Termiz davlat universiteti maktabgacha


bola: Agar siz har xil o‘yinlar o‘ynamoqchi bo‘lsangiz. bola



Yüklə 397,84 Kb.
səhifə7/16
tarix12.12.2022
ölçüsü397,84 Kb.
#74072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
KURS ISHI.Niyozova Sanobar

bola: Agar siz har xil o‘yinlar o‘ynamoqchi bo‘lsangiz.

  • bola: O‘yinga qiziqsangizu o‘yin haqida biror-bir ma’lumotga ega bo‘lishni xohlasangiz.

  • bola: O‘ynalgan o‘yinlaringizni oson o‘ynashni xohlasangiz, u holda: 4- bola: Biz bilan hamkorlik qiling, bog‘chamizga tashrif buyuring, bizning

    bog‘cha opalarimiz sho‘x va quvnoq o‘yinlar o‘ynatishni aslo unutishmaydi.
    Hamma bolalar: Biz bunga kafolat beramiz, biz bunga kafolat beramiz.

    Ko‘ngilochar o‘yinlar Mavzu: Suv bayrami


    Maqsad: Bolalarni suv haqidagi bilimlarini oshirish. Suvning xususiyatlarini, suvdan qanday foydalanish kerakligini, suv bu hayot ekanligini o‘rgatish, bolalarni madaniy chiniqtirish ko‘nikmalarini oshirish. O‘ynab turib o‘ylashga, o‘ylab turibo‘ynashga o‘rgatish.
    O‘yinning borishi: Hovuzchada suvlar mo‘l, Suvda suzar o‘rdak sho‘x. Qurbaqalar vaqillar, O‘rdaklarga cho‘zar qo‘l.
    Tarbiyachi: Qurbaqa-yu o‘rdakchalar qani kelinglar, bu erda suv bayramini nishonlaymiz.
    Musiqa sadolari ostida qurbaqa va o‘rdakchalar kirib keladi.
    Tarbiyachi: Qurbaqa-yu o‘rdakchalar, hovuzchamizda suvlar to‘libdi, suvda mazza qilib o‘ynab, har-xil o‘yinlar o‘ynaymiz. Sehrli musiqa sadolari ostida suv malikasi paydo bo‘ladi.


    Ota-onalar uchun Oila” rasmining tahlili


    Sizning oldingizda bolangiz chizgan rasm turibdi. Rasm orqali nimalarni anglash mumkin? Esda tuting, bolangiz chizgan rasmdan o‘z aksingizni topishingiz mumkin. Ular orqali oilangizda yuz berayotgan voqea va xodisalardan ogoh bo‘la olasiz. Rasm orqali oiladagi kelishmovchilik, bolaning ruhiy kechinmalari to‘g‘risida ma`lumotlar olishingiz mumkin.
    Ular:

    • Oila a`zolarining ba`zi birlari rasmda aks etmasa, demak u shaxs bola uchun

    ahamiyatsiz, demak rasmda esdan chiqarilgan shaxs bolani hafa qilgan. Aka- ukalarning rasmlari chizilmagan bo’lsa yoki sxemali, yuzsiz, kichik hajmda chizilsa, ota-ona mehriga nisbatan qizg’anchiqlik, raqobatdan dalolat beradi. Ko’pincha aka- ukalar hayvonlar rasmi orqali tasvirlanadi.

    • Ba`zi-bir rasmlarda bola o’zini va o’ziga yaqin odamlarning rasmini chizadi. Ota-onalarini tasvirlashmaydi. Demak, ota-onasi bolaga kam e`tibor berishadi. Bolaning yuz tuzilishlari qalam bilan qattiq yurgizilgan, qo’llari katta- katta chizilgan, demak bola atrofdagilarning muhabbati va diqqatiga sazovor bo’lish uchun intilayapti. Agar bola faqat o’zinigina ifodalasa, demak bola faqat o’zini o’ylashidan, atrofdagilar bilan muloqotda bo’lmasligidan darak beradi. Aks ettirilgan oila a`zolarning joylashishi va hajmi oilaviy o’zaro muhabbatning psixologik xususiyatlarini ifodalaydi va bola buni qanday sezishini tasavvur etishni ko’rsatadi.

    Masalan, rasmda kimning bo’yi eng baland bo’lsa, o’sha oilada bosh bo’ladi, kimning rasmini o’z yonida ifodalasa, o’sha bilan yaxshi muloqotga kirishadi. Agar bola o’zini alohida chizgan bo’lsa, demak bola yolg’izlanib qolgan bo’ladi. Oila a`zolari bir-biriga yaqin joylashtirgan bo’lsa, bola ularni birlashtirishga harakat qilayotganini ko’rsatadi.
    Rasm orqali bola o’z fikrini, xohishini, nimadan xavotir olishlarini, nimadan qo’rqishlarini rasmda ifodalab berishlari mumkin. Oila a`zolaridan kim bilan ko’proq birga bo’lsa, o’shaning rasmini chizadi. Odamlarning oyoqlari qalin qilib chizilgan bo’lsa, bu oiladagi kelishmovchilikdan dalolat beradi. Ba`zi bir bolalar otalarini qo’lsiz, og’izsiz chizishadi, demak bu ota og’lini ko’p jazolaganidan, u bilan kam gaplashishidan dalolat beradi. Agar oilada yaxshi munosabat bo’lsa, aks ettirilgan shaxslar yuzida quvnoqlik aks etgan, yaxshi munosabat bo’lmasa, rasmlar sxema usulida berilgan bo’ladi.
    Jismoniy tomondan jazolangan bola o’zini juda kichik hajmda aks ettiradi, ota- onasining tishlari va qo’llarini uzun qilib tasvirlashadi. Agar bola qo’llarini qo’lini tepaga qaratib chizsa, bu bolaning vajohatidan dalolat beradi. Agar rasmda oyoqlar proportsional chizilmasa, demak o’sha odamning o’ziga nisbatan ishonchi yo’q. Oyoqlar uzun-uzun qilib chizilsa, bu bolaning mustaqil bo’lishga ehtiyoj borligidan
    dalolat beradi.
    Quyidagi holatlarni rasm orqali izohlasa bo‘ladi:

    Yüklə 397,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin