Termiz davlat universiteti maktabgacha


Bola uyini yaxshi ko’radi



Yüklə 397,84 Kb.
səhifə8/16
tarix12.12.2022
ölçüsü397,84 Kb.
#74072
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
KURS ISHI.Niyozova Sanobar

Bola uyini yaxshi ko’radi: hamma oila a`zolarining umumiy faoliyati tasvirlanadi. Hech kim esdan chiqmaydi, qalamda oddiy chiziq bilan rasm solingan, kontur bo‘yalmagan, shtrixlanmagan bo’ladi.
Uy sharoiti bolani qoniqtirmaydi: Figura pozalari- vajohatli, ba`zi –bir figuralar o’chirilgan. Ayrim figuralarda ba`zi tana-a`zolari ifodalanmagan. Oila
a`zolarining ayrimlari alohida-alohida aks ettirilgan. Ayrim figuralar bir xil hajmda emas, ayrim oila a`zolari umuman aks ettirilmagan. Kimdir orqasi bilan aks ettirilgan. Bolaga kam ahamiyat berishadi: Rasm avtori juda kichik hajmda va orqasi bilan aks ettirilgan. Avtor boshqa oila a`zolaridan ajratilgan yoki umuman aks ettirilmagan. Avtor harakatda emas, boshqa oila a`zolari harakatda ifodalangan.
Bolaning holati havotirli. Rasm ichidan shtrixlangan, bo’yalgan, o’chirilgan izi ko’rinib turibdi. Qattiq bosib chizilgan, bir necha chiziq ustma-ust tushgan. Rasm past va tepa tomondan chegaralangan.
Kimni birinchi bo’lib chizsa - u bola uchun aziz inson.
O’zini yirik qilib chizsa – demak, uyda unga ko’proq ahamiyat berishadi. Yopiq yuz

  • bola oilada bo’lishni xohlamaydi. Og’zi, labi katta bo’lsa, vajohat belgisi;

Yoritgich uskunalari, quyosh rasmi chizilsa, oilada iliqlik bor.

2.1.Oila bilan hamkorlikda bolani maktabga tayyorlash

imkoniyatlari


Bola maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnay boshlaguniga qadar oila unga elementar harakatlardan tortib, to‘p uloqtirishgacha bo‘lgan ko‘pgina narsalarni o‘rgatgan xolda ertak eshitishdan zavq olish ko‘nikmasini hosil qilgan bo‘ladi. Bolaning ilk rivojlanishida oilaning ahamiyatini etarli baholash juda qiyin. Bolalar oilada tarbiyalanadi, unda sodir bo‘ladigan voqealar ularga katta ta’sir ko‘rsatadi. Oila, bu – o‘z bolalari hayotida doimiy ravishda ishtirok etadigan, ular to‘g‘risida qayg‘uradigan, ularni o‘qitadigan, qarorlar qabul qiladigan odamlar.
Oilalar turlicha bo‘ladi. Ular kichik, uncha katta bo‘lmagan yoki katta, keng bo‘lishi mumkin. Ularda ko‘plab aka-uka va opa-singillar yoki birgina bola bo‘lishi ham mumkin. Ayrim oilalarda bola asrab olingan bo‘ladi yoki qarindoshlari bilan yashaydi. Bola ota-onasidan tashqari, amma-xola, amaki- tog‘a, bobo va buvi, oilaning yaqin do‘stlari kabi ko‘plab o‘zi uchun hurmatli bo‘lgan katta yoshdagi kishilar bilan mustahkam aloqada bo‘lishi mumkinligi sababli ota-onalar bilan aloqa o‘rnatishni etarli hisoblamay, bola hayotiga real ta’sir ko‘rsatadigan barcha kishilar bilan hamkorlik qilishi kerak.
Bolalarni va ularning ota-onalarini uylariga ko‘rishga borish tajribasidan maktabgacha tarbiyaga oid ko‘plab dasturlarda foydalaniladi. Odatda yiliga ikki marta – yil boshida va oxirida oilalarni ko‘rgani borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday tashriflardan maqsad turlicha bo‘lishi mumkin, lekin oilalarda ko‘pincha tanishish hamda bola va uning oilasi bilan nisbatan mustahkam aloqa o‘rnatish uchun boriladi.
Bunday vaziyatda ba’zan tarbiyachilar ham, ota-onalar ham noqulay ahvolga tushib qoladilar. Lekin bunday tashriflar odatdagidek, tanishlarnikiga mehmondorchilikka borish sifatida olib qaralsa va o‘zini shunga muvofiq ravishda tutsa, hammasi silliq kechadi. Bolalar odatda tarbiyachining tashrifidan juda xursand bo‘ladilar. Binobarin, ular o‘z tarbiyachisiga ko‘rsatishni istagan barcha narsalarni ko‘zdan kechirish uchun vaqtni maxsus rejalashtirish kerak.
Tashrifni rejalashtirar ekan, tarbiyachi xushmuomalalik qoidalariga rioya qilishi,
tashrif oila uchun qulay bo‘lgan vaqtda amalga oshirilishi kerak. Iloji bo‘lsa, uni shunday rejalashtirish kerakki, ota-ona uyda bo‘lsin. Tarbiyachi nima uchun kelayotgani va uyda qancha muddat bo‘lishini tushuntirishi lozim, chunki, ota- onalarda tashrif yomon xabar bilan bog‘liq degan xavotir uyg‘otishi mumkinligini hisobga olib, uning maqsadini avvaldan oydinlashtirish, hamda bola bog‘chada yasagan narsalardan birortasini uyga olib kelish maqsadga muvofiq. Tarbiyachi bolaning uyiga kelganda, tashrifni maqsadi haqida yana bir marta eslatishi, agarda asosiy maqsad hatto tashvishga solayotgan qaysidir ishlarni muhokama qilish bo‘lsa- da, suhbatni hamisha ijobiy jihatlardan boshlashi uning qay darajada mahoratliligidan dalolatdir. Agar ota-onalarga atalgan alohida xabar bo‘lsa, uni yozib qo‘yishi, toki ota-onalar keyinchalik ularning barchasini qayta o‘qish va muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lsinlar. Faqat tarbiyachi gapiribgina qolmay, oila a’zolari o‘z bolalari haqidagi fikr-mulohazalari va xavotirlari to‘g‘risida so‘zlashlari uchun vaqt qoldirishga imkon yaratish kerak.
Xonadonga tashrif buyurish ota-onalar bilan bir qatorda, tarbiyachilarga ham katta foyda keltirishi mumkin. Oila shaxsiy e’tiborga loyiq ko‘rildi, ota-onalar tarbiyachi ularning bolasi bilan qanday munosabatda bo‘lishi haqida tasavvurga ega bo‘ldilar. O‘z navbatida, tarbiyachi bola o‘z vaqtining katta qismini o‘tkazadigan uy muhiti bilan yaqindan tanishadi. Agar ota-onalar va tarbiyachilarga tashrifning maqsadi aniq bo‘lsa, u kelgusida bolaning muvaffaqiyatli rivojlanishiga yordam beradigan samarali aloqalarni o‘rnatish va davom ettirishga imkon beradi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota- onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek MTMlariga jalb qilinmagan bolalar uchun MTMlarda, maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu erda ular xaftada 2-3 marta shug‘ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi.
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish – bolaning
maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati
uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, oila yoki MTMdagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. SHuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi.
Etakchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi:

  • jismoniy,

  • shaxsiy (ruxiy),

  • aqliy

  • maxsus tayyorgarlik.


Yüklə 397,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin