydi.
Demokratik jamiyatda millatlararo munosabatlar rivojini ta’minlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Dostları ilə paylaş: |