Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

Statistik hisob- ommaviy xo‘jalik hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash 
tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun xo‘jalik va uning tarmoqlarining rivojlanish 
jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir 
bo‘layotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida 
xo‘jalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda 
bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o‘rtacha ish xaqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat 
unumdorligi darajasi, o‘sishi va hokazo ko‘rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning 
ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman respublika xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari 
bo‘yicha umumlashtiriladi. 
Statistik hisob statistika fani - statistika usullaridan foydalanadi. Mustaqil ijtimoiy fan 
sifatida statistika faqat xo‘jalik hodisalarinigina o‘z ichiga olmay, jamiyat hayotining boshqa 
tomonlarini ham qamrab oladi. Jumladan, uning yordamida aholining soni, tarkibi va harakati
xalq xayotining moddiy va madaniy darajasi, uning ijtimoiy hayoti hisobotgi ko‘rsatkichlar 
olinadi. 
Xo‘jalik xodisalari xaqidagi ma’lumotlar statistik hisob tomonidan operativ va 
buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil qilinadigan 
dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi ma’lumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari - qayta 
ro‘yxatga olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz kuzatib bo‘lmaydigan ommaviy 
hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi. 
Tarmoqlar, xalq xo‘jaligi miqyosidagi xo‘jalik hodisalarini tavsiflovchi ma’lumotlar 
asosan maxsus davlat statistika organlari - Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistika 
boshqarmasi tomonidan olinadi va ishlab chiqiladi. Dastlabki materiallarni ilmiy ishlash va taxlil 
qilish olingan ko‘rsatkichlarni ular tomonidan yig‘ish va guruhlash, o‘rtacha sonlar usuli, nisbiy 
jamlar, indekslar, dinamik qatorlar va shu kabi maxcyc usullardan foydalanish yordamida 
amalga oshiriladi. 
Statistik hisobning ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o‘lchovlar 
- natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan, o‘rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo‘yilgan 
vazifalariga qarab foydalaniladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin