Bugungi kunda axborot olamida Internet, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlar juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga olsak, haqiqatdan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. Ma’lumki, aholi o‘rtasida, jumladan, yosh avlod ongida dunyoda, yon-atrofimizda bo‘layotgan voqea-hodisalar, yangiliklar haqidagi fikrlarning shakllanishida ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimiga yana bir muhim vazifa — bolalarni turli manbalardan, birinchi navbatda, televizor, Internet va mobil telefoni kabi axborot uzatuvchi vositalardan olinayotgan turli axborotlarni to‘g‘ri qabul qila olishga o‘rgatish vazifasi yuklatilmoqda. Farzandlarimiz har qanday axborotlarning sifati va ishonchliligini baholay olishlari, axborotlardan to‘g‘ri foydalana bilishlari, tanlay olishlari va har bir ma’lumotga tanqidiy yondashishni o‘rganishlari zarur. Shu bilan birga, Internet, televideniye, kino, radio, video, mobil telefoni, turli ma’lumotlar aks etgan slayd va suratlar kabi aloqa va ma’lumot uzatuvchi vositalarning jadal rivojlanib borishi hayotimizni sifat jihatdan o‘zgartirib, ko‘plab yangi muammolarni, masalan, axborot madaniyatini shakllantirish hamda o‘sib kelayotgan avlodning axborot xavfsizligini ta’minlash muammolarini yuzaga keltirmoqda. Mazkur jarayonda Mediata’lim o‘quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rgatib, yoshlarning dunyoqarashi, intellektual salohiyatining rivojlanishiga va kamol topishiga zamin yaratadi. Yoshlarimizning axborot bilan ishlash, axborot qidirish, turli yolg‘on ma’lumotlarga aldanib qolmaslik, zarur axborotlarni ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, axborot mazmunini tushunish, do‘stlarga xolis manbalarni uzatish, mantiqiy fikrlay olishni o‘rganish kabilar asosida axborot madaniyati shakllanadi. - Bugungi kunda axborot olamida Internet, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlar juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga olsak, haqiqatdan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. Ma’lumki, aholi o‘rtasida, jumladan, yosh avlod ongida dunyoda, yon-atrofimizda bo‘layotgan voqea-hodisalar, yangiliklar haqidagi fikrlarning shakllanishida ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimiga yana bir muhim vazifa — bolalarni turli manbalardan, birinchi navbatda, televizor, Internet va mobil telefoni kabi axborot uzatuvchi vositalardan olinayotgan turli axborotlarni to‘g‘ri qabul qila olishga o‘rgatish vazifasi yuklatilmoqda. Farzandlarimiz har qanday axborotlarning sifati va ishonchliligini baholay olishlari, axborotlardan to‘g‘ri foydalana bilishlari, tanlay olishlari va har bir ma’lumotga tanqidiy yondashishni o‘rganishlari zarur. Shu bilan birga, Internet, televideniye, kino, radio, video, mobil telefoni, turli ma’lumotlar aks etgan slayd va suratlar kabi aloqa va ma’lumot uzatuvchi vositalarning jadal rivojlanib borishi hayotimizni sifat jihatdan o‘zgartirib, ko‘plab yangi muammolarni, masalan, axborot madaniyatini shakllantirish hamda o‘sib kelayotgan avlodning axborot xavfsizligini ta’minlash muammolarini yuzaga keltirmoqda. Mazkur jarayonda Mediata’lim o‘quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rgatib, yoshlarning dunyoqarashi, intellektual salohiyatining rivojlanishiga va kamol topishiga zamin yaratadi. Yoshlarimizning axborot bilan ishlash, axborot qidirish, turli yolg‘on ma’lumotlarga aldanib qolmaslik, zarur axborotlarni ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, axborot mazmunini tushunish, do‘stlarga xolis manbalarni uzatish, mantiqiy fikrlay olishni o‘rganish kabilar asosida axborot madaniyati shakllanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar - https://uz.wikipedia.org/wiki/Tanqidiy_fikrlash
- https://cyberleninka.ru/article/n/axborot-xuruji-tushunchasi-axborot-xurujlarining-manbalari-ularning-ijtimoiy-muhitda-amalga-oshish-usullari/viewer
- Uslibiy qo’llanmalar
Dostları ilə paylaş: |