A) Keramzit
Respublikamizda tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar zahirasi yetarli bo‘lmaganligi sababli sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi. Shu sababli O‘zbekistonning turli rayonlarida sun’iy g‘ovak (keramzit, agloporit va boshqada) to‘ldiruvchilar ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilgan.Issiqlikni izolyatsiya qilush, devorbop panellar, monolit devorlar va har xil yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar tayyorlashda yengil g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlatib, samarali yengil betonlar olish imkonini beradi. Og‘ir to‘ldiruvchilarni yengil to‘ldiruvchilarga almashtirish natijasida betonning xususiyatlarini kerakli darajada o‘zgartirish, zichligini kamaytirish, issiqlik o‘tkazuvchanligi va boshqalarni yaxshilash mumkin. Shuningdek ayrim g‘ovak to‘ldiruvchilarni yetarli mustahkamligi asosida yuqori mustahkamlikdagi konstruksion yengil betonlar tayyorlanadi.
Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish korxonalari xomashyo (mahalliy xomashyodan foydalanish) bor joylarda va unga talab bo‘lgan rayonlarda quriladi. Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning tan narxi tabiiy to‘ldiruvchilarga nisbatan yuqori, lekin chetdan keltiriladigan to‘ldiruvchilarga nisbatan arzonroqdir. Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning yuqori sifati va samaradorligi sababli betonlar olishda keng qo‘llaniladi.B) Xomashyo materiallar va qo‘shimchalar
Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning eng ko‘p tarqalgan turi bu keramzitdir.
Giltuproqning ba’zi turlari kuydirishda ko‘pchiydi va bunday gillar asosida keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag‘ali va keramzit qumi olinadi, kam miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi. Keramzit shag‘ali donasi yumaloq shaklda, strukturasi g‘ovak va yacheykasimon bo‘ladi. Keramzit donasining yuza qismi zich qatlam bilan qoplangan, rangi qo‘ng‘ir qora, bo‘linganda qoramtir bo‘ladi.
Gilning ko‘pchishi 2 ta jarayonga bog‘liq: gaz ajralishi va gilning piroplastik holatga o‘tishidir. Gaz ajralishi –bu temir oksidlarining organik moddalar bilan birikishidan keyingi qaytarilish reaksiyasi, bu birikmalarning oksidlanishi, gidroslyuda va boshqa suvli birikmalarni degidrotatsiyasi, karbonatlarning dissotsiatsiyasiga bog‘liq.
Gilning piroplastik holatga o‘tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning (eritma) hosil bo‘lishidir. Natijada gil yumshayadi, plastik deformatsiya qobiliyati yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko‘pchiydi va natijada gaz o‘tkazmaydigan materialga aylanadi.
Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida cho‘kindi jinslarga kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Xomashyo material sifatida metamorfik tog‘ jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar – gil slanslari va argillitlar ishlatiladi. Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar (kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvars, dala shpati, karbonatlar, temir, organik qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Gil minerallar gil moddalardan iborat bo‘ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko‘p gil moddalar bo‘lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30% gacha kvars mavjuddir. Gilning umumiy tarkibida SiO2-70% gacha, Al2O3 -12% kam emas(20% gacha), Fe2O3 + FeO- 10%gacha, organik qo‘shimchalar 1-2% mavjud bo‘lishi kerak.
Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil xom ashyosining yaroqli ekanligi xomashyo xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi.
Gil xom ashyosiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
Birinchi talab bu gilning kuydirishda ko‘pchishidir. Gilning ko‘pchishi- ko‘pchish koeffitsienti bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Rb V ,
c
bu yerda: Vk – ko‘pchigan keramzit granulalarining hajmi;
Vc – pishirishdan oldingi xom granulalarning hajmi.
Ko‘pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin:
R s ,
b P
k (1
p )
100
bu yerda: ρs – quruq xom granulaning zichligi;
ρk – ko‘pchigan keramzit granulasining zichligi;
Pp - quruq xom granulaning pishirishdagi massa bo‘yicha yo‘qotishi,%
Keramzit ishlab chiqarishda gil xomashyosining ko‘pchish koeffitsienti 2 dan kam bo‘lmasligi (3-4 bo‘lsa yaxshi) kerak.
Gil xom ashyosiga qo‘yiladigan ikkinchi talab, bu uning oson eruvchanligidir, ya’ni xomashyoni kuydirish 1250 0S dan oshmasligi kerak, aks holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada xom gil granulasi ko‘pchimaydi.
Gil xomashyosiga qo‘yiladigan uchinchi talab, bu kerakli ko‘pchish intervali hisoblanadi. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko‘pchish boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko‘pchish harorati deb, zichligi 0,95 g/sm3 ga teng keramzit granulalarining hosil bo‘lish haroratiga aytiladi.
Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi. Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratning keskin ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda granulalar yuzasi erib bir-biri bilan yelimlanib qoladi. Bu esa keramzit shag‘alining chiqishini kamaytiradi va ba’zan pechni ishdan chiqaradi. Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratni belgilangan optimal darajadan pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda ko‘pchish koeffitsienti kamayadi va mahsulot kam ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda xomashyoning ko‘pchish intervali 50 0S dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bu xususiyatlarga barcha gil jinslari ega bo‘lmaydi. Gil xomashyosining xususiyatlarini yaxshilash uchun unga 1% gacha mazut, solyarka moyi yoki boshqa organik moddalar qo‘shiladi. Gil granulalarining ko‘pchish harorati intervalini uzaytirish uchun gil granulalari sirtiga olovga bardoshli gil kukuni yoki maydalangan kvars qumlari purkaladi. Keramzit ishlab chiqarishda qo‘shimchalarni qo‘llashda xomashyo mahsulotning ko‘pchish koeffitsientini 2-3 barobar oshiradi, mahsuldorlik ham oshadi, tan narxi esa pasayadi.
Dostları ilə paylaş: |