Tabiatni muhofaza qilishda davlat boshqaruv organlari va jamoatchiUk tashkilotlari. Tabiat muhofazasi bilan shug‘ul- lanuvchi davlat boshqaravi organlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: umumiy boshqaruv organi va maxsus boshqaruv organi.
Umumiy boshqaruv organiga mamlakat Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis palatalari kiradi_ Bu organ mamlakatda tabiat muhofazasining umumiy yo‘nalishim, davlatning ekologik siyosati strategiyasini belgilaydi.
Maxsus boshqaruv organi uch guruhga bo‘linadi: majmuaviy (kompleks) boshqaruv organi, sohaviy boshqaruv organi va va- zifaviy (funksional) boshqaruv organi. Majmuaviy boshqaruv organiga bevosita tabiat muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar kiradi. Ular - 0‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi va uning joylardagi mahalliy organlari, Gidromete- orologiya Davlat qo‘mitasi, Geodeziya va yer kadastri Davlat qo‘mitasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligidir. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi 1988-yil aprel oyida tashkil topgan bolib, ekologiya sohasida yetakchi hisoblanadi va u boshqalaming ekologik faoliyatini muvofiqlashtiradi. Qo‘mita bevosita 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va barcha vazirliklar, Davlat qo‘mitalari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, amalga oshiradi.
65
Qo‘mitaning atmosfera, yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha Bosh boshqarmalari va nozirliklari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga tegishli tabiiy komponentlami muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini nazorat qiladi. Qo‘mita va uning mahalliy organlari huzuridagi ekoekspertiza xizmati sanoat korxonalarini to‘g‘ri joylashtirish va ulaming atrof- muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida barcha qurilish- ta’mir loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi. Qo‘mitaning standartlash va sertifikatsiyalash xizmati muhitning ekologik parametrlari bo'yicha davlat standartini o‘matadi va mamlakatga chetdan kiritilayotgan ashyo va vositalaming ekologik jihatdan yaroqliligini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |