Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
Eski maktablarda savod o’rgatish qanday metodda olib borilgan?
Bolalar savodi necha bosqichda chiqarilgan. 1-bosqichda qanday metod va tartibda o’qitish ishlari olib borilgan?
2-bosqichning vazifasini ayting.
3-bosqich qanday nomlanadi, uning vazifasi nimalardan iborat edi?
“Haftiyak” qanday usulda o’qitilgan?
Markaziy Osiyoga tovush metodi qaysi manbalar orqali yoyildi? Rus-tuzem maktablarining o’zbek sinflariga ta’siri haqida so’zlang.
O’zbek sinflari uchun yaratilgan dastlabki o’quv qo’llanmasining afzalliklari nimada edi?
K.D.Ushinskiy asos solgan analitik-sintetik tovush metodini kimlar takomillashtirdilar?
Eski maktabda bolalar o’qish va yozishga qanday o’rgatilgan?
Hozirgi kunda amalda qo’llanayotgan “Alifbe” darsliklarini tahlil qiling va ularga taqriz yozing.
Tayanch atamalar: o’qish, yozish, bo’g’in, hijo usuli(hijjai qadimiy), harfiy metod, abjad, haftiyak, tovush metodi, mufradot(sarhad), murakkabot, abjad yozuvchi, muqattaot, madrasa, analitik-sintetik tovush metodi, savod o’rgtish, usul.
5-mavzu: Savod o‘rgatishda analitik-sintеtik tovush mеtodi. Bolaning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganish.
Reja:
Savod o’rgatish metodlari.
Metodning umumiy xususiyatlari:
a) metodning dastlabki o’ziga xos xususiyatlari;
b) metodning keyingi davrlarda shakllanish xususiyatlari.
Savod o’rgatishning ta’lim-tarbiyaviy tavsifi.
Bolalarning savod o’rgatishga tayyorgarligini o’rganish.
Tayyorgarlik davri – o’quvchilarni o’qishga o’rgatish uchun zamin. O’qishga o’rgatishda tinish belgilari.
Analitik-sintetik tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar anc`ha takomillashdi. Shu bois analitik-sintetik tovush metodi an’anaviy tamoyillarga va shakllanish, tashkil topish jarayonida bo’lgan tamoyillarga ega. Metodning an’anaviy tamoyillari quyidagilar;
1.Savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsan shakllantirish maqsadiga ko’ra ta’limiy va o’stiruvchi harakterda bo’ladi, nutqiy mashqlar orqali aqlning o’sishini ta’minlaydi, o’qitishning ongli bo’lishini talab etadi.
1. Bu metod tashkiliy tomondan ikki davrga;
Dostları ilə paylaş: |