Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə20/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

Gidrosfera - dunyodagi barcha suvliklar bo‘lib, ular yer yuzi maydonining 70,8% egallagan. Gidrosferaning umumiy maydoni 1,37 mlrd. km2 ga teng bo‘lib, uning katta qismi (98,3 %) dengiz va okeanlardan tashkil topgan. Qolgan qismi esa quruqlikda joylashgan muzliklar, daryo va ko‘llardan iborat. Suvda zichlik, yopishqoqlik, bosim va issiqlik sig‘imining kattaligi, uning turli tuzlar va gazlami eritib olganligi hamda yorug‘likni yomon o‘tkazishi bu muhitdagi hayot sharoitini belgilaydi. Shuning uchun ham suvda yashaydigan organizmlarda o‘sha muhitga nisbatan qator moslanishlar mavjud. Suvda ya­shaydigan organizmlar gidrobiontlar deb aytiladi va ular o‘zlari- dagi ekologik moslanishlar yordamida suyning barcha qavatlarini egallab olganlar.





Atmosfera - yer sharini o‘rab oigan havo qatlamidan iborat bo‘lib, uning og‘irligi yer og‘irligining fhilliondan bir bo‘lagiga teng. Boshqacha qilib aytganda, atmosfera havosining umumiy massasi 5000 trillion tonnadan ko‘proq bo‘lib, u yer yuzasining 1 sm2 ga 1,32 kg dan to‘g‘ri keladi. Ana shu miqdordagi havoning teng yarmi 6 km balandlikkacha bo‘lgan qavatda joylashgan. Qolgan yarmining 99% 30 km balandlikgacha boigan qavatda, 1% esa uning 30-3000 km oralig‘idagi balandlikgacha bo‘lgan qavatlarda joylashgan. Bu balandlik atmosferaning yuqori chegarasi bo‘lib, bu yerda atmosfera havosining zichligi sayyoralararo bo‘shliq havosining zichligiga tenglashadi. yerdan balandga ko'tarilgan sari havoning siyraklashayotganini barcha organizmlar, shuningdek inson organizmi ham bosim pasayishidan yaqqol sezadi. Havo zarrachalarining zieh joylashgan qatlami troposfera bo'lib, u biosfera tarkibiga kiradi.


Shunday qilib, biosfera tirik va tirik bo‘lmagan tarkibiy qismlardan iborat murakkab ekotizim bo‘lib, u ierarxik (o‘zaro tobe’lik) tartibda joylashgan indi vid, populyasiya, biotsenoz va biogeotsenozlardan tashkil topgan.
Bu ekotizimda barcha organizmlar bir-birlari bilan va ayni vaqtda abiotik muhit omillari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar. Or­ganik va noorganik dunyodagi bunday bog‘lanishlar biosferani azal- dan o‘zgartirib kelmoqda. Bu o‘zgarishlar davomida atmosferaning pastki qatlamida erkin kislorod, yuqorirog‘ida esa ozon gazlari paydo bo‘ldi, organizmlar tomonidan suv va havodan olingan uglerod oksidi toshko‘mir va ohaktosh holida qazilmalarda to‘p- landi.
Hozirgi kunda biosferaning o‘zgarishi qudratli kuchlar ta’sirida yanada tezlashgan. Bu qudratli kuch inson omili bo'lib, insonning o‘zgartiruvchi faoliyati tabiatning barcha burehaklarida favqulodda texnogen hodisalar va tabiiy ofatlami keltirib chiqarmoqda.Biosferada moddalarning aylanishi. Biosferada hayotning davom etishi uchun unda moddalarning doimiy aylanib turishi zarur. Ayniqsa kislorod, uglerod, azot va suvning tuproq —> organizm —> organizm —> tuproq; organizm —> havo organizm; yer -> havo —> organizm; yer havo -> yer; yer —> suv —> yer; suv —> havo —> suv prinsipida aylanib turishi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu aylanishlar quyosh energiyasi yordamida amalga oshadi (11-rasm). Biotsenoz (yunoncha so‘z bo‘lib, “bios” - hayot, “stenoz” - jamoa, “tapos” - joy degan ma’noni bildiradi.) asosida popul- yasiyalar orasida moddalar almashinuvi va energiya yotadi. Biotsenozni turli ko‘rinishdagi orgailizmlar (o‘simlik, hayvonot, mikroorganizmlar) yig‘indisining yashash sharoitlari ma’lum darajada bir xil bo‘lgan biotop sifatida arçjqlash mumkin.


71


Biogeotsenoz - modda va energiya almashinuvi jihatidan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jonli va jonsiz tabiat tarkibiy qismlari majmuidir.


Biogeotsenoz ta’rifidan kelib chiqqan holda, uni ikkita bosh tuzuvchilarga ajratish mumkin: tirik organizmlar jamoasi (biotsenoz) va abiotik omillar - muhit yig‘indisi (biotop yoki ekotop). 0‘z navbatida, biotsenoz o‘simliklar jamoasi (fitotsenoz), hayvonot dunyosi (zootsenoz) va mikroorganizmlar (mikrobotsenoz), ekotop esa iqlimiy (klimatop), suvli (gidrotop) va tuproq-gruntli (edafotop) komponentlardan tuzilgan.

  1. Atmosferaning tuzilishi


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin