Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия
Atmosfera, Gidrosfera, Litosfera
Tayanch iboralar: Atmosfera, biogeotsenoz, biosfera, biotop, biotsenoz, yer, inson, karbonat angidridi, kislorod, quyosh ener- giyasi, moddalar, noosfera, Ozon qatlami, suv, tirik organizmlar, tuproq, havo, harorat. Biosfera (grekcha so‘z bo‘lib, “bios” - hayot, “sphaire” - shar degan ma’noni bildiradi.) - yer sharining tirik organizmlar ta’sirida bo‘lgan qismi bo‘lib, unda quruqlikdagi, tuproqdagi turli-tuman organizmlar yashaydi, atmosferaning pastki qatlamlari, gidros- feradan iborat. Bu qobiq atmosferaning bir qismini, gidrosferadan va litosferaning yuqori qismidan iborat bo‘lib, ular moddalar va energiya migratsiyasining murakkab biogeoximik sikllari bilan o‘zaro bog‘liq. Biosfera atamasi biologiyaga XIX asrda biolog Jan- Batist Lamark, geologiyaga esa, 1875-yilda avstriyalik geolog Eduard Zyuss tomonidan kiritilgan, buyuk tabiatshunos rus olimi V.I.Vemadskiy tomonidan keng qo‘llanilislii esa, fanda mashhur bo‘lishiga sabab bo'lgan. Eming tiriklik muhiti ekanligi to‘g‘risidagi o'zidan oldingi fikrlami rivojlantirgan V.I.Vemadskiy 1926-yilda biosfera to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi. Bu ta’limotga ko‘ra biosfera uch asosiy tarkibiy qismdan iborat (10-rasm): Tirik organizmlar.
Tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qat- nashadigan mineral moddalar.
Tirik organizmlar faoliyati natijaSidä hosil bo‘lgan va lekin biogen modda aylanishida vaqtincha qatnashmaydigan moddalar.
Tirik organizmlar tabiatda son jihatdan ko‘p va xilma-xil bo‘lib, ular turli yashash muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga qaraganda o‘zlarida kecha- digan biokimyoviy jarayonlaming faolligi bilan ajralib turadilar va shuning uchun ham ular yer yuzida o‘zgarishlar yasashga qodirlar.
69
Sayyoramizdagi barcha organizmlar, V.I.Vemadskiy fikricha tirik moddalar bo‘lib, ulaming asosida vazn, kimyoviy tarkib va energiya yotadi. Bu moddalami V.I.Vemadskiy uch guruhga bo‘ladi: