Termiz – 2020 mund а r I j а



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə76/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

Demokratik jamiyat - bu, eng avvalo, fuqarolik jamiyatidir. Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni-shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat hokimiyati tinch-totuv yashaydi.

Fuqarolik jamiyati shakllanib borayotgan O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash va rivojlantirishda quyidagi omillarga e’tibor qaratish lozim.

Birinchidan, millatlararo munosabatlarni ijtimoiy taraqqiyot nuqtai nazaridan hal etish jahon xalqlarining, ayniqsa polietnik davlatlarning global muammolardan biridir.
Angliyada Olster, Fransiyada Korsika, Ispaniyada Kataloniya, Italiyada Janubiy Tiroliya, Belgiyada Flamandiya, Xitoyda Uyg‘ur avtonom tumani va Tibet, Bolgariyada turklar, Turkiyada kurdlar, Ukrainada Donetsk hamda Lugansk milliy nizolarga, ijtimoiy etnik to‘qnashuvlarga sabab bo‘lib keladi.

Sobiq SSSR va sotsialistik lagerning tarqalishi bilan uning o‘rnida paydo bo‘lgan mustaqil davlatlarda, ayniqsa Yugoslaviya, Ruminiya, Vengriya, Chexoslovakiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Gruziyada millatlararo to‘qnashuvlar avj oldi. Hattoki, eng rivojlangan AQSHdek davlatda ham milliy-etnik muammolar mutlaq hal etilmagan. O‘z navbatida bugungi kunda global o‘zgarishlar sharotida yuzaga kelayotgan imkoniyatlardan foydalanishda turli davlatlar o‘rtasida keskin tafovutlar ham uchrab turibdi. Mazkur jarayon, avvalo, qudratli davlatlarga o‘z geosiyosiy manfaatlarini qondirishda ulkan afzalliklarni yuzaga keltirmoqda. Bunday geosiyosiy manfaatlar esa iqtisodiy tafovutlarning kuchayishiga, nisbatan kam rivojlangan davlatlarning iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatlar tamonidan iqtisodiy asoratga solishiga omil bo‘lmoqda. Oqibatda mazkur tendensiyadan norozilik kayfiyati millatlararo munosabatlar sovuqlashishiga ham olib kelmoqda. O‘z navbatida iqtisodiy jihatdan qudratli millatlarning iqtisodiy dastaklar hamda OAV yordamida o‘z qadriyatlar tizimini o‘zga millatlar turmush tarziga singdirishga urinayotganligi, tabiiy ravishda, norozilik kayfiyatlarining, mazkur millat vakillariga nisbatan salbiy munosabatning shakllanishiga zamin yaratib bermoqda.




Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin