Termiz – 2020 mund а r I j а


MAVZU: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH - FUQAROLIK JAMIYATINN RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR SHARTI



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə86/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

8 MAVZU: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH - FUQAROLIK JAMIYATINN RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR SHARTI

Reja:

1.Korrupsiya tushunchasi va uning ijtimoiy ildizlari.

2.Korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari: milliy qonunchilik va xorijiy tajriba

3.O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash haqida.

4.O‘zbekistonda korrupsiya va jinoyatchilikning shakllanishi hamda unga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar.

Tayanch iboralar: demokratiya, taraqqiyotning o‘ziga xos yo‘li, davlat boshqaruvi, tahdid, korrupsiya, jinoyatchilik,milliy qonunchilik, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, huquqiy madaniyat.

1. Korrupsiya tushunchasi va uning ijtimoiy ildizlari.

Ma’lumki “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi “korroziya” so‘zi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. Shundan kelib chiqib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi hokimiyatni buzish, chiritish orqali sotib olish” degan ma’noni anglatadi.

Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan: “Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim” deb hisoblaydi. Fransuz mutafakkiri Sharl Monteske esa bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan.

G‘arbiy Yevropa davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli ko‘rinishlari va korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha davrning ilg‘or yozuvchi, faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, Shekspirning “Venetsiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon”, Dantening “Do‘zax”, “Tozalovchi” kabi asarlarida ham yoritilgan. Dante korrupsionerlarni do‘zaxni eng qorong‘i va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan fikrni bildirib o‘tgan.

Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli o‘rganib, uni yo‘talga qiyoslab shunday degan edi, “Korrupsiyani ham yo‘talga o‘xshab oldin aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni o‘tkazib yuborsangiz uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin”.

Mana shu so‘zlardagi haqiqatni bugungi kunda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan korrupsiya ko‘rinishlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “qonun va qonun ustuvorligi bo‘lmagan joyda avvalo uning o‘rnini korrupsiya degan balo egallaydi” - deb aloxida ta’kidlagan.

Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste’molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi;

1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi;

1997 yil 28 maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. BMT Rivojlanish Dasturining (“UN Development Program”) nazariy tahliliga ko‘ra korrupsiyani vujudga kelishida, vakolat yoki hokimiyatga, shaxsiy manfaat va o‘zboshimchalik, hisobdorsizlik va oshkorasizlik omillari katta rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida” gi qonunni imzoladi (O‘RQ-419). Ushbu qonunda korrupsiya tushunchasiga quyidagi ta’rif berilgan: “Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof rafishda taqdim etish”.

Milliy qonunchiligimizda mazkur atamaning aniq huquqiy ta’rifi mavjud emas, biroq xalqaro huquqning ayrim manbalarida xususan, Korrupsiya muammolari bo‘yicha Yevropa Kengashi Guruhlarining 1- sessiyasi (1995 yil 22-24 fevral, Strasburg)da “Korrupsiya”ga shunday ta’rif berilgan “Korrupsiya - pora olish (o‘ziga og‘dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo‘lgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o‘z mansab vazifasidan yoki shunga o‘xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan shuningdek, o‘zi yoxud o‘zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega bo‘lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat”.




Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin