Termiz davlat universiteti maktabgacha



Yüklə 397,84 Kb.
səhifə13/16
tarix12.12.2022
ölçüsü397,84 Kb.
#74072
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
KURS ISHI.Niyozova Sanobar

Ma’naviy madaniy etuklik.


  • Ona Vatani O‘zbekiston haqida qisqacha so‘zlab berish;

  • O‘zbekiston bayrog‘i, gerbi haqida fikr;

  • Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik xislari va milliy g‘ururni yoshiga mos ravishda bilishi;

  • Xalqiga Vataniga mehr va sadoqat xislarini shakllantirish;

  • Beruniy, Ibn Sino, A.Temur, Navoiy, Ulug‘bek, Bobur kabi buyuk siymolar haqida ilk tasavvurga ega bo‘lish;

  • Milliy bayramlar haqida qisqa so‘zlab berishi;

  • To‘g‘ri salomlashish va xayrlashishni bilishi;

  • O‘zidan kattalarga sizlab murojaat qilishi;

  • Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib iltifot ko‘rsatishi;

  • Uyda ko‘chada mexmon borligida kiyadigan kiyimlarni farqlanishini va ularni o‘z o‘rnida kiyishi;

  • SHirin so‘zli bo‘lish va mehribonlik qila bilish;

  • O‘tirish va yurish qoidalarini bilish ularga rioya qilish;

  • Uyda bog‘chada mexmonda ko‘chada o‘zini qanday tutish kerakligini bilish va unga rioya qilish;

  • YAxshilik va yomonlikni farqlash;

  • O‘rtoqlari bilan birgalikda o‘ynay olish;

  • O‘yin maydonida muloqot qila olishi va o‘rtoqlarini ranjitmaslik zarurligini bilish;

  • Xol-ahvol so‘rashni bilish;

  • Kattalar mehnatini qadrini bilish;

  • O‘ziga ishonish;

  • Ojiz va kuchsizlarni himoya qilishni;

  • O‘z-o‘ziga xizmat qila olishi;

  • Uyda yoki bog‘cha xovlisida engil mehnatlarni bajara olishi;

  • Oshxona anjomlarini choynak, piyola, qoshiq, likopcha, pichoq kabilarni vazifasini bilish;

  • Mehnatsevar bo‘lish, yaxshi odat ekanligini bilish;

  • Mehnatsevar qurollarini tesha, bolg‘acha, boltacha, qaychi, o‘roq kabilarni vazifasini bilish;

  • Tejamkorlik zarurligi bilishi;

  • O‘zini ozoda tuta olish;

  • To‘g‘ri yuvinishi;

  • Sochiq, sovun, tish yuvish pastalari va cho‘tkasidan to‘g‘ri foydalanishi;

  • Mustaqil sochni tarash, turmaklashi;

  • Mustaqil tartibli kiyinish va echinishni;

  • Kiyim, o‘yinchoq va xona anjomlarini o‘z joyiga qo‘ya bilishi;

  • Ovqatlanish qoidalarini bilishi va unga rioya qilishi;

  • Tasviriy san’at asarlaridan zavqlana olishi kerak;

Maktabning bola shaxsiga qo‘yadigan asosiy talablaridan biri psixologik tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavkeini o‘zgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xosligi bilan uzviy bog‘liq.
SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, maktabda psixologik aniq bir mazmun doimiy hisoblanmaydi, balki u doimo o‘zgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning tarkibiy jihatlari: intellektual (aqliy), ma’naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir. Aksariyat xollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi haqida gapirliganda uning so‘z boyligi zaxirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga ko‘proq e’tibor beriladi. Ota-ona, xatto ayrim o‘qituvchilar ham bola qanchalik ko‘p bilsa, u shunchalik rvojlangan bo‘ladi, deb o‘ylaydilar. Aslida esa unday emas, fan-texnika, ommaviy axborot vositalarining keng tarkalganligi tufayli bugungi kun bolalari guyo ma’lumotlar ummonida suzib yurgandek bo‘lmoqdalar. Bu esa ulardagi so‘z boyliklarning keskin o‘sishiga asos bo‘lmokda, lekin bu ularning tafakkuri ham shunday jadallikda rvojlanayapti, degan gap emas.
Maktabda amal qilinayotgan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish, taxlil qilish, umumlashtirish, mustaqil
xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining etarlicha rvojlangan bo‘lishini taqozo etadi. SHuning uchun ham xozirgi kunda maktab amaliyotchi psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar, so‘rovnomalar, asosan bolada yuqorida keltirib o‘tilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniqlashga mo‘ljallangan metodikalardan iboratdir.
5-7 yosh bolaning maktabga intellektual (aqliy) tayyorligining yana muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakkurning oliy darajada rvojlanganligidir. Bularga tayangan xolda bola atrof-muxitdagi narsa-xodisalar o‘rtasidagi eng muhim xususiyatlarni, munosabatlarni farqlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda bolalar chizmali tasvirlarni shunchaki tushunibgina qolmay, balki ulardan muvaffaqiyatli foydalana oladigan bo‘ladilar.
Biroq ularning tafakkuri umumlashtirish xislatlariga ega bo‘la borsada, predmetlar va ularning (tafakkuri) o‘rnini bosuvchilar bilan aniq xatti-harakati obrazliligicha qolaveradi.
Maktabgacha yosh davridayoq bola kichik maktab yosh davrida etakchi faoliyat turi bo‘ladigan – o‘quv faoliyatiga tayyorlangan bo‘lishi lozim. Bunda bolada ma’lum bir tegishli masalalarning shakllangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri bolaning o‘quv topshirig‘ini ajratib olishi va faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira olishidir. Bunday jarayonlar birinchi sinf o‘quvchilaridan topshiriqda o‘zi belgilagan o‘zgarish, yangilik alomatlarini qidirib topa bilish va ulardan hayratlanishni, qiziqishni talab qiladi. Bunday topshiriklar amaliy ishlarga aylantirilsa yoki o‘yin tarzida bajarilsa, osonrok kechadi va bola o‘zlashtiradi.
YUqorida to‘xtalib o‘tganimiz intellektual tayyorlik bolaning maktabda muvoffaqiyatli o‘qib ketishi uchun yagona zamin emas.
Agar bola zarur malaka va ko‘nikmalar zaxirasiga ega bo‘lsa, unda intellektual rvojlanganlik darajasi ham yuqori bo‘lsa-yu o‘quvchilikning
ijtimoiy xolatiga shaxsan tayyor bo‘lmasa, maktabda o‘qib ketishi qiyin kechadi. Agar o‘qituvchi yoki ota-ona uni o‘qishga qiziqtira olmasalar, o‘quv vazifalarini zo‘rma-zo‘raki, sifatsiz, qo‘l uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish qiyin bo‘ladi.
Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni xoxlamaydigan bolalar ham uchrab turadi. 5-7 yoshli bolaning maktabga borishdan bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota- onalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoning oqibati hisoblanadi. Ayrim ota-onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani maktab bilan qo‘rqitish xollari ham kuzatiladi.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin