antik davrda sharq va g\'arb adabiyotida eposlar talqini
Qadimgi yunonlar Troya shahrini «Ilion» deb ham ataganlar. Binobarin, «Iliada» dostonining nomi ostida «Ilion qissasi», «Ilionnoma» degan ma’nolarni anglamoq lozim. Biroq bu nom asarning mazmuniga unchalik monand emas. Chunki dostonda asosan Yunon-Troya urushidagi kichik bir voqyeagina bayon etiladi va ana shu yagona atrofida mazkur urushning ba’zi hodisalariga to’xtalamiz. «Iliada» dostoni 15700 misradan iborat juda kattakon asar. Qadimgi olimlar, yunon alifbosining soniga qarab, poemani 24 bobga – qo’shiqqa bo’lganlar. Asar voqyealari tavsifiga kirishdan oldin, shoir ilhom parisiga murojaat qilib, o’z dostonining bosh mavzusi – Axill g’azablarini kuylashda undan madad tilaydi. Poemaning birinchi qo’shig’i shu g’azabning sabablariga bag’ishlangan. Gomer nomi bilan bog’liq ikkinchi asar «Odisseya» dostonida Troya urushining bosh qahramonlaridan biri, Itaka podshohi Odisseyning sarguzashtlari hikoya qilinadi. Shu vaqtga qadar «Iliada» va «Odisseya» dostonlarining muallifi Gomer degan ulug’ shoir bo’lgan deb keldik. Bu to’g’rida qadimgi yunonlarning o’zlari ham qatra shubha qilgan emaslar.
Bunday badiiy usullar yolg’iz Gomer dostonlariga emas, balki hamma xalqlarning jangnomalariga xos xususiyatdir. Ushbu yaqinlikni O’rta Osiyo xalqlarining mardlik, bahodirlik haqidagi ajoyib dostonlaridan biri bo’lgan «Alpomish» misolida ham ko’rishimiz mumkin. Xalq o’zining sevimli qahramonlarini ko’pincha, umrbod tirik yashaydigan, ajal bas kelmaydigan odamlar qiyofasida tasavvur etishni yaxshi ko’radi. Qirg’iz xalq dostonining qaxramoni Manas, nemis xalq dostoni «Nibelungnoma»ning qahramoni Zigfrid (u Ajdahoni o’ldirib qoniga cho’milgan) hamda Alpomish shular jumlasidandir. Bu pahlavonlarga ham qilich o’tmaydi, o’t kor qilmaydi. Mana shu «o’q o’tmaslik» jihatidan alpomish «Iliada» dostonining qahramoni Axillga o’xshab ketadi.