Buxgalteriya hisobi- ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat. Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jaliqda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob- kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi xaqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchovlar - natura, mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchovga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. SHuning uchun pul o‘lchovda buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular natura va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi. Pul o‘lchovi yordamida buxgalteriya hisobi, masalan, quyidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag‘lari xajmi, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, davr xarajatlari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotishdan olingan yalpi tushum, morjinal foyda va shu kabilar. Breslavseva N.A., Mixaylova N.V., Goncharenko O.N. “Buxgalterskiy uchet”. darsligida “Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini olish uchun zarurdir.”2- degan fikrni bildirishgan. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab xujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida yig‘ma yakunlangan ko‘rsatkichlarni olish uchun yig‘ilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbai sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari umumlashtirilgan ko‘rinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda ishlatiladi. Umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda ko‘pincha buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun o‘lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida ipshatiladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan iborat bo‘ladi. Xo‘jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi korxonalarni, hududlar va respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol o‘ynaydi. Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi xalq xo‘jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to‘g‘ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular alohida olingan ob’ektlarga nisbatan hal etiladi. Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma’lumotlaridan keng foydalanadi. Bunda u bu ma’lumotlardan ba’zi tarmoqlar va xalq xo‘jaligi miqyosida har xil umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida foydalanadi. O‘z navbatida buxgalteriya hisobi ham ko‘p hollarda statistikaning ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalarini bajarilishi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Xo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan foydalanish bilan ta’minlanadi. YAgona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama- qarshiliklarni bar-taraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi. Xo‘jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi. Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda. SHuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda, olimlar va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga ko‘r-ko‘rona yondoshayotganlari yo‘q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish Uzbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Xo‘jalik jarayonlari
Turli mulkchilik shakllarqda faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o‘z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o‘tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o‘rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag‘larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi. Xo’jalik j arayonlari quyidagilardaniborat:
Mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich- bu moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu erda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko‘rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining xajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. YAngidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o‘lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi hisobot yig‘ma ko‘rsatgichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o‘lchovlarda ham ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga aylanmaydi. CHunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. SHu vaqtning o‘tishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘lib turadi. Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni vujudga keladi. Taqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan so‘nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. Korxonaning mablag‘lari boshqa bosqichlarda, ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo‘ladi. Bu - korxona ta’minoti va tayyor buyumlarni sotish bosqichlaridir. Ta’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o‘ziga zarur bo‘lgan moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo‘ladi. Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi. Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishsiga qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo‘ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari va h.k. Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko‘p bo‘ladi. SHunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu erda buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, korxona tomonidan olingan summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i aniqlanadi va qayd qilinadi. Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak bo‘lgan summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag‘larining aylanish davri uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo‘jalik aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol etkazib beruvchilar va xaridorlar biyaan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh kompaniya bipan unga u yoki bu mablag‘larni topshirish yoki olib qo‘yish paytida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Xo‘jalik aloqalari buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir bo‘ladi. Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag‘laridan foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash va boshqa shu kabi mablag‘lari kiradi. Bu mablag‘larning holati va ulardan foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi. Korxona mablag‘larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi. Demak, mablag‘larning aylanish davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket uzluksiz kslib tursagina sodir bo‘lishi mumkin. Mablag‘larning aylanish davrini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni xar bir bosqichini; bo‘lgan muddatlarda bo‘lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga keladigan jarayonlar odatda xar doim, deyarli uzluksiz sodir bo‘ladi. SHuning uchun ham, korxonalar xar bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi - pul, ishlab chiqarish va tovar mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak. SHu bilan birga bu mablag‘larning miqdori korxona faoliyatining xajmiga to‘g‘ri kelishi va xar bir boskichda normal ishni ta’minlashi kerak. Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo‘jalik operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarqs qilish - sotish hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda amalga oshiradi. Har bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag‘larining xarakati, ularning shakllarining o‘zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda korxona pul mablag‘lari o‘rniga o‘zlariga kerak bo‘lgan mehnat buyumlarini oladi va ularni sarflashda mehnat buyumlarni ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib, tayyor mahsulot olinadi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik operatsiyalari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirshssa korxona mablag‘larining harakatidan iborat ekan. Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish ob’ekti hisobot kerakli axborotlarni olish, mablag‘lardan samarali foydalanish darajasini baholash imkonini beradi. SHuning uchun xam ular bux-galteriya hisobining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari tasnifi
Xo‘jalik jarayonlari ma’lum mablag‘lar zaxirasini talab etadi. SHuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag‘lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag‘larga ega bo‘ladi. Xo’jalik mablag’lari quyidagicha turkumlanadi:
Korxona mablag‘larining manbalari- davlat jamg‘armasidan, aksiyalarni chiqarish va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning qanday mablag‘larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag‘lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak. SHunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab. Mablag‘larni turlari va joylanishi bo‘yicha guruhlash korxonaning xo‘jalik faoliyatini xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag‘lar bo‘lishi kerak. Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida ishlatiladigan mablag‘larga ega bo‘lishi kerak. Odatda korxonalar o‘z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga ham ega bo‘ladi. SHunday qilib, korxona mablag‘lari o‘zlarining turlari va joylashishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: iishab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi mablag‘lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘lar. Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat bo‘ladi. Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari etakchi rolni o‘ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarining tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantgfadilar. Mehnat vositalariga, shuningdek, imoratlar, inshootlar, transport vositalari va xo‘jalik jihozlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari, xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab qoladilar. Ayni bir vaqtda mehnat vositalari o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga, davr xarajatlariga o‘tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatining kamayishiga olib keladi. Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo‘lib, kapital qo‘yilmalar hamda uzoq muddatli moliyaviy fyilmalarni amalga oshirishlari mumkin. Nomoddiy aktivlar o‘z egalariga uzoq muddatli huquqlar yoki afzalliklar beradi. Ularga patentlar, mualliflik huquqlari, firmaning bahosi, savdo markalari, alohida imtiyozlar, litsenziyalar, formulalar, texnologi-yalar, nou-xau, kompyuter dasturlari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar ham asosiy vositalar singari foydalanish muddatlarida o‘zlarining qiymatini mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga asta-sekin o‘tkazib boradi. Korxonalar uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lgan boshqa aktivlarga xam kapital qo‘yilmalar qilishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib olish, yangi ob’ektlarni qurish va hokazolarni kiritish mumkin. Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga hamda boshqa korxonalarga qarz berish uchun bo‘sh qolgan pul mablag‘larini qo‘yishdan ham iborat. Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlashda boshlang‘ich materialdan iborat. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. SHu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg‘ilar ham kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinib, o‘zlarining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi. Xom ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning ehtiyot qism-lari tayyorlanadigan metalning xar xil turlari tushuniladi. YOrdamchi materiallar asosiylardan farqli o‘laroq, tayyorlanayotgan mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga qo‘shish yo‘li bilan ularga sifat o‘zgarishlarini kiritish uchun yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigienasini ta’minlab turish uchun ishlatiladi. YOqilg‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir, yordamchi materiallar singari, ular mehnat vositalari tomonidan iste’mol qilinadi yoki asosiy materiallarga qo‘shiladi hamda mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi. Hisobda yoqilg‘i yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga ajratilgan. YOrdamchi materiallarning ko‘pchilik qismi singari, yoqilg‘ining bu xosiyati natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yoqilg‘ining qiymati yordamchi materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab chiqarish chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi. YArim tayyor mahsulotlar, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o‘tgan, lekin hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini o‘tgan bo‘lsalar xam, lekin ishlov yoki yig‘ish uchun navbatdagi bosqichga yo‘naltirilishi kerak bo‘ladi. Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar o‘z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar ham bo‘lishi mumkin. Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar guruhiga kiradi. Bu guruhga, shuningdek, ehtiyot qismlar va idish materiallari ham kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda joylashgan mehnat buyumlaridan iborat. SHunday qilib, ular ham yarim tayyor mahsulotlarga o‘xshab, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o‘tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridaniborat bo‘ladi. Lekin yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali ishlanishi kerak bo‘ladi. Buxgalteriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlari alohida guruhga ajratilgan holda hisobga olinadi. Ularga, xizmat qilish muddatidan qat’i nazar qiymati 50 ta minimal ish haqi miqdorigacha bo‘lgan va qiymatidan qati nazar, bir yildan kam xizmat qiladigan buyumlar kiradi. Operatsiya doirasidagi mablag‘lar, ya’ni operatsiya buyumlari, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va boshqa operatsiyada xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat. Operatsiya buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyiga qarab muomala buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo‘natilgan tovarga bo‘linadi. Ortib jo‘natilgan tovarlarni operatsiya buyumlariga qo‘shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to‘lagunga qadar ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan mahsulot uni ishlab chiqaruvchi korxonaning mulki bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi. Ushbu holda mazkur ob’ekt operatsiya doirasidan hisob-kitobdagi mablag‘larga o‘tadi. Pul mablag‘lari har xil to‘lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Pul mablag‘lari yordamida korxona mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qiladi, o‘z xodimlariga ish haqi to‘laydi, davlat daromadlariga har xil to‘lovlar va ajratmalar qiladi. Pul mablag‘lari korxonaga xaridorlardan ularga sotilgan buyumlar uchun, banklardan-kreditlar ko‘rinishida, yuqori tashkilotlar hamda yuqori kompaniyalardan - vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib tushadi. Pul mablag‘lari o‘zlarining joylashgan joyiga qarab taqsimlanadi. Korxonalar o‘zlarining pul mablag‘larining asosiy qismini bankdagi hisob-kitob yoki valyuta schyotlarida saqlaydilar. Bunda hisob - kitob schyoti korxonalarning faqat bo‘sh pul mablag‘larini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lmay, u egasining barcha asosiy hisoblashuvlarini mol etkazib beruvchilar hamda xaridorlar, kredit muassasalari, tashkilotlar va xokazolar bilan amalga oshirish uchun ham mo‘ljallangandir. Korxonaning kechiktirib bo‘lmaydigan, masalan, mehnat haqi, nafaqa to‘lovlarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan naqd pul zaxiralari uning kassasida joylashgan bo‘ladi. Naqd pullar kassaga asosan hisob-kitob schyotidan kelib tushadi. Foydalanilmay qolgan naqd pullar hisob- kitob schyotiga belgilangan muddatlarida qaytarib topshiriladi. Korxonaning hisob-kitob schyotidagi ma’lum mablag‘lar boshqa xo‘jalik yuritish sub’ektlari yoki shaxslarining qarzlaridan ham iborat bo‘ladi. Bunday mablag‘larga, birinchi navbatda, mazkur korxonadan xaridor tomonidan sotib olingan mahsulotlar uchun qarzlari hamda korxona xizmatchilariga har xil xarajatlarini qoplash maqsadida hisobdorlik sharti bilan berilgan pul summalari bo‘yicha hisob-kitoblar kiradi. Topshiriqni bajarib bo‘lgandan keyin, xodim tomonidan olingan summalarning sarflanganligi to‘g‘risida bo‘nak hisoboti topshiriladi va ishlatilmay qolgan pullar korxona kassasiga qaytariladi. Bunday hisob-kitoblar hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar deb ataladi. Korxonaga qarzlar boshqa operatsiyalar bo‘yicha xam bo‘lishi mumkin. Ularga, mol etkazib beruvchilarga taqdim etilgan da’volar bo‘yicha qarzlari, ishchi va xizmatchilarning o‘z extiyojlari uchun olgan bo‘nak summalari bo‘yicha qarzlari kiradi. Bunday qarzdorlar boshqa debitorlar deb nomlanadi. Operatsiya sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan har xil binolar, asbob-uskunalar va jihozlardan iborat. Bunday mablag‘larga tayyor mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar kiradi. Noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-joy xo‘jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan va sog‘liqni saqlash vositalari kiradi. Bular turar joylar, kinoteatrlar, bolalar bog‘chalari, oromgozutar va dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriyalar, tibbiyot punktlarining binolari, shu binolarda joylashgan asbob-uskunalari va inventar hamda ulardan foydalaniladigan materiallar, dori- darmonlardan iborat. Bu mablag‘larning barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish hamda ularga zarur bo‘lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Buxgalteriya hisobida mablag‘lar va ularning kelish chiqish manbalari alohida-alohida guruhlarga bo‘lib hisobga olinadi. Har bir korxona tashkil qilinish daqiqasida o‘z faoliyatining hajmi va xarakteriga qarab mablag‘larini shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag‘ga vaqtinchalik extiyoj tug‘ilib qolsa, unda mablag‘larni muayyan manbalardan olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda jamg‘arilgan zaxiralardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan foydalanadi. SHunday qilib, korxona mablag‘larini hosil qilish rejali xarakterga egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag‘lari ma’lum maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Korxona mablag‘larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Mablag‘lar manbalarining tusi mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo o‘zining butun yashash davri uchun umumdavlat jamg‘armasidan yoki o‘zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag‘lar oladi. SHunday qilib, korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: o‘z va qarzga olingan mablag‘lar manbalari. O‘z mablag‘lari manbalari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida beriladi va unga biriktirib qo‘yiladi. Davlat korxonalarining mablag‘laridan farqli o‘laroq, boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarning o‘z mablag‘lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘shma yoki individual mulkidan iborat bo‘ladi. Davlat korxonalarining o‘z mablag‘lari byudjetdan moliyalash, zaxiralar, taqsimlanmagan foyda va boshqa o‘z mablag‘lar manbaidan iborat. Kapitallar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali va zaxira kapitalidan tashkil topadi. Ustav fondi, korxonaga uni tashkil qilish paytida umumdavlat zaxirasidan kelib tushgan mablag‘larni ifodalab, u davlat korxonalari miqyosida foydalaniladigan buxgalteriya atamasidir. Ustav kapital esa aksincha, muassislardan kelib tushgan mablag‘lardan iborat bo‘lib, u nodavlat sektoridagi korxonalarning buxgalteriya hisobida foydalaniladigan iqtisodiy atamadir. Korxonalarga ishlab chiqarish vositalari, operatsiya sohasining ba’zi bir mablag‘lar turlari va noishlab chiqarish sohasining mablag‘lari beriladi. Korxona tashkil qilinayotgan paytda hosil qilgan barcha o‘z mablag‘larining puldagi ifodasi ustav kapitalining hajmini ifodalaydi. Ustav kapitalining hajmi korxonaning Nizomida ko‘rsatiladi. Xo‘jalik faoliyati jarayonida ustav kapitalining hajmi o‘sadi yoki kamayadi va bunda tegishli o‘zgarishlar ustav hamda zaxira kapitalida tegishli qismlari bo‘yicha aks ettiriladi. Ilgari, foyda hisobidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlari, ya’ni yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, asosiy fondlarni yangilash, ishlab chiqarishni texnikaviy takomillashtirish, moddiy rag‘batlantirish - xodimlarni mukofotlash, ularni alohida muhim toppshriqlarni bajarganliklari uchun rag‘batlantirish, ularga yakka tartibdagi yordam ko‘rsatish; ijtimoiy - madaniy tadbirlar, turarjoylar va madaniy - maishiy muassasalarni qurish, ularni kapital tuzatish hamda xizmatchilarga madaniy - maishiy xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilashga qilingan sarflar hisobot davrida sodir bo‘lgan xarajatlar sifatida aks ettiriladi. Byudjetdan moliyalash - bu davlat korxonasi tomonidan o‘z faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha ravishda oladigan mablag‘lar manbaidir. Byudjetdan moliyalash tartibidagi mablag‘lar davlat korxonalariga yangi mehnat vositalarini sotib olish yoki moddiy boyliklar zaxirasi, aylanma mablag‘larning o‘sishi va to‘ldirilishini moliyalash hamda boshqa extiyojlarga, bolalar va madaniy - maorif muassasalarini saqlash, ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarish, kadrlar tayyorlash va boshqalar uchun beriladi. Qarzga olingan mablag‘lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun ma’lum bir vaqtga ma’lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan keyin ular o‘z egalariga qaytarilishi kerak. Ularning manbai uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar, qisqa muddatli kreditorlik qarz va taqsimotga doir majburiyatlar hisoblanadi. Kreditlar va jalb qilingan mablag‘larga banklarning qisqa muddatli, uzoq muddatli hamda yuridik va jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag‘lari kiradi. Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonaning vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘larning asosiy manbai hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boyliklar, yo‘ldagi hisob-kitob hujjatlari va boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida, ya’ni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga, shu muddatning o‘tishi bilan ularni bankka albatta qaytarish sharti bilan beriladi. Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik asosiy vositalarni sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlar, yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash texnologiyasini yaxshilash; yangi mahsulot turlarni yaratish, ularning sifatini, ishonchliligini va chidamliligini ko‘tarish, o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalash o‘rniga kapital sarflarga va boshqa ehtiyojlarga xarajatlar qilish uchun beriladi. Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar ham muddatli, qaytariladigan xususiyatlarga ega bo‘lib, bir necha yilga beriladi. SHunday qilib, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar hamda qarzga olingan mablag‘lar uchun umumiylik - ularning muddati va qaytarilishi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonalar tomonidan extiyojlari uchun boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik qo‘shimcha mablag‘lar olishning muhim manbaidir. Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol etkazib beruvchilar va boshqa kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni o‘z ichiga oladi. Mol etkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni sotadigan tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar bo‘yicha qilinadigan hisob -kitob tizimiga binoan, boyliklarni olish vaqti bilan ularga xaq to‘lanishi o‘rtasida bir qancha vaqt o‘tadi. SHu davr davomida mazkur korxona o‘zlarining mol etkazib beruvchilari oldida qarzdor bo‘lib qoladilar. Natijada mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz ushbu korxona mablag‘lari uchun vaqtinchalik qo‘shimcha manbaga aylanadi. Boshqa kreditorlarga - korxonaga boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzdor bo‘lgan tashkilotlar kiradi. Ularga ijtimoiy sug‘urta tashkidotlariga, pensiya, ish bilan ta’minlash jamg‘armalariga va xokazolarga qarzlar, boshqa hisob-kitoblar kiradi. Bular - ishchi va xizmatchilarga ularning o‘z ehtiyojlari uchun berilgan ssudalar, sud tashkilotlarining qarori asosida ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan har xil tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar, ishchi va xizmatchilar tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan ish haqlari bo‘yicha korxonaning qarzlaridir. Mol etkazib beruvchilarga va boshqa kreditorlarga bo‘lgan qarzlarning xususiyati shundan iboratki, olinadigan mablag‘lar korxonaning biznes-rejasida nazarda tutilmaydi va korxona ularni juda cheklangan muddatga oladi. Taqsimotta doir majburiyatlar guruhiga ishchi va xizmatchilarga ish haqi, kasaba uyushmasi tashkilotlariga ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, pensiya, ish bilan ta’minlash jamg‘armalari va moliya muassasalariga - byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar kiradi. Jalb qilingan mablag‘larning bu guruhi milliy daromadni taqsimlashning ba’zi shakllarini aks ettiradi. Jumladan, ishchi va xizmatchilar oldidagi majburiyatlar korxonada yaratilgan zaruriy mahsulotni taqsimlashning shaklini anglatadi. Gap shundaki, qabul qilingan qoidaga ko‘ra, ishchi va xizmatchilarga ish haqi ularning korxonada ishlagan davri tugab, bir necha kun o‘tgandan keyin beriladi. SHu munosabat bilan ishchi va xizmatchilar oldida ish haqini berishda uziladigan majburiyatlari yuzaga kelib turadi. Ijtimoiy sug‘urta, pensiya va ish bilan ta’minlash jamg‘armalari bo‘yicha majburiyatlar qo‘shimcha mablag‘larning taqsimlanishini aks ettiradi. Korxonalar har oyda ijtimoiy sug‘urtaga, pensiya, ish bilan ta’minlash jamg‘armalariga ajratmalar qiladi va hisoblangan summalarni tegishli schyotlarga o‘tkazadilar. Bu mablag‘lar o‘tkazilishiga qadar ular korxona ixtiyorida bo‘ladi. SHu munosabat bilan uning yana tegishli summalarni o‘tkazish bo‘yicha doimo majburiyatlari paydo bo‘lib turadi. Moliya tashkilotlari oldidagi majburiyatlar ham qo‘shimcha mablag‘lar taqsimlashni tavsiflaydi. Korxonalar vaqti-vaqti bilan belgilangan to‘lovlarni davlat daromadiga topshirib turadi. Demak, ularda ma’lum muddatlarda moliya tashkilotlari oldida shu to‘lovlarni o‘tkazishga doir majburiyatlari paydo bo‘lib turadi. SHu to‘lovlar bo‘yicha summalarni hisoblash daqiqasidan to‘lash davrigacha ular korxona ixtiyorida bo‘ladi. Taqsimot bo‘yicha majburiyatlarning umumiyligi shundan iboratki, bu manbalardan mablag‘lar chetdan olish yo‘li bilan emas, balki hisoblash yo‘li bilan hosil qilinadi. YAlpi daromad - bu korxonada olingan sof daromadning bir qismidir. Ma’lumki, yalpi foyda amalda sotilgan mahsulot qiymati va ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida namoyon bo‘ladi. U markazlashtirilgan davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga bo‘linadi. Markazlashtirilgan davlat sof daromadi qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va foydadan ajratmalardan hosil bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i korxona mahsulotining sotishsi jarayonida qat’iy me’yorlar bo‘yicha undiriladi, foydadan ajratmalar korxona tomonidan uni taqsimlash paytida davlat byudjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar, dividendlarni to‘lash va boshqa ehtiyojlar xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. SHunday qilib, korxona tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama yo‘nalishga ega: uning bir qismi davlat daromadiga ajratiladi, boshqa qismi esa korxona ixtiyorida qoldiriladi. SHuning uchun uni taqsimlanishiga qadar o‘z mablag‘lari yoki jalb qilingan mablag‘lar manbaiga kiritish mumkin emas va shu sababdan u alohida guruhga ajratiladi. Korxona foyda yoki zararini yaratilgan mahsulot sotishdan, ortiqcha moddiy boyliklarni sotishdan, moliyaviy faoliyatdan, jarimalar va peniyalar ko‘rinishida, valyuta va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oladi. Buxgayateriya hisobi mazkur korxona va uning xo‘jalik bo‘linmalari tasarrufida bo‘lgan mablag‘lari va ulardan foydalanish sur’atini kerakli axborot bilan ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak. Quyida harakatdagi kapital manbalari chizmasini keltiramiz. Buxgalteriya hisobining usullari
Usul (metod yunoncha «metodos») tushunchasi ikki ma’noni bildiradi: ayrim voqealarni bilish, o‘rganish usuli va alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi. Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega bo‘lib, har bir fan kabi buxgalteriya hisobi o‘z usuli bilan ta’riflanadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan quyidagi usullar ma’lum; hujjatlashtirish; inventarizatsiya; baholash; kalkulyasiya; buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; buxgalteriya balansi; hisobot. Ushbu tushunchalar usul elementlari ham deyiladi. Buxgalteriya hisobi-ning usullari (usul elementlari) quyidagilar:
Buxgalteriya hisobi o‘zining predmeti xususiyatlariga mos o‘rganish usullaridan foydalanadiki, bular ma’lum ma’lum ko‘zatish natijalarini pul ko‘rsatkichida ifodalash, kayd qilish xamda uni zarur ezuvlar yordamida tartibga solish, uning natijalarini aniqlashdan iboratdir.Bunday usullarga buxgalteriya hisobi ezuvlarining xujjatga asoslanishi, yo‘qlama qilish, baxolash, kalkulyasiya qilish, buxgalteriya schyotlari, xo‘jalik operatsiyalarini shu schyotlarda kayd qilishni maxsus ikki yoqlama ezish tizimida yurgizish, buxgalteriya balansini va hisobotini to‘zishlar kiradi. Xujjatlashtirish buxgalteriya hisobi usulining eng muhim elementi ekanligi 1938 yilda professor YA.M.Galperin tomonidan isbotlanib, Iqtisodiy adabietga kiritilgan. Korxonalarda sodir bulaetgan xamma xo‘jalik operatsiyalarini eppasiga va o‘zluksiz ko‘zatish natijalarini natura va pul ko‘rsatkichlarida ifodalash va bu ma’lumotlarni ularning isboti bo‘lgan xujjatlarda kayd qilish usuli qo‘llaniladi. Yo’qlama qilish - bu sanash, tortish, ulchash va xokazolar yuli bilan korxona mol-mulkini ruyxat qilish ma’lumotlarni hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish, topilgan kamomad, ortikcha narsalar, nobudgarchilik va xokazolar tarzidagi farklarni xujjat bilan rasmiylashtirish, bu farklarning sabablarini va aybdorlarini topishdan iboratdir.Yo‘qlama qilishning buxgalteriya hisobi usulining elementi ekanligi 1950 yilda professor N.A.Kiparisov tomonidan isbotlanib Iqtisodiy adabietga kiritilgan. Baxolash xo‘jalik mablag‘lari, ularni ng tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayoni pul o‘lchovida ifodalash usulida namoen buladi. Baxolash buxgalteriya hisobi usulining bir elementi ekanligi birinchi marta 1948 yilda professor A.A.Afanasev tomonidan isbotlangan va Iqtisodiy adabietga kiritilgan. Kalkulyasiya qilish mahsulot birligi, bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxini pul ifodasida hisoblash usulida namoen buladi. Kalkulyasiya qilish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementi ekanligi Iqtisodiy adabietga 1948 yili professor A.A.Afanasev tomonidan kiritilgan. Buxgalteriya hisobi ob’ektlarini ularning Iqtisodiy mazmuniga karab umumlashtirish hisobining schyotlar tizimi yordamida amalga oshiriladi.Buxgaletriya hisobi ob’ektlarini buxgalteriya schyotlari yordamida guruxlashtirish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementi ekanligi Iqtisodiy adabietga N.A.Leontev, V.E.Kedrov va S.A.SHchenkovlar tomonidan kiritilgan. Xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirish ikki yoqlama ezish usuli yordamida amalga oshiriladi. Ikki yoqlama ezish usuli buxgalteriya hisobi usulining muhim elementi sifatida Iqtisodiy adabietga professor N.A.Kiparisov tomonidan kiritilgan. Ikkinchi ma’noda - alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida - qo‘llaniladigan usullar yig‘indisi hisobning uslubiyatini tashkil etadi. Metodologiya buxgalteriya xisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni echish imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi. Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo‘yiladigan talablar xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi. Eng avval shunga e’tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag‘larni aks ettiruvchi axborotlarni shakllantiradi. Har xil jarayonlarda sodir bo‘ladigan operatsiyalar soni hamda korxona ixtiyorida joylashgan mablag‘lar turi va manbalari juda ko‘pdir. Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umumlashtirish, shakllantirish, hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining ob’ektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida operatsiya uchun yoki ularning bir turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi. Unda amalga oshirilgan operatsiyaning mazmuni qayd etiladi. Hujjatlashtirish yordamida sodir bo‘layotgan xo‘jalik operatsiyalari hisobot mukammal ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan guruhlash va umumlashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy talablarga rioya qilingan holda xujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga isbotlovchi kuch bag‘ishlaydi. Lekin xo‘jalik jarayonida bo‘lib o‘tayotgan barcha hodisalarni xam xujjatlashtirish yordamida qayd qilib bo‘lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo‘qolish, mablag‘larni qabul qilish va topshirshp paytidagi noaniqpiklar, hisobdagi xatolar va qolaversa, o‘tirliklar tegishli qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar hamda hisobda aks ettirilganlaridan chetga og‘ishishiga olib keladi. Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir bo‘layottanda emas, balki ma’lum bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, xujjatlashtirishga zaruriy qo‘shimchalar, ya’ni qayta ro‘yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob ko‘rsatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. SHunday qilib, xujjatlashtirish va ro‘yxatga olish buxgalteriya hisobining ob’ektlarini dastlabki kuzatishni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish - mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. Hujjatlashtirish va ro‘yxatga olishning ma’lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning hatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan muomalalarning qonuniyligi, mablag‘larning to‘g‘ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi. YUqorida ta’kidlanganidek, xo‘jalik operatsiyalari va mablag‘lar juda turli-tumandir. Lekin buxgalteriya hisobi ular hisobot yig‘ma ko‘rsatkichlarni berishi kerak. Bu, yig‘iladigan ma’lumotlar pul o‘lchovlarida ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baholash usuli qo‘llaniladi. Baholash yordamida natura va mehnat ko‘rsatkichlarini pul ko‘rsatkichlariga aylantiriladi. Xo‘jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli ham moddiylashtirilgan mehnatni hisoblab chiqish kerak. Bunda xar bir chiqim turining miqdorinigina emas, balki aniq bo‘lgan, ularning ob’ektiga tegishli bo‘lgan umumiy summasini topish, ya’ni hisobga olinayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlab topish lozim bo‘ladi. Mahsulot tannarxi - ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori ustidan nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan kalkulyasiya yordamida hisoblab topiladi. U ob’ektlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi. SHunday qilib, kalkulyasiya buxgalteriya hisobi ob’ektlarini qiymatli o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ularning qo‘llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyat natijalari o‘rtasidagi muvofiqlikni talab qiladi. Xarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy tannarx kalkulyasiyasi ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo‘li bilan erishiladi. Buxgalteriya hisobining ob’ektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farqlanishlar ularning ustidan alohida guruhlar bo‘yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, pul mablag‘lari va hokazolarni kuzatish zarurligini taqozo etadi. Undan tashqari, ushbu guruhlarning ichida mablag‘larning alohida turlari va ularning joylashgan joylari bo‘yicha tashkil qilish kerak bo‘ladi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan har bir mehnat vositasining turi - binolar, mashinalar, uskunalar; mehnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, yarim tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablag‘lari ularning joylashgan joylari bo‘yicha hisob-kitob, valyuta va bankdagi boshqa schyotlar, korxonaning kassasida qamrab olingan bo‘lishi kerak. SHu bilan birga bunday guruhlash ko‘pincha etarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat buyumlarining har xil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning har bir turi, navi, katta-kichikligi va hokazolar to‘g‘risida ma’lumotlar olishni talab qiladi. SHunga o‘xshash guruhlash buxgalteriya hisobida mablag‘lar manbalari va xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha ham amalga oshiriladi. Xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirishda, ularni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olishda, buxgalteriya hisobi ob’ektlarini iqtisodiy jihatdan guruhlashda schyotlardan foydalaniladi. Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma’lumotlar hisob ob’ektlariga faqat tarqoq bo‘lgan tavsifni beradi. SHu sababli schyotlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ma’lumotlarni umumlashtirgan holda guruhlash va summalashtirish lozim bo‘ladi. Bunday funksiyani buxgaltfiya hisobida schyotlar bajaradi. Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama yozuv vositasida amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati har bir xo‘jalik operatsiyasi natijasida yuzaga keladigan ikki hodisani o‘zaro bog‘langan holda aks ettirishdan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilish operatsiyasini qayd etaturib, sotib olingan qiymatliklarning kelishi va mol etkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘larining sarflanishi ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘lanadi yoki mahsulot tayyorlashga meteriallar sarflashni aks ettira turib, o‘zaro bog‘liqlikda ishlab chiqarish chiqimlarining oshishi va korxona omboridagi materi-allarning kamayishi ko‘rsatiladi. Operatsiyalarni bunday usul bilan yozish ularning iqtisodiy mazmunini ochib beradi va xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. SHunday qilib, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joriy guruhlash maqsadida qo‘llaniladi. Ular yordamida korxonani operativ boshqarish, moddiy javobgar shaxslar mulklarini but saqlanishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ular xo‘jalik faoliyatining yig‘ma ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni asta-sekin jamg‘arish va tartibga solish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobi, aniq ob’ektlarning keng bo‘lgan tarkibi korxona xo‘jalik mablag‘larini doimiy ko‘zdan kechirish zarurligini taqozo etadi. Buning uchun xo‘jalik mablag‘larini ikki, ya’ni ularning turlari va joylashishi hamda tashkil topish manbalari qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab, ko‘rsatadigan buxgalteriya balansi xizmat qiladi. Xo‘jalik mablag‘larini aks ettirishning bunday tartibi ularning barcha yig‘indisini o‘zaro bog‘langan holda ko‘rish imkonini beradi va korxonaning ular bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni engillashtiradi. Xo‘jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirish buxgalteriya hisobida ularni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ustidan kuzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ko‘rsatkichlar xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari bo‘yicha belgilanadi. Bu - ishlab chiqarish va sotish xajmi, foyda va rentabellik, tannarx va boshqalardir. Bularning xammasi hisob ma’lumotlari asosida byudjet bajarshshshining yig‘ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks ettiriladi. Hisobot hisob-kitoblarning ilmiy asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab chiqariladigan ko‘rsatkichlarnin to‘g‘riligini va ularning o‘tgan davrdagi xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan hamda korxonaning moliyaviy axvolini baholash maqsadida boshqa korxonalarning xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlaydi. YUqorida aytilganlardan kelib chiqib, balans va hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini yakunlovchi umumlashtirish usuli hisoblanadi, desak bo‘ladi. Bu usullardan foydalanish buxgalteriya hisobining muhim vazifalari hisoblangan korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarini boshqarish, korxonaning moliyaviy ahvolini baholash kabi muhim bo‘lgan vazifalarni echishni ta’minlaydi. Korxonada operativ boshqarish hujjatlar va schyotlar ma’lumotlari bo‘yicha har kuni amalga oshiriladi, lekin u uzoqroq bo‘lgan muddatdagi korxonalar ishini chuqur tahlil qilish imkonini bermaydi. Xo‘jalik faoliyati natijalarini uzoq bo‘lgan vaqtlar uchun har tomonlama va mukammal taxlil qilishni faqat balans va hisobot yordamidagina amalga oshirish mumkin. SHu bilan, buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan usullar mohiyatini ko‘rib chiqishga yakun yasaymiz. SHunday qilib, buxgalteriya hisobining metodi quyidagi usullardan iborat ekan: hujjatlashtirish va yo‘qlama qilish, baholash va kalkulyasiya, schyotlar va ikkiyoqlamali yozuv, balans va hisobot. Bu usullardan ba’zi birlari xo‘jalik hisobining boshqa turlarida ham keng qo‘llaniladi. Jumladan, keng miqyosda hujjatlashtirish, baxrlash, kalkulyasiya, hisobot va ma’lum darajada balansli usul qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobining amaliyotida barcha usullar ajralgan holda emas, balki yagona butunlikning bir qismi sifatida quyidagi ketma-ketlikda qo‘llaniladi. Hujjatlashtirishdan - xo‘jalik operatsiyalari hisobot dastlabki ma’lumotlarni olish uchun foydalaniladi. Ma’lumotlarni hujjatlashtirish asosida xo‘jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida navbatdagi aks etgirish amalga oshiriladi. Hujjatlardan ma’lumotlar, albatta, umumlashtirilgan pul o‘lchovida ifodalanadi. Buning uchun natura va mehnat ko‘rsatkichlaridan pul ko‘rsatkichlariga o‘tkazish imkonini beradigan baxolash xizmat qiladi. Hujjatlarda qayd etilgan buxgalteriya hisobi ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar iqtisodiy jihatdan guruhlanadi va summalashtiriladi. Buning uchun esa schyotlar va ikkiyoqlama yozuvdan foydalaniladi. Schyotlardan olinadigan ko‘rsatkichlar ikkiyoqlama yozuv yordamida o‘zaro bog‘lanadi. Schyotlarda keltirilgan ma’lumotlar yo‘qlama qilish jarayonida tekshiriladi va aniqlanadi. Tekshirilgan ma’lumotlar asosida u yoki boshqa ob’ektga tegishli bo‘lgan chiqimlar, ya’ni ularning tannarxi hisoblab chiqiladi - kalkulyasiya tuziladi. SHunday tarzda joriy buxgalteriya hisobi yuritiladi hamda korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarining faoliyati boshqariladi. Buxgalteriya hisobi ob’ektlarini joriy aks ettirish mablag‘larning turlari va ularning manbalari sinov balansida solishtirish bilan nazorat qilinadi va ichki hisobot yordamida joriy ma’lumotlarni vaqti-vaqti bilan yig‘ib yakunlanadi. Buxgalteriya hisobi usulini turli unsurlari bilan birga olib borish va ulardan amaliy foydalanish mana shulardan iborat. Usulning unsurlari bir-birovlari bilan chambaras bog‘liq bo‘lib, ularning har biri oldingila-ridan foydalanadi yoki o‘zlari keying ilariga ma’lumotlar beradi. SHunday qilib, buxgalteriya hisobining usuli - bu xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarini boshqarish uchun axborotni shakllantirish usullarining yig‘indisidir. «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani buxgalteriya hisobining asosiy nazariy qismi bo‘lib, unda buxgalteriya hisobining jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati, vazifasi, predmeti, ob’ekti, tamoyillari, usullari va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilsa, «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» fanlarida buxgalteriya hisobining tamoyillari, usullari amaliyotda qanday qo‘llanishi o‘rganiladi. «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani nafaqat buxgalteriya hisobi tizimi uchun balki, barcha iqtisodiy fanlar uchun ham nazariy manba hisoblanadi. Ayniqsa iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida barcha ma’muriy- boshqaruv xodimlari va ishchi-xizmatchilari iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Bunday iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar mazmuni «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanida ko‘rib o‘tiladigan usul va tamoyillar orqali ifodalanadi. Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat: italyan, fransuz, nemis va angliya-amerika maktablari mavjuddir. Buxgal- teriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning qarashlari bir- biriga o‘xshamaydi. Ularning ta’limotlariga ko‘ra buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliya-amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. SHu sababli buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti, ob’ekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir. Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgalteriya hisobi va tahlilning ahamiyati katta bo‘lib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. CHunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot sub’ektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarili shida muhim o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotimizdagi hisob turlari asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
iqtisodiyot tarmoqlari korxona va tashkilotlarda sodir bo’layotgan xo’jalik jarayonlarini kuzatib borish;
kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish.
YUkorida aytilganlarga asoslanib, buxgalteriya xisobining vazifalariga kuyidagilarni kiritish mumkin:
asosiy fondlar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablaglarining kelib tushishi va ularning xarakatini tula va uz vaktida aks ettirilishini ta’minlash;
maxsulot ishlab chikarish, ularni sotish, mexnat unumdorligi, foyda, rentabellik, mexnat xaki fondi, kapital sarflar, byudjet va boshka tashkilotlar bilan xisoblashish va boshka kursatkichlar buyicha rejaning bajarilishini anik aks ettirish, kuzatish va ularning natijalarini topish;
sub’ektning va uning ayrim bulimlaridagi ishlab chikarish, kurilish-montaj va boshka ishlar bilan boglik xarajatlarni tula aks ettirish, nazorat kilish xamda ishlab chikarilgan maxsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning iktisodiy jixatdan asoslangan xisobot kalkulyasiyasini tuzish;
sub’ekt va uning ayrim bulimlarining raxbarlarini moliyaviy-xujalik faoliyatining barcha bulinmalariga doir tula va anik iktisodiy axborot bilan tezlikda ta’minlab turish;
ta’sischilar, aksiyadorlar, sarmoya egalari, yukori tashkilot, moliya, solik, statistika va boshka buxgalteriya xisoboti ma’lumotlaridan foydalanuvchi tashkilot va shaxslarga uz vaktida topshirish uchun anik xisobotlarni yaratish;
boshkaruv karorlarini iktisodiy jixatdan asoslab berish uchun umumlashtirilgan axborotning tartiblashtirilgan okimini taminlash;
tula xujalik xisobini sub’ekt mikyosida xamda uning ayrim ishlab chikarish bulinmalari va brigadalarida joriy etish va mustaxkamlash;
sub’ektning mablaglaridan tula va unumli foydalanish, undagi mulklarning butligini ta’minlash, iktisodiy tejash tartibiga rioya kilish, sub’ekt jamoasining ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishini jadallashtirish ustidan nazorat yuritish uchun tegishli axborotlar bilan ta’minlash.
Buxgalteriya hisobi predmetining asosiy mazmuni korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni shakllantirishdan iborat. SHu mablag‘larning sarflanishi, ishlab chiqarish hajmi va faoliyat natijalarini ratsional hamda to‘g‘ri boshqarish hozirgi vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi. SHunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti - ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining predmetini o‘rganishda, uning tarixiy xarakterini hisobga olish kerak. CHunki buxgalteriya hisobi predmetning mazmuni har xil iqtisodiy tuzumlarda bir xil bo‘lmagan. Ularning o‘zgarishi bir tuzumdan boshqasiga o‘tish paytida, mulkchilik shakllarining rivojlanishi bilan belgilanib borilgan. Boshlang‘ich jamoa tuzumida hisobning predmeti sifatida umumiy mulkchilik tashkil qilgan mablag‘lar va shu mablag‘lardan foydalanishga doir operatsiyalar qaralgan. Ushbu mulkchilik jamiyatida feodallarning ishlab chiqarish vositalariga va qullarga bo‘lgan egaligi hisobning predmeti bo‘lgan. Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini kuzatish, boshqarish va nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish o‘z navbatida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish soxasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazib berish bilan band bo‘lgan tarmoqlari kiradi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish - korxonaning jamg‘armalaridan, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddiy va pul mablag‘laridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalarga zarur bo‘lgan mablag‘lar ma’lum manbalar hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish - taqsimot, aylanish va iste’mol jarayonlariga xizmat qilaturib, korxonalar mablag‘lari uzluksiz doirada aylanishni amalga oshiradi. SHuning uchun buxgalteriya hisobi bu erda moddiy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan doiraviy aylanish jarayonidagi korxona mablag‘larining holatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni shakllantiradi. Noishlab chiqarish sohasini aholiga xizmatlar ko‘rsatuvchi tarmoqlari tashkil qiladi. Bularga sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, san’at hamda davlat boshqarmalari va mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish soxasida garchi mahsulot ishlab chiqarilmasa ham, u ishlab chiqarish sohasiga o‘zining natijalari orqali ijobiy ta’sir qiladi. Noishlab chiqarish sohasi tashkilotlari va muassasalarining xo‘jalik faoliyatlari, ularga davlat byudjetidan qisman ajratilgan hamda o‘zi ishlab topgan mablag‘lardan qay darajada samarali foydalanilayotganini boshqarishdan iborat. SHunday qilib, noishlab chiqarish soxasida ishlab chiqarish tarmog‘ida yaratilgan ijtimoiy mahsulotning taqsimoti va iste’moli sodir bo‘ladi. Demak, buxgalteriya hisobi noishlab chiqarish soxasiga ajratilgan mablag‘larning holati, sarflanishi xaqida axborotlarni shakllantiradi. Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste’mol qilinishi, noishlab chiqarishning bir qismidir. Undan tashqari, noishlab chiqarishning iste’moliga shaxsiy iste’mol va jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish ham kiradi. SHaxsiy iste’molni buxgalteriya hisobi bevosita o‘z ichiga olmaydi. Lekin shaxsiy iste’mol buxgalteriya hisobida mutlaqo aks ettirilmaydi, deb o‘ylash xatodir. Haqiqatda, buxgalteriya hisobi uni aks ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlarga ega emas. SHaxsiy iste’mol to‘g‘risidagi ma’lumotlarni savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa tashkilotlarning hisobotlaridan olish mumkin. Bu ma’lumotlar bo‘yicha statistika bo‘limlari shaxsiy iste’molni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni aniqlaydi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya hisobida mehnat kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish ham aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, mehnat kuchini tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan har xil xarajatlarni hamda ish haqi va ularning turli xildagi daromadlari harakatini hisoblab topish yo‘li bilan aniqlanadi. Ishchi kuchini tayyorlash xarajatlari, ish haqini to‘lash va xo‘jaliklarning daromadlarini taqsimlash, moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini sarflashni anglatadi. Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxona jamg‘armalarining mavjudligi va harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida ularning o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqaritsg haqidagi zarur ko‘rsatkichlarni beradi.