Ta’lim -
|
Образование -
|
Education
|
o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.
|
Ta’lim jarayoni
|
Учебный процесс
|
Process of education
|
- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
|
Ta’lim konsepsiyalari
|
Концепции образования
|
Education
|
(lotin tilidan «conceptio» —tizim) — ta’lim-tarbiya mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit qarashlar tizimi; Uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo‘nalishi, maqsad va vazifalarini belgilashning alohida usuli.
|
Ta’lim maqsadi
|
Цель обучения
|
The aim of education
|
(o‘qish, bilim olish maqsadi) - ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya.
|
Ta’lim mazmuni -
|
Содержание обучения -
|
The content of education
|
davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
|
|