Termiz davlat universiteti maktabgacha



Yüklə 397,84 Kb.
səhifə15/16
tarix12.12.2022
ölçüsü397,84 Kb.
#74072
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
KURS ISHI.Niyozova Sanobar

Xulosa


Maktabgacha ta’lim muassasasalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda mahoratli pedagog bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan oilalar bilan samimiy aloqada bo‘lishi nihoyatda muhim. MTM va oila bir- biri bilan mustahkam bog‘liq hamda ular o‘rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, bola shuncha ko‘p yordam oladi hamda uning dastlabki ta’lim tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lishi extimoli ortadi. Tig‘iz ish sharoitida oila bilan doimiy aloqa uchun vaqt topish hamisha ham oson emas, lekin tarbiyachilar bolaning muvaffaqiyatlari uchun uni juda muhim deb hisoblashsa, u kundalik ishning bir qismiga aylanishi zarur.
“O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizom” kabi muhim davlat hujjatida MTMda ta’lim jarayonining qatnashchilari quyidagicha belgilab qo‘yilgan: maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Bolalarni qabul qilishda maktabgacha ta’lim muassasasi ota- onalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni muassasaning ustavi va uning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. SHartnoma o‘qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini o‘z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
MTM tarbiyachilari oilaning bolani ilk tarbiyachisi sifatidagi ustivor mavqeini e’tirof etishlari juda muhim. Zamonaviy MTM tarbiyachisi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. SHuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Bola vositasida oila bilan muloqot qilish – murabbiylar jamoasi majburiyatlarining muhim qismi hisoblanadi. Barcha oilalar o‘z bolalarining baxt-saodatidan manfaatdor va ularning yaxshi va mamnuniyat bilan o‘qishlarini istaydilar. SHuning uchun oila a’zolari uning yutuqlaridan xabardor bo‘lishni xohlaydilar.
Pedagoglar ota-onalar bilan bola haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtirish va imkon qadar samarali ishlash uchun bolaning uydagi va MTMdagi holati, uning kuchli va zaif tomonlarini, tashvish tug‘diradigan barcha jihatlarni mamnuniyat bilan muhokama qilishlari kerak.
Maxoratli MTM tarbiyachisi oilalar bilan aloqa qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qiladi:

  • Vaqt topadi, imkoniyat yaratadi hamda ota-onalarning o‘z fikr- mulohazalari, quvonchlari, tashvishlari va niyatlarini gapirib berishlarini qo‘llab- quvvatlaydi.

  • Ko‘z-ko‘zga tushib suhbat qilish mumkin bo‘lgan joyni tanlaydi va ma’lumotlarga hamisha maxfiy sir sifatida munosabatda bo‘ladi.

  • Oilalar tarbiyachilar bilan eng shaxsiy ma’lumotlarni o‘rtoqlashadilar, binobarin, ularni sir saqlash muhim.

Tarbiyachilar va bolalar o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lishi kerak. Bolalar bog‘chasida guruh deb ataluvchi uyushmada hurmat zarur tarkibiy element hisoblanadi. Tarbiyachilar ular bolalardan kutadigan o‘zaro bir-birini tushunish, hurmat qilish va bir-biriga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda namuna bo‘ladilar. Bolalar boshqa bolalar bilan ijodiy o‘zaro munosabatlarning mustahkam poydevorini qo‘yadi.
Mahoratli pedagog tomonidan bolalar bog‘chasi hayotiga erkaklarni ham jalb qilish, har bir bola ularning ham ardog‘ida bo‘lishini ta’minlash uchun butun kuch- g‘ayratni ishga solish lozim. Ba’zan kun tartibi yoki birinchi uchrashuv onalar bilan bo‘lgani sabab erkaklar bu ishdan chetda qolib ketadilar.
Otalarning MTMdagi pedagogik jarayonlarga qay tarzda ishtirok etishlarini aniqlashtirish, ya’ni ular balkim, ustachilik qilishni, ovqat tayyorlashni biladilar yoki san’atdan mashg‘ulot o‘tkazish uchun xonani jihozlashga yordam berishlari mumkin.
Bundan tashqari MTMda psixologik xizmat ham tashkil etilgan bo‘lib, psixologik xizmat maktabgacha ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxs (pedagog, bola, ota-ona) manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondoshadi. Psixologik xizmat ko‘rsatish faoliyati maktabgacha ta’lim muassasasini xozirgi zamon psixologiya fani yutuqlari bilan ilmiy - uslubiyat bo‘yicha ta’minlashga, insonning shaxsiy va intellektual (akliy) jixatidan rivojlanishini diagnostika kilishga, ta’lim va tarbiyadagi psixologik nuksonlarni aniklashga, eng muximi mavjud kamchilik va nuksonlarning oldini olish (profilaktika)ga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Yüklə 397,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin