asosiy fondlarni yangilash, ishlab chiqarishni texnikaviy takomillashtirish, moddiy
rag‘batlantirish - xodimlarni mukofotlash, ularni alohida muhim toppshriqlarni bajarganliklari
uchun rag‘batlantirish, ularga yakka tartibdagi yordam ko‘rsatish; ijtimoiy - madaniy tadbirlar,
turarjoylar va madaniy - maishiy muassasalarni qurish, ularni kapital tuzatish hamda
xizmatchilarga madaniy - maishiy xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilashga
qilingan sarflar hisobot
davrida sodir bo‘lgan xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Byudjetdan moliyalash - bu davlat korxonasi tomonidan o‘z faoliyatini kengaytirish uchun
qo‘shimcha ravishda oladigan mablag‘lar manbaidir. Byudjetdan moliyalash tartibidagi
mablag‘lar davlat korxonalariga yangi mehnat vositalarini sotib olish yoki moddiy boyliklar
zaxirasi, aylanma mablag‘larning o‘sishi va to‘ldirilishini moliyalash hamda boshqa extiyojlarga,
bolalar va madaniy - maorif muassasalarini saqlash, ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarish, kadrlar
tayyorlash va boshqalar uchun beriladi.
Qarzga olingan mablag‘lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun ma’lum bir vaqtga
ma’lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan keyin ular o‘z egalariga
qaytarilishi kerak. Ularning manbai uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar, qisqa
muddatli kreditorlik qarz va taqsimotga doir majburiyatlar hisoblanadi.
Kreditlar va jalb qilingan mablag‘larga banklarning qisqa muddatli, uzoq muddatli hamda
yuridik va jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag‘lari kiradi. Qisqa muddatli bank
kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonaning vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo‘shimcha
mablag‘larning asosiy manbai hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boyliklar, yo‘ldagi hisob-kitob
hujjatlari va boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida,
ya’ni uncha uzoq bo‘lmagan
muddatga, shu muddatning o‘tishi bilan ularni bankka albatta
qaytarish sharti bilan beriladi.
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik asosiy vositalarni sotib
olish uchun beriladi. Bunday kreditlar, yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash texnologiyasini yaxshilash; yangi mahsulot turlarni yaratish, ularning sifatini,
ishonchliligini va chidamliligini ko‘tarish, o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalash o‘rniga kapital
sarflarga va boshqa ehtiyojlarga xarajatlar qilish uchun beriladi.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar ham muddatli, qaytariladigan
xususiyatlarga ega bo‘lib, bir necha yilga beriladi.
SHunday qilib, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar hamda qarzga olingan
mablag‘lar uchun umumiylik - ularning muddati va qaytarilishi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonalar tomonidan
extiyojlari uchun boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik qo‘shimcha mablag‘lar olishning muhim
manbaidir. Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol etkazib beruvchilar
va boshqa kreditorlarga
bo‘lgan qarzlarni o‘z ichiga oladi. Mol etkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni
sotadigan tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar bo‘yicha qilinadigan hisob -kitob tizimiga
binoan, boyliklarni olish vaqti bilan ularga xaq to‘lanishi o‘rtasida bir qancha vaqt o‘tadi. SHu
davr davomida mazkur korxona o‘zlarining mol etkazib beruvchilari oldida qarzdor bo‘lib
qoladilar. Natijada mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz ushbu korxona mablag‘lari uchun
vaqtinchalik qo‘shimcha manbaga aylanadi.
Boshqa kreditorlarga - korxonaga boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzdor bo‘lgan
tashkilotlar kiradi. Ularga ijtimoiy sug‘urta tashkidotlariga, pensiya, ish bilan ta’minlash
jamg‘armalariga va xokazolarga qarzlar, boshqa hisob-kitoblar kiradi. Bular - ishchi va
xizmatchilarga ularning o‘z ehtiyojlari uchun berilgan ssudalar, sud tashkilotlarining qarori
asosida ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan har xil tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga
ushlab qolingan summalar, ishchi va xizmatchilar tomonidan o‘z vaqtida
talab qilib olinmagan
ish haqlari bo‘yicha korxonaning qarzlaridir.
Mol etkazib beruvchilarga va boshqa kreditorlarga bo‘lgan qarzlarning xususiyati shundan
iboratki, olinadigan mablag‘lar korxonaning biznes-rejasida nazarda tutilmaydi va korxona
ularni juda cheklangan muddatga oladi.
Taqsimotta doir majburiyatlar guruhiga ishchi va xizmatchilarga ish haqi, kasaba
uyushmasi tashkilotlariga ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, pensiya, ish bilan ta’minlash
jamg‘armalari va moliya muassasalariga - byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar kiradi. Jalb
qilingan mablag‘larning bu guruhi milliy daromadni taqsimlashning ba’zi shakllarini aks ettiradi.
Jumladan, ishchi va xizmatchilar oldidagi majburiyatlar korxonada yaratilgan zaruriy mahsulotni
taqsimlashning shaklini anglatadi. Gap shundaki, qabul qilingan qoidaga ko‘ra, ishchi va
xizmatchilarga ish haqi ularning korxonada ishlagan davri tugab, bir necha kun o‘tgandan keyin
beriladi. SHu munosabat bilan ishchi va xizmatchilar oldida ish haqini berishda uziladigan
majburiyatlari yuzaga kelib turadi.
Ijtimoiy sug‘urta, pensiya va ish bilan ta’minlash jamg‘armalari bo‘yicha majburiyatlar
qo‘shimcha mablag‘larning taqsimlanishini aks ettiradi. Korxonalar har oyda ijtimoiy sug‘urtaga,
pensiya, ish bilan ta’minlash jamg‘armalariga ajratmalar qiladi va hisoblangan summalarni
tegishli schyotlarga o‘tkazadilar. Bu mablag‘lar o‘tkazilishiga qadar ular korxona ixtiyorida
bo‘ladi. SHu munosabat bilan uning yana tegishli summalarni o‘tkazish bo‘yicha
doimo
majburiyatlari paydo bo‘lib turadi.
Moliya tashkilotlari oldidagi majburiyatlar ham qo‘shimcha mablag‘lar taqsimlashni
tavsiflaydi. Korxonalar vaqti-vaqti bilan belgilangan to‘lovlarni davlat daromadiga topshirib
turadi. Demak, ularda ma’lum muddatlarda moliya tashkilotlari oldida shu to‘lovlarni
o‘tkazishga doir majburiyatlari paydo bo‘lib turadi. SHu to‘lovlar bo‘yicha summalarni
hisoblash daqiqasidan to‘lash davrigacha ular korxona ixtiyorida bo‘ladi. Taqsimot bo‘yicha
majburiyatlarning umumiyligi shundan iboratki, bu manbalardan mablag‘lar chetdan olish yo‘li
bilan emas, balki hisoblash yo‘li bilan hosil qilinadi.
YAlpi daromad - bu korxonada olingan sof daromadning bir qismidir. Ma’lumki, yalpi
foyda amalda sotilgan mahsulot qiymati va ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o‘rtasidagi farq
sifatida namoyon bo‘ladi. U markazlashtirilgan davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga
bo‘linadi. Markazlashtirilgan davlat sof daromadi qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va
foydadan ajratmalardan hosil bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i korxona
mahsulotining sotishsi jarayonida qat’iy me’yorlar bo‘yicha undiriladi, foydadan ajratmalar
korxona tomonidan uni taqsimlash paytida davlat byudjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi
korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar,
dividendlarni to‘lash va boshqa ehtiyojlar xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. SHunday qilib,
korxona tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama yo‘nalishga ega: uning bir qismi davlat
daromadiga
ajratiladi, boshqa qismi esa korxona ixtiyorida qoldiriladi. SHuning uchun uni
taqsimlanishiga qadar o‘z mablag‘lari yoki jalb qilingan mablag‘lar manbaiga kiritish mumkin
emas va shu sababdan u alohida guruhga ajratiladi.
Korxona foyda yoki zararini yaratilgan mahsulot sotishdan, ortiqcha moddiy boyliklarni
sotishdan, moliyaviy faoliyatdan, jarimalar va peniyalar ko‘rinishida, valyuta va qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha oladi. Buxgayateriya hisobi mazkur korxona va uning xo‘jalik bo‘linmalari
tasarrufida bo‘lgan mablag‘lari va ulardan foydalanish sur’atini kerakli axborot bilan
ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak. Quyida harakatdagi
kapital manbalari chizmasini keltiramiz.
5. Buxgalteriya hisobining usullari
Usul (metod yunoncha «metodos») tushunchasi ikki ma’noni bildiradi: ayrim voqealarni
bilish, o‘rganish
usuli va alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi.
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega bo‘lib, har bir fan kabi buxgalteriya hisobi o‘z
usuli bilan ta’riflanadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida
buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan quyidagi usullar ma’lum; hujjatlashtirish; inventarizatsiya;
baholash; kalkulyasiya; buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; buxgalteriya balansi;
hisobot. Ushbu tushunchalar usul elementlari ham deyiladi.
Buxgalteriya hisobi-ning usullari (usul elementlari) quyidagilar:
Buxgalteriya hisobi o‘zining predmeti xususiyatlariga mos o‘rganish usullaridan
foydalanadiki, bular ma’lum ma’lum ko‘zatish natijalarini pul ko‘rsatkichida ifodalash, kayd
qilish xamda uni zarur ezuvlar yordamida tartibga solish, uning natijalarini aniqlashdan
iboratdir.Bunday usullarga buxgalteriya hisobi ezuvlarining xujjatga asoslanishi, yo‘qlama
qilish, baxolash, kalkulyasiya qilish,
buxgalteriya schyotlari, xo‘jalik operatsiyalarini shu
schyotlarda kayd qilishni maxsus ikki yoqlama ezish tizimida yurgizish, buxgalteriya balansini
va hisobotini to‘zishlar kiradi.
Xujjatlashtirish buxgalteriya hisobi usulining eng muhim elementi ekanligi 1938 yilda
professor YA.M.Galperin tomonidan isbotlanib, Iqtisodiy adabietga kiritilgan. Korxonalarda
Бухгалтер
ия
ҳисоби-
нинг
усуллари
(усул
элемент-
лари).
Dostları ilə paylaş: