Termiz davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya tillarni oʻqitish oʻzbek tili yoʻnalishi



Yüklə 4,84 Mb.
səhifə5/9
tarix03.10.2023
ölçüsü4,84 Mb.
#151652
1   2   3   4   5   6   7   8   9
antik davrda sharq va g\'arb adabiyotida eposlar talqini

Yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan eng qadimgi yagona namunalari – «Iliada» hamda «Odisseya» dostonlaridir. Gomer degan ulug’ shoirning nomi bilan bog’liq bo’lgan har ikkala poemaning mavzui Troya afsonalaridan, ya’ni yunonlar bilan troyaliklar o’rtasida bo’lib o’tgan urush rivoyatlaridan olingan.

  • Yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan eng qadimgi yagona namunalari – «Iliada» hamda «Odisseya» dostonlaridir. Gomer degan ulug’ shoirning nomi bilan bog’liq bo’lgan har ikkala poemaning mavzui Troya afsonalaridan, ya’ni yunonlar bilan troyaliklar o’rtasida bo’lib o’tgan urush rivoyatlaridan olingan.
  • Troya shahri haqiqatan ham Kichik osiyoda, Dardanel bug’ozining janubiy qirg’og’ida joylashgan ko’xna shaharlardan biri edi. Olimlarning bundan bir necha yillar muqaddam eski Troya shahri o’rnida olib borgan arxeologik izlanishlari natijasida eramizdan qariyb uch ming yil ilgari gullab-yashnagan va keyinchalik turli falokatlar orqasida halok bo’lib ketgan aholigohning vayronalari topilgan. Ilm ahllarining aytishlaricha, yunonlarning troyaliklar ustiga bostirib kelishlari tarixiy voqyea bo’lib, eramizdan taxminan XIII-XII asr ilgari yuz bergan.

Qadimgi yunonlar Troya shahrini «Ilion» deb ham ataganlar. Binobarin, «Iliada» dostonining nomi ostida «Ilion qissasi», «Ilionnoma» degan ma’nolarni anglamoq lozim. Biroq bu nom asarning mazmuniga unchalik monand emas. Chunki dostonda asosan Yunon-Troya urushidagi kichik bir voqyeagina bayon etiladi va ana shu yagona atrofida mazkur urushning ba’zi hodisalariga to’xtalamiz. «Iliada» dostoni 15700 misradan iborat juda kattakon asar. Qadimgi olimlar, yunon alifbosining soniga qarab, poemani 24 bobga – qo’shiqqa bo’lganlar. Asar voqyealari tavsifiga kirishdan oldin, shoir ilhom parisiga murojaat qilib, o’z dostonining bosh mavzusi – Axill g’azablarini kuylashda undan madad tilaydi. Poemaning birinchi qo’shig’i shu g’azabning sabablariga bag’ishlangan. Gomer nomi bilan bog’liq ikkinchi asar «Odisseya» dostonida Troya urushining bosh qahramonlaridan biri, Itaka podshohi Odisseyning sarguzashtlari hikoya qilinadi. Shu vaqtga qadar «Iliada» va «Odisseya» dostonlarining muallifi Gomer degan ulug’ shoir bo’lgan deb keldik. Bu to’g’rida qadimgi yunonlarning o’zlari ham qatra shubha qilgan emaslar.


Yüklə 4,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin