antik davrda sharq va g\'arb adabiyotida eposlar talqini
Ertak, afsona, rivoyat, Doston singari xalq og’zaki ijodi namunalari hamda ilk yozma Eposlarda voqea-hodisalarni bayon etish, aytib berish katta o’rinni tutgani holda dialoglar va tafsilotlarga kam o’rin ajratilardi. Keyingi vaqtlarda esa, Eposga mansub asarlarda dialog va tafsilotlarning salmog’i ortib bormoqda. Bu holni, birinchidan, Eposda ifoda imkoniyatlari oshgani, ikkinchidan, inson ichki olamining noziklashib, ruhiyati murakkablashib borayotgani bilan izohlash mumkin. Epos asardagi voqea-hodisalar bilan o’quvchi (tinglovchi) o’rtasida o’ziga xos vositachi hisoblanadigan roviy yoki hikoyachi tomonidan bayon etilganda, ayni voqealarning nima uchun aytib berilayotgani, odatda, izohlab o’tirilmaydi. Bayon ko’pincha muallif, ba’zan esa biror personaj tilidan amalga oshiriladi. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonlari, Qodiriyning «Mehrobdan chayon», Cho’lponning «kecha va kunduz», Oybekning «qutlug’qon» romanlarida voqealar muallif tilidan bayon etiladi. G’afur G’ulomning «Shum bola», Erkin A’zamning «Otoyining tug’ilgan yili», Oybekning «Gulnor opa» singari asarlarida rivoyat personaj tilidan olib boriladi. Shu bilan birga, hikoya muallif tilidan bayon qilinayotgan asarlarda personajlarning hikoyachi sifatida bayonga aralashish holatlari ham uchrab turadi.