Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari


 MOD xalq xo’jaligining yetakchi majmualari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix17.12.2019
ölçüsü0,54 Mb.
#29951
1   2   3   4   5   6   7   8
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


3. MOD xalq xo’jaligining yetakchi majmualari. 

 

24 


YoqilІi-energetika  kompleksi.  Kompleksning  rivojlanishi  MODning  ko’pgina 

davlatlarida  butunlay  mahalliy  xom  ashyo  -  tabiiy  resurs  omiliga  tayanadi.  Uning 

asosini neft, ko’mir, gaz sanoati tashkil qiladi. Neft va gaz sanoati region sanoatining 

yetakchi tarmoqlaridan biridir. Sanoatning mazkur tarmoqlari ayniqsa O’zbekistonda 

tez o’sib bormoqda. Umuman Turkmaniston, Qozog`izston va O’zbekistonda yoqilІi-

energetika sanoati tarmoqlari salmoqli o’rin tutadi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida 

Turkmanistonning  Nebitdag`  rayoni,Qozog`izstonning  g`arbiy  iqtisodiy  rayoni, 

O’zbekistonning  Farg`ona  vodiysi  va  Muborak  rayonida  neft  va  tabiiy  gaz  konlari 

juda ko’p. Bu rayonda neftni qayta ishlaydigan zavodlar, issiqlik elektrostansiyalari 

(IES)  ishlab  turibdi.  Shuningdek,  mazkur  rayonlardan  MODning  sanoatlashgan 

shaharlariga  hamda  xorijiy  davlatlarga  neft  va  gaz  quvurlari  o’tkazilgan.  Jumladan, 

O’zbekistondan  Qirg`iziston,  Tojikiston  va  boshqa  davlatlarga,  Turkmaniston 

vaQozog`izstondan  Rossiya,  Ukraina  va  boshqa  xorijiy  davlatlarga  neft  va  gaz 

quvurlari o’tkazilgan. Yaqin kelajakda esa Turkmanistondan Eron, Turkiya davlatlari 

va  O’rta  Dengiz  mamlakatlariga  neft,Qozog`izstondan  Turkiyaga  gaz  quvurlari 

o’tkaziladi.  MOD  yoqilІi-energetika  kompleksida  ko’mir  sanoatining  ham  salmoqli 

ulushi  bor.  Ko’mir  konlari  MODning  barchasida  topilgan.  Ayniqsa,Qozog`izston, 

O’zbekiston,  Qirg`iziston  hududlarida  ko’mir  ko’p.  Birgina  Qozog`izstonda 

ko’mirning  geologik  zahirasi  140  mlrd.t.ga  teng.Qarag`anda,  Eskibastuz,  Obakan 

havzalari  ayniqsa  yrikdir.  Mazkur  havzalari  (va  birinchi  navbatda  Markaziy  va 

Shimoliy Qozog`izston)da IESlari ishlab turibdi. 

Regionda  qudratli  yoqilІi-energetika  sanoati  kompleksiga  va  gidravlik 

stansiyalarda  ishlab  chiqarilayotgan  elektroenergiyaga  tayanib  elektroenergetika 

sanoati  rivojlangan.  MODlarida  yiliga  150-180  mlrd.kvt\soat  elektroenergiya  ishlab 

chiqarilmoqda. 

Yaqin  kelajakda  MODlari  yagona  energetika  sistemasiga  ega  bo’lishi 

kutilmoqda.  Markaziy  Osiyo  davlatlari  rahbarlarining  1993  yil  yanvar  oyida 

Toshkentda bo’lgan uchrashuvlarida ana shu haqda aniq bir fikrga kelindi. 

Metallurgiya kompleksi. Bu kompleks qora va rangli metallurgiyani o’z ichiga 

oladi. Kompleksni rivojlantirish uchun regiondagi davlatlar bir xil imkoniyatlarga ega 

emas.  Chunonchi,  qora  metallurgiyaning  xom-ashyosi  chegaralangan.  Temir  ruda 

konlari  faqat  Qozog`izston  Respublikasida  sanoat  ahamiyatiga  ega.  Markaziy  va 

Shimoliy  Qozog`izston  iqtisodiy  rayonlarida  o’nlab  temir  ruda  konlari  topilgan  va 

ishga  tushirilgan.  Shulardan  eng  muhimlariQarag`anda  va  Kustanay  viloyatlarida 

bo’lib, 30 kondagi temir ruda zahirasi 16 mlrd.tonnaga teng. 

Markaziy 

Osiyo 

qora 


metallurgiyasi 

birinchi 

navbatda 

MarkaziyQozog`izstonda  tarkib  topgan  va  rivojlangan.  “Qozoq  magnitkasi”  nomi 

bilan  ataladigan  to’liq  sikldagiQarag`anda  metallurgiya  zavodi  cho’yan,  po’lat, 

prokat  ishlab  chiqaradi.  Mazkur  metallurgiya  korxonasi  Qarag`anda  ko’mir  yoqilІi 

xomashyosiga tayanib  ishlaydi.  Shuningdek,  Markaziy  Osiyoda  O’zbekistonda  ham 

Bekobod qora metallurgiya kombinati bor. Ushbu millioner metallurgiya korxonalari 

MODning qora metallga bo’lgan ehtiyojini qisman bo’lsa ham qondirib kelmoqda. 

MOD metlallurgiya kompleksida rangli metallurgiya sanoatining salmoІi katta. 

Kompleksning ushbu tarmog`i MOD hududida topilgan bir necha o’nlab rangli metall 

ruda  xomashyolariga  tayanadi.  Rangli  metall  xomashyosi  esa  MODning 

Turkmanistondan 

tashqari 

barcha 

davlatlari 



hududida 

uchraydi. 



 

25 


ayniqsaQozog`izston,Qirg`izistonda  ko’p.  Mis,  qo’rg`oshin,  rux,  surma  va  boshqa 

noyob  va  nodir  metallar  o’z  sanoat  korxonalariga  ega.  Jumladan,  Balxash  va 

Olmaliqda  mis  naralash  fabrikalari,Qo’ytoshda  qo’rІoshin  va  rux,Haydarkentda 

surma,  Pavlodar  va  Tojikistonning  Tursunzoda  shahrida  alyumin  zavodlari  ishlab 

turibdi  va  boshqalar.  Regionda  keng  quloch  yoygan  rangli  metallurgiya  sanoati 

mintaqaning barcha davlatlariga xizmat qiladi. 

Mashinasozlik kompleksi. 

Mazkur  kompleks  region  mashinasozlik  sanoatini  o’z  ichiga  oladi  va 

davlatlararo  yo’nalishi  bo’yicha  farq  qiladi.  O’lkaning  mashinasozlik  sanoat 

korxonalari  energetika  sanoati  uchun  mashina,  mexanizm,  asbob-uskunalar  ishlab 

chiqariladi. U metallurgiya sanoati, ximiya sanoati, qishloq xo’jaligi, transport uchun 

turli  nom  va  markadagi  mashina  va  mexanizmlar  ishlab  chiqaradi.  Sanoatning  bu 

tarmoІi tabiiy resurs omiliga bevosita bog`lanmaganligi uchun xom ashyo  rayoniga 

ko’ra  iste'molchi  rayonlarda  yaxshi  rivojlangan.  Jumladan,  Turkmanistonda  neft  va 

gaz sanoati mashinasozligi,Qozog`izston va O’zbekistonda don va paxtachilik uchun 

xizmat  qiladigan  mashinasozlik;  O’zbekiston  va  Qirg`izistonda  yengil  va  yuk 

avtomobilsozligi;  O’zbekistonda  samolyotsozlik,  Tojikistonda  qishloq  xo’jaligi 

mashinasozligi rivojlangan. 

Kimyo sanovati majmui. 

Regionda  kimyo  sanoati  majmui  u  bilan  boІliq  sanoat  tarmoqlarining 

rivojlanishi  bilan  keng  quloch  yoyioqda.  Bu  yerda  neftokimyo,  gazokimyo, 

ko’mirkimyo  tarmoqlari  ayniqsa  rivojlangandir.  Kimyo  sanoatining  zikr  qilingan 

tarmoqlariQozog`izston,  O’zbekiston  va  Turkmanistonning  xomashyo  rayonlarida 

joylashgan  va  ancha  yaxshi  rivojlangan.  Shuningdek,  region  kimyo  sanoati  mineral 

o’g`it uchun ishlatiladigan kaliy-fosforid konlari bazasida ham rivojlantirilgan. 

Paxtachilik majmui. Markaziy Osiyoda paxtachilik majmui yaxshi rivojlangan. 

Mazkur paxtachilik majmui bir-biri bilan uzvey bog`lanib ketgan texnologik jarayon 

bo’lib, bir tomondan paxta yalpi hosilini yetishtirish, uni o’z vaqtida yiІib-terib olish, 

yetishtirilgan  yalpi  hosilini  paxta  punktlariga  keltirish,  navlarga  ajratish,  bundlash, 

paxta yalpi hosilidan paxta tolasini ajratib olish, toladan ip-gazlama ishlab chiqarish, 

kiyim-kechak bichish va tikish, paxtaning ikkilamchi mahsulotlaridan yoІ, sovun kabi 

ko’p  xil  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish;  ikkinchi  tomondan  esa  paxta 

yetishtirish  va  uni  yiІib-terib  olish  uchun  mashinalar,  traktorlar,  kombaynlar  va 

boshqa  o’nlab  nomdagi  asbob-uskuna  va  mexanizmlar  ishlab  chiqarish,  mineral 

o’g`itlar,  har  xil  ximikatlar,  dori-darmonlar  tayyorlash  va  boshqalarni  o’z  ichiga 

oladi. 


Markaziy  Osiyo  davlatlari  jahondagi  eng  yirik  paxta  regioni.  Uning  barcha 

davlatlarida  paxta  ekiladi.  MDHga  a'zo  bo’lgan  davlatlarda  yetishtirilgan  paxtaning 

90%  dan  ko’proІini  Markaziy  Osiyo  davlatlari  beradi.  Biroq  paxta  yetishtirish 

bo’yicha  MODlari  bab-baravar  tuproq-iqlim  imkoniyatlariga  ega  emas.  Paxta  ekish 

va yetishtirishda ayniqsa O’zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonning tabiiy resurs 

omili  katta.  Bu  davlatlarda  nisbatan  ?aiobiy  juІrofiy  sharoiti:  iqlimning  iliqligi, 

quyoshli kunlarning ko’pligi, havo harorati ijobiy va foydali darajasining balandligi, 

o’simlik  o’suv  davri  uchun  kerakli  kunlarning  ko’pligi,  tuproqning  o’ta 

madaniylashganligi,  serunumligi,  suІorish  shaxabchalari:  suv  omborining  ko’plab 


 

26 


barpo qilinganligi, magistral kanallarning ko’p qazilganligi issiqsevar dehqonchilik-

paxtachilikni har jihatdan rivojlantirishni taqozo qilgan. 

Donchilik  majmui.  Bu  majmuaga  don  yetishtirishga  ixtisoslashgan  qishloq 

xo’jalik  korxonalari,  don  mahsulotlarini  saqlaydigan  va  qayta  ishlaydigan 

donxonalar,  elevatorlar,  non  zavodlari,  shuningdek,  don  yetishtirish  uchun  xizmat 

qiladigan mashina va mexanizmlar kiradi. 

Markaziy Osiyo donchilik majmui yaqin o’tmishda bir tomonlama rivojlangan 

edi.  Unin  asosiy  juІrofiy  rayoniQozog`izstonning  “Qo`riq  o`lka”  nomini  olgan 

Shimoliy  Qozog`izston  iqtisodiy  rayoni  edi.  Bu  rayonda  1954-1960  yillarda  salkam 

30 mln.gektar quruq va bo’z yerlar o’zlashtirildi. “Qo`riq Heka”da qisqa vaqt ichida 

yuzlab donchilik davlat xo’jaliklari, tuman va viloyatlar tashkil qilindi. 

Kelajakda  Markaziy  Osiyoning  barcha  davlatlarida  donchilik  majmui  jadal 

rivojlantiriladi.  Chunki  Markaziy  Osiyoning  har  bir  mustaqil  davlati  mahalliy 

aholining  don,  un  va  un  mahsulotlariga  bo’lgan  ehtiyojlarini  to’la  qondirish  uchun 

uzoq muddatlarga mo’ljallangan rejalarni tuzib chiqarmoqdalar va turmushga tadbiq 

qilmoqdalar.  Bunday  tadbirQozog`izstonning  yirik  donkor  regioni  bo’lib  qolishini 

aslo inkor  etmaydi  balki  Markaziy  Osiyo  hududida  mazkur  donchilik  majmuasining 

keng rivojlanishiga va ma'lum miqdordagi xorijiy davlatlarga chiqarish imkoniyatini 

beradi. 

 

Tayanch so’zlar. 

MODning  xalq  xo’jaligi  tarixi,  tarkib  topishi.  Xalq  xo’jaligida  sanoat 

turi.Qishloq  xo’jaligi.  Xo’lq  xo’jaligi.  Majmualari.  Yoqilg`i,  energetika,  neft,  gaz, 

ko’mir konlari. Metallurgiya majmuasi.Qora va rangli metallurgiya. Cho’yan, po’lat, 

prokat  ishlab  chiqarish.  Mashinasozlik  majmui.  Ixtisoslashuv,  mashina,  mexanizm, 

asbob-uskunalar.  Kimyo  sanoati  majmui,  neft  va  gaz  kimyosi.  Paxtachilik  majmui: 

tola, gazlama, kiyim-kechak, yoІ, sovun ishlab chiqarish. Donchilik majmui: “Qo’riq 

o’lka”. Bug`doy, arpa, sholi, makkajo’xori yetishtirish. 

 

 

7-MAVZU. QOZOG`ISTON VA QIRG`IZISTON 

RESPUBLIKALARIGA UMUMIY TA`RIF. 

REJA: 

1.  Geografik o`rni. 

2. Aholisi. 

3. Xo`jaligi.. 

4. Iqtisodiy rayonlari. 

Qozog`iston  respublikasi  MDH  davlatlari  orasida  hududining  kattaligi  bilan 

ajralib  turadi.  Uning  maydoni  2,7  mln  km.kv.  bo’lib,  MDH  davlatlari  orasida 

Rossiyadan keyin ikkinchi o’rinda, dunyoda esa to’qqizinchi o’rinda turadi (Rossiya, 

Kanada, Xitoy, AЈSH, Braziliya, Avstraliya,Hindiston va Argentinadan keyin). 

Aholisi  15,8  mln.  (1997  y)  kishi  bo’lib,  MDH  davlatlarida  to’rtinchi  o’rinda 

turadi (Rossiya, Ukraina va O’zbekistondan keyin). 

Qozog`iston 

respublikasig`arbdan 

sharqqa 


Kaspiy 

dengizidan 

Oltoy 

Tog`larigacha  3  ming  km  masofaga,  Shimoldan  janubga  1,5  ming  km  dan  ortiq 



masofaga cho’zilgan. 

 

27 


Qozog`iston  respublikasining  geografik  o’rni  ancha  qulaydir.  Tabiiy  sharoiti 

juda ham  xilma—xil  bo’lib, hududining  1\3  qismi  tekislikdan  (dengiz sathidan 200-

500  m  baland),  1\2  qismi  yassi  tekisliklardan,Qozog`iston  past  Tog`lari  (dengiz 

sathidan 500-600 m baland) dan, qolgan qismi zea (1\6) Tog`lardan iboratdir. 

Qozog`iston  respublikasi  foydali  qazilmalarga boy  bo’lib, bu  yerda  yonuvchi, 

rudali,  rudasiz  foydali  qazilma  konlarining  ko’pligi  ko’p  tarmoqli  sanoat 

korxonalarini  rivojlantirishga  imkon  beradi  Respublika  foydali  qazilmalarning 

ko’pligi jihatidan dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. 

Foydali  qazilmalardan  ayniqsa,  kimyo  sanoati  uchun  xom  ashyolar 

ko’pchilikni  tashkil  etadi.Hrganilgan  Yirik  fosforit  konlari  asosan  Qoratov  va 

Aktyubinsk  viloyati  hududiga  to’Іri  keladi.  Natriy  sulfat  konlari  Janubiy  va 

markaziyQozog`istonda  uchraydi,  Yirik  osh  tuzi  konlari  Pavlodar  va  QizilHrda 

viloyatlaridadir. Yirik kaliy tuzi koni Aktyubinsk yaqinida topilgan. 

Aniqlangan  neft—gaz  rayonlarni  Kaspiy  bo’yi  nast  tekisligi  Mang`ishloq, 

Ustyurt,  Sharqiy  Orolbo’yi,  To’rІay  botiІi,  Sharqiy  va  Janubiy  Qozog`iston  Tog` 

oraliІi botiqlariga to’Іri keladi. 

Ko’mirning  umumiy  geologik  zahirasi  (400  dan  ortiq  kon)  140  mlrd.  tonna 

atrofida  bo’lib,  jumladan  Qarag`anda  havzasida—50  mlrd.t.  To’rІay  havzasida  50 

mlrd.t, Ekibastuzda-12 mlrd.t.Qarag`anda ko’mir havzasidan asosan toshko’mir qazib 

olinali, bu kokslanuvchi ko’mirdir. 

Qozog`iston  respublikasi  xalqaro  geografik  mehnat  taqsimotida  yirik  sanoat 

ishlab chiqaruvchi davlat bo’lib qatnashadi. Uning hisobiga MDH davlatlaridagi 1\3 

qism mis eritish, taxminan 1\2 qism rux, 2\3 qismdan ko’proq qalay to’Іri keladi. 

Qozog`iston qora metallar ishlab chiqarish, neft va ko’mir qazib olish, bundan 

tashqari  oziq—ovqat  sanoati,  don  yetishtirish,  jumladan,  go’sht  va  qorako’l  terisi 

yetishtirish bo’yicha ham alohida o’rinda turadi. 

Qozog`iston  polimetall  rudalari  bo’yicha  ham  dunyoda  oldingi  o’rinlardan 

birida,  MDHda  esa  ]-o’rinda  turadi  (Oltoy,Qoratov,  Junqoriya  Olatovidaga  konlar). 

Bu yerda qalay, ruxdan tashqari oltii, kumush, qadimiy va boshqa 30 ga yaqin rangli 

va nodir metallar uchraydi. 

ЈozoІriston  respublikasi  mis  zahiralari  bo’yicha  MDH  davlatlari  orasida 

birinchi  o’rinda  turadi  (Eng  katta  konlardan  JezqazІan,  Balxash,  markaziy 

Qozog`istonda,  Bozshaqol  shimoliyQozog`istonda,  Orlov,  Nikolayev–sharqiy 

Qozog`istonda,  Chotirko’l-janubda,  Yubileniy  -g`arbiyQozog`istonda),  kumush, 

volfram (Qozog`iston past Tog`larida), xrom (Aktyubinsk oblastida), vannadiy, borit 

va boshqalar ham ko’p. 

Qozog`iston  respublikasi  neft  zahiralari  bo’yicha  MDH  davlatlari  orasida 

Rossiyadan keyin ikkinchn o’rinda tursa, ko’mir zahiralari bo’yicha uchinchi o’rinda 

turadi. 

Qozog`iston  respublikasining  shimoliyg`arbiy  qismlarida  Yirik  temir  rudasi 

konlari  topilgan.  Eng  Yirik  konlari  Temirtov,  Rudniy,  Kustanay,  Sokolov-Sarboy, 

Lisakovsk  va  boshqalardir.  (MDH  davlatlaridagi  temir  zahirasining  17%  ni  tashkil 

etadi). 

Qozog`iston iqlimi keskin kontinental, quruq iqlimdir. Shuning uchun daryolar 

ayniqsa,  respublikaning  markaziy  qismida  juda  kam.  Suv  tanqisligi  har  qanday 

qurilishni avval suv izlab topish va suv omborlari qurishdan boshlashga majbur etadi. 



 

28 


Suv  muammosi  hal  etilmasa  Qozog`istonda  mineral  boyliklaridan  to’lik  foydalanib 

bo’lmaydi. 

Qozog`istonning  umumiy  qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  yerlar  225  mln.  ga.  ni 

tashkil etadi.Htloq va yaylovlar 190 mln. ga, shudgor qilinadigan yerlar 36 mln.ga.ga 

yaqindir. Aholi jon boshiga hisoblaganda 2,3 ga shudgor qilinadigan yer to’Іri kelsa, 

dunyo  bo’yicha  0,23  ga,  O’zbekistonda  (4,4  mln  ga)  0,18  ga  to’Іri  keladi.  Shunga 

qaramasdan suv tanqisligi bu yerda qishloq xo’jaligidan yuqori hosil olishga imkon 

bermaydi. 



 

AHOLISI 

Qozog`iston—ko’p  millatli  mamlakatdir.  Bu  yerda  110  dan  ortiq  millat  va 

elatlar  istiqomat  qiladi.  Milliy  tarkib  bo’yicha  MDH  davlatlari  orasida  faqatgina 

Rossiya  tenglashishi  mumkin.  Tub  joy  axolisi  qozoqlar  davlat  nomi  ham  shu  nom 

bilan ataladi. 

Aholi  soni  bo’yicha  MDH  davlatlari  orasida  Rossiya,  Ukraina  va 

O’zbekistondan keyingi to’rtinchi o’rinda turadi. Axolisining zichligi bo’yicha MDH 

davlatlarida oxirgi o’rinlarda turadi. 1 km.kv.ga. 6kishi to’Іri keladi. Aholi hududlar 

bo’yicha notekis joylashgan. Shimolda va Janubda aholi zichroq,g`arbda va markaziy 

qismida siyrak o’rnashgan.Qozog`istonda sanoat rivojlanganligi sababli urbanizasiya 

darajasi  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  eng  yuqori  hisoblanadi.  hozirgi  kunda 

aholisining  58%  i  shaxarlarda  istiqomat  qiladi.  Ayniqsa  bu  ko’rsatkich  Qarag`anda 

viloyatida  yuqori.  Eng  yirik  shaharlardan  Olma-ota  (1  mlndan  ko’proq),Qarag`anda 

(600 ming), Chimkent, Ust-Kamenagorsk, Pavlodar, Jambul, Ostona va boshqalardir. 

Aholi milliy tarkibida 1990 yili ruslar ko’pchilikni tashkil qilgan bo’lsa 1995 

yildan boshlab tub aholi qozoqlar soni ortib bormoqda.  

Qozoqlar   46%   ni,   ruslar   34.8, nemislar   3%   ni,   ukrainlar   4.9, tatarlar, 

o’zbeklar 2% dan va boshqalar. 

 

Qozog`iston aholisining milliy tarkibi  (1926-1995 yillar) 

 

 

Millatlar 



 

 

1926 



 

 

1959 



 

 

1930 



 

 

1979 



 

 

1989 



 

 

1992 



 

 

1995 



 

Foiz hisobida 

Qozoqlar 

57,1 


 

30.0 


 

32,5 


 

36,0 


 

"39,7 


 

43,2 


 

46,0 


 

Ruslar 


 

19,7 


 

42.7 


 

42,4 


 

40,8 


 

37,8 


 

36,4 


 

34.8 


 

Ukrainlar 

 

13,2 


 

6,2 


 

7,2 


 

6,1 


 

5,4 


 

5,2 


 

4,9 


 

Nemislar 

 

0,8 


 

7,1 


 

6,6 


 

6,1 


 

5,8 


 

4,1 


 

3,1 


 

Boshqa millatlar 

9,2 

 

12,0 



 

11,3 


 

11,0 


 

11,3 


 

11,1 


 

11,2 


Aholining  umumiy soni (mln. kishi) 

6,5 


9.3 

13,0  14,7  16,5  16,9  16,6 



 

29 


  

Qozog`iston Respublikasi Goskomstat ma'lumotlari 

Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  so’nggi  yillarda  aholi  soni  ortib  borish  o’rniga 

kamayib  bormoqda.  Buning  asosiy  sababi  tabiiy  o’sishning  pasayib  borayotganidir 

(1987 yil har ming kishiga 18.1 kishi to’Іri kelgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1994 yil 8.8 

kishiga tushib qoldi). 

Lekin  tabiiy  ko’payish  millatlar  orasida  ham  keskin  farq  qiladi.  Eng  yuqori 

tabiiy  ko’payish  o’zbeklarda  24,7  %,  ozarbayjonlarda  24.3%,  qozoqlarda  21.9% 

bo’lsa,  eng  past  ko’rsatkich  ruslarda  2.7%,  ukrainlarda  10%,  nemislar  da  3  7  va 

xokazo. 

Tabiiy  o’sish  kamaysa  ham  bu  ko’rsatkich  qishloq  joylarda  yuqoriligicha 

SAqlanib  qolmoqda.  Bu  yerda  xar  1000  kishiga  tuІilish  O’rtacha  20.4  kishi  to’Іri 

kelmoqda. So’nggi yillarda tabiiy resurslar asosida rivojlanayotgan shaharlarda aholi 

soni ortib bormoqda, yirik aglomerasiyalar vujudga kelmoqda. Masalan:Qarag`anda, 

JezqazІan aglomerasiyalari, Balxash shahri va boshqalar. 

Hozirgi vaqtda hududiy mehnat taqsimotida ixtisoslashgan tarmoqlar—rangdor 

metallurgiya,  ko’mir.  ximiya  (o’Іgit  ishlab  chiqarish),  mashinasozlik  (ko’p  metall 

ishlatuvchi), chorvachilik, don xo’jaliklari bilan ishtirok etadi. Yangi ixtisoslashgan 

tarmoqlardan qora metallurgiya, neft, elektroenergetika tarmoqlari hisoblanadi. 

Qozog`iston  xo’jaligida  sanoat  yetakchi  o’rinda  turadi.  Sanoat  o’z  navbatida 

ikkita  yirik  guruhga  bo’linadi:  qazib  oluvchi  va  kayta  ishlovchi  tarmoqlar.  Birinchi 

tarmoq  qazib  olish  va  boyitish  bilan  shuІullansa,  ikkinchi  tarmoq  ulardan  tayyor 

mahsulot ishlab chiqaradi. 

Qozog`iston  rangli  metallurgiya  sanoati  50  ga  yaqin  rangli  va  nodir  metallar, 

rangli  metallurgiya  sanoati  asosida  esa  70  ga  yaqin  turli  xil  ximiyaviy  mahsulotlar 

ishlab chiqariladi. 

Bu tarmoqning yarmiga yaqini (47 foiz) qo’rІoshin rux sanoatiga, 30 foizi mis, 

8  foiziga  yaqini  alyuminiy,  qolgani  esa  oltin  qazib  olish,  titan  va  magniy  ishlab 

chiqarish, volfrom molibden tashkil etadi. 

Qo’rg`oshin  va  rux  sanoati,  sharqiy,  janubiy  va  markaziyQozog`istonda 

rivojlangan.  Oltoyda  asosiy  rangli  metallurgiya  kombinat”  ishlab  turibdi.  Ust 

Komenagorsk va Leninagorsk kombinatlarida rudalarni kompleks qayta ishlashni va 

undan  25  xilga  yaqin  rangdor  metall  eritib  olishni  ta'minlaydi.  Kustanay  oblastida 

boksitdan foydalanish asosida Pavladorda alyumin zavodi ishlab turibdi. 

Mis qazib  olish  va  eritish  Qarag`anda  oblastidagi  Balxash  va  Jezqazgan  Tog` 

metallurgiya  kombinati  hamda  Karsakpay  mis  eritish  zavodlaridir.  Barcha  zavodlar 

Balxashbo`yi va Jezqazg`an konlari asosida ish olib boradi. Irtish mis eritish zavodi 

mis konsentratlarini Oltoy ruda boyitish kombinatidan oladi. 

Qora  metallurgiya  Qozog`iston  xalq  ho’jaligining  ixtisoslashgan  muhim 

tarmoІidir.  U  respublika  og`ir  sanoatining  yosh  tarmoqlari  qatoriga  kiradi. 

Aktyubinsk 

yaqinidagi 

ferro—xrom 

(temir—xrom) 

zavodi 


Qozog`iston 

metallurgiyasining  yirik  korxonasidir.  MuІojardan  shimoli—garbda  joylashgan 

Xromtov konlari bu eavodning xom ashyo bazasi hisoblanadi. 

Respublikaning  yoqilgi  sanoati  ko’mir,  neft  va  gaz  sanoatlarini  birlashtiradi. 

Kokoslanuvchi  ko’mirni  Qozog`istondan  tashqari  Ural  metallurgiya  zavodlarida 

ishlatiladi.  Ekibastuz  havzasida  ochiq  usul  bilan  qazib  olingan  arzon  ko’mir  yirik 



 

30 


GRESlarda yoqiladi. Neft sanoat muhim o’rinni egallaydi. Mang`ishloq yarim orolida 

(Uzen,  Jetiboy),  Emba  havzasida,Qizil  Orda  viloyatidagi  konlar  hamda  Atirau, 

Pavlodar,  Chimkent  neftni  qayta  ishlash  zavodlari  katta  axamiyatga  egadir.  Neft 

konlaridan  neftni  kayta  ishlash  zavodlariga  quvurlar  orqali  neft  yuboriladi.  G'arbiy 

Qozog`iston—Fors qo’ltiІi neft' quvuri orqali xorijiy davlatlarga yuboriladi. 

Qozog`istonda  gaz  sanoati  eng  yosh  tarmoqlardan  hisoblanadi.  Tabiiy  gaz 

asosan  janubiy  Mang`ishloq  va  Ustyurt  platolaridan  shuningdek  Emba  va 

Mang`ishloq neft konlaridagi yo’ldosh gazlardan iboratdir.Qazib olingan gazning bir 

qismi o’sha joyning o’zidagi gazni qayta ishlash zavodlarida — Yangi Uzen, Janajol 

va  Tengizda  qayta  ishlansa,  asosiy  qismi  O’rta  Osiyo—Markaz,  Buxoro—Ural 

magistral  gaz  quvurlari  orkali  jo’natiladi.  Respublikamizning  janubiy  qismi  esa 

Buxoro—Toshkent—Chimkent—Talaz-Bishkek—Olma—ota 

gaz 

quvurlaridan 



foydalaniladi. 

Hozirgi  kunda  Qozog`istonda  8  mlrd.  m.kub.  gaz  qazib  olinadi.  Ehtiyojni 

qondirish  uchun  esa  18  mlrd.m.kub.  gaz  kerak.  Kelajakda  gaz  qazib  olish  40—44 

mlrd, m.kubga yetishi mo’ljallanmoqda. 

Elektroenergetika  sanoati  respublika  xalk  xo’jaligining  muhim  tarmoІidir. 

Asosan  ko’mir  va  tabiiy  gaz  bilan  ishlaydigan  issiqlik  elektr  stansiyalari 

elektroenergetikaning  asosini  tashkil  etadi.  hozirgi  paytda  8  ta  GRES,  50  ta  issiqlik 

elektr markazlari, 20 ta GES hamda 1 ta AES ishlab turibdi. 

Qozog`iston  mashinasozlik  kompleksi  nisbatan  kam  rivojlangan.  Ularning 

ba'zilari:  Ostonadagi  Qozoqselmash,  Tselinogradselmash,  Pavlodarda  o’rmalovchi 

kuchli traktorlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlamoqda. Kustanay va Olma—otada 

turli  qishloq  xo’jalik  mashinalari  va  ularning  ehtiyot  qismlari  ishlab  chiqariladi. 

Qaragandada  Tog`—kon  uskunalari  zavodi,  Olma—otada  Tog`—metallurgiyasi  va 

energetika  uskunalari  zavodlari,  Ust—Kamenogorskda  rangli  metallurgiya  uchun 

mashinalar ishlab chiqariladigan korxonalar, Atirauda neft sanoati uchun mashinalar 

ishlab  chiqiradigan  korxonalar  bor.  1992  yilda  Chimkent  va  Olma—ota  avtomobil 

remonti  korxonalarida  Rossiya  bilan  hamkorlikda  Liaz,  PAZ  avtobuslari  ishlab 

chiqarish yo’lga qo’yildi. 

Ximiya sanoati MDH da katta ahamiyatga egadir. Asosan boy mahalliy xom—

ashyo asosida ishlaydi. Aktyubinsk va Jambulda fosfarit o’g`itlari, Qarag`andada azot 

o’g`itlar  ishlab  chiqariladi.  Chimkentda  fosforli  tuzlar,  Temirtovda  sintetik  spirt, 

Atirauda polietilen ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. 

Qozog`istonda  oziq—ovqat  sanoati  orasida  go’sht  ishlab  chiqarish  yaxshi 

rivojlangan.Qishloq xo’jalik xom ashyosi asosida yengil sanoatda qo’y terisi oshlash, 

charm—poyabzal, to’qimachilik rivojlangan. 


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin