aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchovlar - natura,
mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchovga alohida ahamiyat beriladi,
chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi.
SHuning uchun pul o‘lchovda buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular natura va
mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi.
Pul o‘lchovi yordamida buxgalteriya hisobi, masalan, quyidagi umumlashtiruvchi
ko‘rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag‘lari xajmi,
ishlab chiqarishga qilingan
xarajatlar, davr xarajatlari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi,
sotishdan olingan yalpi tushum, morjinal foyda va shu kabilar.
Breslavseva N.A., Mixaylova N.V., Goncharenko O.N. “Buxgalterskiy uchet”. darsligida
“Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo‘jalik
operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini
olish uchun zarurdir.”
3
- degan fikrni bildirishgan.
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir.
Buxgalteriya hisobi
tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab xujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya
hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan
hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati
ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish
imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida yig‘ma yakunlangan ko‘rsatkichlarni olish uchun yig‘ilgan
ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim
xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona,
tashkilotlar va
muassasalarning butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda aks ettirilishini
ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda
ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini
qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbai sifatida xizmat qiladi.
Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari umumlashtirilgan ko‘rinishda korxonaning
moliyaviy holatini baholashda ishlatiladi.
Umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda ko‘pincha
buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun o‘lchanadigan,
ishlanadigan va
topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat
tomonidan firma ichida ipshatiladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar
qilinadigan axborotdan iborat bo‘ladi.
Xo‘jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi korxonalarni,
hududlar va respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol o‘ynaydi.
Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi xalq xo‘jalik hisobining yagona
tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to‘g‘ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti
sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir,
lekin ular alohida
olingan ob’ektlarga nisbatan hal etiladi.
Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma’lumotlaridan keng
foydalanadi. Bunda u bu ma’lumotlardan ba’zi tarmoqlar va xalq xo‘jaligi miqyosida har xil
umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida foydalanadi. O‘z navbatida buxgalteriya
hisobi ham ko‘p hollarda statistikaning ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish
haqini aniqlashda statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab
chiqarish normalarini
bajarilishi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
3
Breslavseva N.A., Mixaylova N.V., Goncharenko O.N. Buxgalterskiy uchet. Uchebnik. Rostov n/D: Feliks, 2012, 38 str
Xo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan
foydalanish bilan ta’minlanadi. YAgona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha
turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi
hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama-
qarshiliklarni bar-taraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi.
Xo‘jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi.
Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda.
SHuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan
va bozor iqtisodiyoti
xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda, olimlar va
amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga
ko‘r-ko‘rona yondoshayotganlari yo‘q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish,
ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish Uzbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini
takomillashtirish imkoniyatini beradi.
3. Xo‘jalik jarayonlari
Turli mulkchilik shakllarqda faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o‘z faoliyati
jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda
ta’minot jarayonini bosib o‘tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga
kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o‘rnini egallaydi va shu bilan
korxonada mablag‘larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
Xo‘jalik jarayonlari quyidagilardaniborat:
Dostları ilə paylaş: