Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti


Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik



Yüklə 139,29 Kb.
səhifə8/10
tarix09.04.2023
ölçüsü139,29 Kb.
#95274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aymatov jaloliddin kurs ishi

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsad va vazifalari. O‘rta ta’limda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarga Vatan himoyasi borasida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va moddiy ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoyi va vatanparvar a’zolarini tayyorlashdan iborat.O‘rta ta’limda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:O‘quvchi yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o‘tash davomida o‘ziga ishonib topshirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy ashyolardan to‘g‘ri foydalanishni qisqa muddatda o‘zlashtirib olishlariga imkon yaratish, shuningdek, yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug‘ilganda o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsata olishni o‘rgatishdan iborat.chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fani O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib, olib boriladi.Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv dasturi chaqiruvgacha va chaqiruv yoshida bo‘lgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida xizmatni o‘tashga yondashib, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi.O‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarga Vatan himoyasida o‘zining konstitutsiyaviy burchlarini anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shunindek, favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va modiy ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoiy va vatanparvar a’zolarini tayyorlashdan iborat.
Ushbu maqsadlarga erishish va amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy, tarbiyaviy, ruhiy va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofisterlar tarkibi lavozim- larida o’taydilar. Harbiy xizmatni o’tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi.

_______________________


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.1992.yil


Xulosa
Vatannni sevmoq bizga sunnatdir. «Vatannni sevmoq iymondandir», deyiladi Hadisi sharifda. Vatanni sevgan, Vatan nima ekanini his etgan, Vatanidan uzoqiashganda uni sog'inadigan, Vataniga qayerda boimasin talpinib yuradigan har bir iymonli kishi umr bo‘yi el-yurt qayg‘usi bilan yashaydi. Ular fidoyi, vatanparvar, fikri tinik, mulohazali odamlardir. Jaloliddin Manguberdi yurtining asoratga tushayotganidan qayg‘urib, jangga otlanadi. Sharq tomondan tug‘ilayotgan xavfning oldini olish maqsadida yetmish yoshga borganiga qaramay Amir Temur qahraton qishda olis safarga otlanadi. Bunday misollami har bir asrdan, har sohaning vakillari faoliyatidan ko‘plab keltirish mumkin. Ana shunday fidoyi kishilar bizning asrimizda hamnafas bo‘lib yashayotganliklari tufayli yurtimiz mustaqillikka erishdi. Ammo mustaqillikning asl mohiyatini tushunish, uning qadriga yetish uchun hozirgi kunda faqat yutuqlarimiz to'g'risida gapirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Mustaqillikning yuki og‘ir. Uni ko‘tara olish, saqlab qolish naqadar og'irligini qo'shinlarimizning misoli isbot etib turibdi. Bizning yurtimizni o'z ta’siri doirasiga kiritishni istagan va buning uchun barcha nayranglami, qolaversa, harbiy kuchni ham ishlatishga tayyor boMgan kuchlar qurshovida Vatanimizning mustaqilligini saqlash uchun behisob qiyinchiliklarni boshdan kechirishga to'g'ri keldi. Ayniqsa hozirgi kunlarda butun jahondagi eng tahlikali mintaqalardan biri bo'lgan bizning mintaqamizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun qanchalik oqilona siyosat yurgizish kerakligini, sabot va matonat zarurligini hayotning o'zi isbot qilib turibdi. «Mustaqil bo'lsang-mustaqil bo‘l, Davlat bo'lsang-davlat bo'l!» Prizidentimiz aytgan bu so'zlari uning mamlakatimiz taqdiri, kelajagi haqidagi tashvishli o'ylarning qisqa va ma’nodor ifodasi bo'ldi, desak yangi ishmaymiz. Bu iboralami mustaqillikni e’lon qilish bilan kifoyalanib bo'lmasligi, uni saqlay bilish, buning uchun esa o'z xalqini ichki va tashki dushmanlardan himoya qila olish, uning tinch-totuv yashashiga imkoniyat yaratish, o'z sarhadlarini himoya qilish, mudofaa qudratini ta’minlash zarur ekanligi haqidagi fikr mujassamligini tushunish qiyin emas. 332 Respublikamizning o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarida «Chaqiruvga qadar tayyorgarlik»ni o‘qitilishi yuqorida ta’kidlangan flkr va xulosalarni amalga oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu haqda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasida quyidagicha yozilgan: «Chaqiruvga qadar tayyorgarlik, shu jumladan, fuqaro mudofasi bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, umumta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik, o‘qituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab o‘tiladi».
___________________
O‘smirlami chaqiriqqacha tayyorlash to‘g‘risidagi Nizomi». 1994.
Termiz davlat universiteti Sport faoliyativa boshqaruvfakulteti Harbiy ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Chaqiriqqa qadar boshlang`ich tayyoirgarlikda tashkil etish va uni o`qitish metodikasi (ChQBT)ni moddiy texnik vositalar bilan ta`minlash mavzusida yozgan kurs ishiga



Yüklə 139,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin