Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə10/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

Ekologik siyosat - muayyan davlatda yoki xalqaro miqyosda ma’lum bir yer, suv va havo kengligida yuzaga kelgan ekologik holatni hisobga olgan tarzda atrof-muhitni yaxshilash va sog‘lomlashtirisbga qaratilgan ichki va tashqi ijtimoiy-iqtisodiy harakat.





0‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov- ning asarlarida ekologik siyosati, xususan “0‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli kitobida, 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunda, “0‘zbekiston Respublikasida 1999-2005-yillarga mo'ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish harakat dasturi”da, “0‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi”da, “0‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit gigienasi bo‘yicha milliy harakat dasturi”da, “Biologik xilma-xillikni saqlashning milliy strategiyasi va harakat rejasi”da o‘z ifodasini topgan.
Ularga binoan, О
‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati - inson hayoti uchun zarur bo‘lgan ekologik xavfsiz muhitni ta’min- lash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zahiralardan o‘ta samara- dorlik bilan oqilona foydalanish, pirovard natijada tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi uzviy munosabatlami ilmiy asosda uyg‘un- lashtirishdir.
0‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatinig asosiy maqsadi - kishilaming hayotiy zarur bo‘lgan ekologik xavfsiz muhitini ta’min- lash uchun tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ya’ni tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi iqtisodiy-ekologik munosabat shaklini qo‘llashdir. Qayd etish lozimki, ekologik siyosat haqida so‘z borganda avvalambor, índivid, ijtimoiy gurah, siyosiy partiyalar yoki jamoat taíihkilotlari emas, balki davlat, davlat boshqaruv organlarining faoliyati ko‘z o'ngimizga keladi. Bu shu bilan izohlanadiki, davlat jamiyat siyosiy tizimining o‘zagini, “jamiyat-tabiat” tizimining asosiy subyektini tashkil etadi. Boz ustiga davlat aynan hokimiyat va boshqaruv organlari orqali ekologik siyosatning boshqa subyektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Va nihoyat, davlat o‘z siyosatini amalga oshirishda turli vositalar, shu jumladan majburlov tusdagi choralardan ham foydalana oladi.





  1. O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Ekologik siyosat, davlat hokimiyati va huquqiy vositalarga asoslanib “jamiyat-tabiat” munosabatida yuzaga keladigan murak- kab munosabatlami tartibga solishga qodir. Ushbu murakkab munosabatlar uch yo‘nalishda amalga oshiriladi: tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash. Bunga muvofíq, ushbu yo‘na- lishlar davlat ekologik siyosatining asosini tashkil etadi. Demak, ekologik siyosat uch yo‘nalishda olib boriladi:

  • tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

  • ekologik xavfsizlikni ta’minlash.

Bu uch yo‘nalish o‘zaro chambarchas bog‘liq, bir-birini taqozo etadi. Ulardan bírini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan chora- tadbirlar o‘z navbatida boshqalariga ham ijobiy ta’sir etadi. Zero, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmay turib, uni muhofaza qilib bo‘lmaydi. Tabiiy atrof-muhit muhofaza qilinmas ekan, ekologik xavfsizlik ta’minlanmaydi. -
Tabiatni muhofaza qilish tabiat boyliklaridan oqilona foy­dalanish demakdir. Bu esa tabiatning xilma-xilligini o‘z holatida saqlashga, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga olib keladi.
Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishning mintaqaviy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq holdagi nisbatan kichik hududda aholi zichligi (antropogen omilning atrof-muhitga salbiy ta’siri);

  • suv resurslarining tanqisligi ulardan sug‘orish, sanoat, maishiy turmush sohalarida keng foydalanish va ulaming ifloslanishi;

  • respublika hududining bir qismi tog‘ oraliqlarida bo‘lgani uchun tabiat iqlim xususiyatlari bilan xavfli zona hisoblanadi va sh.k.

Biosferani saqlashda tabiiy boyliklardan tejab foydalanadigan sanoat va qishloq, xo‘jalik texnologiyasiga o‘tish katta ahamiyatga ega. Buning uchun qazib olinadigan tabiat boyliklaridan to‘liq foy­dalanish, ishlab chiqarish chiqindilaridan qayta foydalanish va chiqindisiz texnologiyani yo‘lga qo‘yish, energiya olishning eko- logik toza manbalaridan quyosh, shamol energiyasidan, okeanlar kinetik energiyasidan, yer osti suvlari energiyasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish zarur.





Ekologik tahdid deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bogiiq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan ja- rayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofatlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlaming yalpi ko‘chib ketishi va boshqalar) har qanday xodisa tushuniladi.
Ekologik inqirozli hududlaming ekologik tizimlarida modda va energiya almashuvining ekologik xavfsiz darajada tiklash juda murakkab va o‘ta ko‘p chiqimli tadbirdir. Shuning uchun ham ekologik xavfhing oldini olish chora-tadbirlari birlamchi, unga qarshi kurash esa ikkilamchi ahamiyat kasb etishi darkor.
Ekologik inqiroz bu ekologik tizimda modda va energiya almashinuvining tabiiy holatda kechishining buzilishi yoki modda va energiyaning kichik va katta aylanish jarayonlarining ma’lum bir bosqichdagi uzilishidir. Masalan, dehqonchilik madaniyatining fan talablari darajasida bo‘lmasligi, tuproq unumdorligining pasayishi va undagi mikroorganizmlaming qirilib ketishi oqibatida yerga tushadigan organik moddalaming o‘simlik dunyosi uchun ozuqa bo‘lgan mineral moddalarga aylanmasligi sodir bo‘ladi. Natijada tuproq ekologiyasi buziladi va inqirozli holat yuzaga keladi. Orol dengizining qurib borishi natijasida Orol bo‘yi hududlarida iqlim resurslari, tuproq unumdorligi, atmosfera havosi, yer osti va yer usti suvlari, o‘simlik va hayvonot olamida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va salbiy jarayonlar ekologik inqirozga misol bo‘la oladi. Ekologik tanglik — xalqaro hamjamiyat, davlat va jamiyat tomonidan global, mahalliy va regional miqyosdagi ekologik muammolar echimini topishning qiyinlashuvidir. Ushbu qiyinchilik iqtisodiy, siyo-siy, ijtimoiy imkoniyatlaming yo‘qligidan yoki etishmasligidan ham kelib chiqishi mumkin.
Ekologik tahdidlar uch guruhga bo‘linadi:

  1. Umumbashariy (global).

  2. Mintaqaviy (regional).

  3. Mahalliy (lokal).

Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy muammolarga ba’zi bir misolar keltirish mumkin:
Issiqxona samarasi. Atmosfera tarkibida issiqxona gazlarining (karbonat angidridi, metan, azot chala oksidi va shu kabilaming) ko'payishi natijasida yer yuzi isib, iqlim o‘zgarib bormoqda.



Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlami nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azod oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlami yutib qolib, yer yuzidagi tirik organizmlami himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlaming ortishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan (8-rasm).




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin