Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti


Tekshirish uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə11/55
tarix21.12.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#76897
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Kafedrasi

Tekshirish uchun savol va topshiriqlar.

  1. Savod o’rgatish jarayonini qancha davom etadi va qanday davrlashtiriladi? Alifbe turlarini sanang.

  2. Alifbegacha tayyorgarlik davrining maqsad va vazifalarini ayting.

  3. Alifbe davrining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  4. Savod o’rgatish davrida o’quvchilarga diffirensial yondoshish deganda nimani tushunasiz?

  5. Savod o’rgatishda individual tuzatish deganda nimani tushunasiz?

  6. R.Safarovaning “Alifbe” si bo’yicha harflar tartibini aniqlang.

  7. Savod o’rgatishda tez aytishning o’rni bormi?

  8. Savod o’rgatish jarayonini oxirida o’quvchilar qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur?

  9. Savod o’rgatish o’qish darslariga namunali dars ishlanmasini ishlab chiqing.

  10. Savod o’rgatishdan qanday qo’llanmalarni bilasiz?

  11. Bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili mashqlarining mazmuni va ahamiyatini sharhlab bering.

  12. Savod o’rgatishda “Alifbe” turlaridan foydalanish haqida so’zlang.

  13. Savod o’rgatish nima?



Tayanch atamalar: savod o’rgatish jarayoni, alifbegacha tayyorgarlik davri, alifbe davri, birinchi bosqich, ikkinchi bosqich, bo’g’in-tovush tahlili, tovush-harf tahlili, nutq, og’zaki va yozma nutq, gap, so’z, bo’g’in, tovush, unli va undosh tovushlar, nutq o’stirish, savod o’rgatish, oddiy (elementar) o’qish, eng oddiy (elementar) yozish, harflarni ulash, harf shakllari, yozma, bosma shakllar, ksichik, katta harflar.
Savod o’rgatishning asosiy davrida o’qishga o’rgatishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratishimiz lozim:

  1. O’qishga o’rgatishning maqsad va vazifalari.

2. Tayyorgarlik davri – o’quvchilarni o’qishga o’rgatish uchun zamin.
3. O’qishga o’rgatishda tinish belgilari.

  1. O’quvchilarni harf bilan tanishtirish yo’nalishlari.

  2. O’qishga o’rgatishda bo’g’inlarning o’rni. O’qishga o’rgatishda qo’llanadigan usullar va ko’rgazmalar.

  3. O’qishga o’rgatishda samaradorlikka erishish yo’llari.

  4. O’qishga o’rgatishning ta’limiy, tarbiyaviy va ijtimoiy ahamiyati.

Ma’lumki, savod o’rgatish, o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’g’ri, ongli ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o’quvchilar lug’atini boyitish, bog’lanishli natqini o’stirish, bilimini boyitish, mavhum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o’rin tutadi.


Tayyorgarlik davri o’qishga o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o’zgalar nutqini eshitish, diqqatni to’plash, til birikmalarini (tovush, bo’g’in, so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o’quvchilarning o’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.
O’qishga o’rgatish uchun avvalo o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g’indan tovushni ajratish tamoyiligi rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo’nalishda amalga oshirilishi mumkin:

  1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog’lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so’ng kerakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.

  2. So’z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o’rgatiladigan tovush ajratib olinadi: ot, o’qituvchi ot rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini – so’zni aytadi. O’qituvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-o t) aytadi va qaysi tovushni cho’zib aytayotganini o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o’tkaziladi. O tovushli so’zlar o’ylab toptiriladi. SHundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko’rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor beriladi.

  3. O’rganilgan harf ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib qo’yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. SHu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko’rsatadilar.

Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish usulida ishlanadi.
O’qishga o’rgatishda bo’g’in asos qilib olnadi. Buning uchun o’qituvchida bo’g’in jadvali bo’lishi lozim. Bo’g’in jadvali asosida o’qish namunasi ko’rsatiladi, ya’ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko’z bilan ko’rib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko’rish va ikkalasini bog’lab, unlini mo’ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo’g’in o’qish o’qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi jadvaldan foydalanish mumkin.
a
n ti : l
a a

n


a

o

o’

i

u

ng


Bunda alifbe sahifalaridagi so’zlarni oldin bo’g’inga bo’lish, so’ng o’qishni mashq qilish yaxshi samara beradi. O’qituvchining namunali o’qishidan so’ng xor bilan o’qish, yakka-yakka o’qishdan, shivirlab o’qishdan fodalaniladi.
Ayniqsa, sekin o’qiydigan o’quvchilar bo’lgan sinflarda xor bilan o’qitish o’qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o’quvchilarining o’qish ko’nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so’zlarni sinf xattaxtasiga bo’g’inlarga bo’lib yozish, o’rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo’shimcha so’z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o’qitish usulidan ham foydalaniladi.
Ma’lumki, “Alifbe” sahifalarida bo’g’in tuzilishi murakkablashib boradi. SHuning uchun o’qituvchi har bir bo’g’in tuzilishini murakkabligiga qarab ish usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to’rt tovushdan tuzilgan bo’g’inlarni o’qishga o’rgatish ham o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-lam, Man-non, tipidagi bo’g’inlarda o-la:m, Ma:n-no:n tarzidagi qo’shimcha chiziqdan, bod-ring, do’st tipidagi bo’g’inda ring, do’st tarzidagi qo’shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So’zlarni o’qishga o’rgatishda bilib o’qishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi.

k o’: k ka


ko’: r
lom
ko’: ch
ko’: p sa
Umuman olganda, har bir o’qish darsida albatta bo’g’in tuzilishi murakkab so’zlarni o’qish mashqi o’tkazilishi lozim. Bu usul o’quvchilarda o’qish malakasining takomillashuviga yordam beradi.
O’qishga o’rgatishda so’zlarni va gaplarni to’ldirib o’qish ko’nikmalarini hosil qilish o’quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo’naltiriladi. O’quvchi tushib qoldirilgan harf va so’zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e’tibor beradi, o’rtoqlariga nisbatan tez topib, o’qituvchining rag’batiga sazovor bo’lishga intiladi.
“Alifbe” darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. Ular shularga mos ohang tanlashni, to’xtash, pauza qilish o’rinlarini belgilab olishni taqazo etadi. Bunda ham o’qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlashi) va ifodali o’qish namunasini ko’rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o’qilgan matngina tushunarli bo’ladi.
Har bir fanda bo’lgani kabi o’qish darslarida ham ta’lim-tarbiya birligiga e’tibor beriladi. O’qish darslarida tarbiya o’qilgan matnning ongli o’zlashtirilishiga bog’liq. O’quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o’zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, esa yaxshi inson bo’lish uchun o’qishning zarurligini anglaydi. SHuning uchun ongli o’qishni ta’minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o’rtasidagi bog’lanishlarni shakllantirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqat qaratish lozim. Masalan, rasmni kuzating, endi matnni o’qing, matnda nima haqida gapiriladi? Rasmda nima tasvirlangan? Ular orasida bog’lanish bormi?, matn mazmunini rasmga qarab so’zlab bering.
Yoki: Bolalar qaerga bordilar?, Qizning ismi nima?, Bolaning ismi-chi? Ali, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar?.
Demak, o’qish o’qilganlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g’oya o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladi. So’ng so’z va matnlar yod olingan taqdirda ham o’quvchiniki bo’lib qoladi.
O’qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash uchun matn mazmunini o’quvchilarning ko’rgan kechirganlarini, taassurotlari bilan bog’lash lozim. SHunda o’quvchida o’qishga, o’rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o’qishni amalga oshirishda lug’at ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 51-sahifada uvol, rizq-ro’z so’zlari bor. Ularning ma’nosi ustida to’xtalish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
She’r, tez aytish, topishmoq, qo’shiq, maqol, hikmatli so’zlardan o’qitish, yod oldirish ham o’quvchilarning o’qishga qiziqishini oshiradi, o’qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi.
O’qish darslarining uchdan ikki qismi o’qishni mashq qilishga ajratilishi lozim.
Demak, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish, ularning o’qish sur’atini oshirish, ifodali va ongli o’qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o’qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi.

Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:



  1. O’qishga o’rgatishning maqsad va vazifasi nima?

  2. O’qishga o’rgatishning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun unga qanday va qachon zamin tayyorlanadi.

  3. O’qish turlarini sanang.

  4. Harf bilan tanishtirish qanday yo’nalishlarda amalga oshiriladi? Siz qaysi yo’nalishni ma’qul deb hisoblaysiz?

  5. O’qishga o’rgatishning qaysi usuli eng qulay usul?

  6. O’qishga o’rgatishda qanday jadval va ko’rgazmalardan foydalanish mumkin?

  7. O’qishga o’rgatishda yozma va bosma harfli matnlarning ko’rgazmaliklari nimada?

  8. To’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga qanday o’rgatiladi?

  9. O’zingiz yaratgan ko’rgazmalarning ahamiyati va undan foydalanish yo’lini dars jarayonida ko’rsating.

  10. O’qishning bola hayotidagi ahamiyati ayting.

  11. Bo’g’inlab o’qitishning ahamiyati nima?

  12. Savod o’rgatish bo’yicha ishchi rejasini o’rganing.

Tayanch atamalar: o’qishga o’rgatishga bo’g’in asos, bo’g’in jadvali, unlini mo’ljallab o’qish, undoshni mo’ljallab o’qish, bo’g’inlab o’qish, o’qishga o’rgatishda qo’shimcha chiziqlar, gapni to’ldirib o’qish, analitik o’qish, sintetik o’qish, avtomatlashgan o’qish.





Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin