Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə17/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

Sohaviy boshqaruv organiga tabiiy resurslardan foydalanish bilan bir vaqtda ulaming ma’lum bir sohasini muhofaza qiluvchi vazirlik va qo‘mitalar kiradi. Ularga Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Kon-texnika davlat nazorati hamda Baliqchilik Davlat qo‘mitasi kiradi.
Vazifaviy davlat organlariga o‘zlarining boshqa turdagi vazifalari bilan birgalikda tabiiy resurslaming bazi turlarini mu­hofaza qilish vazifasini ham bajaruvchi vazirlik va tashkilotlar kiradi. Bular jumlasiga Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya- epidemiologiya nazorati Bosh boshqarmasini va Ichki ishlar vazirligi (atmosferani transport chiqindilaridan muhofazalash xiz- mati)ni kiritish mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish ishida ba’zi jamoatchilik tashkilotlari faoliyati ham alohida o‘rin tutadi. Darhaqiqat, 0‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish ishlari chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lib, ajdodlarimiz qadim zamonlardayoq yerdan unumli foydalanish, mevali va manzarali daraxtlarni ekib mevazor bog‘lar barpo qilish, ovloqlami qo‘riqlab, u yerlardagi hayvonlarni ovlashning to‘g‘ri yo‘llarini izlaganlar. Shuning uchun ham 0‘rta Osiyo, shu jumladan 0‘zbekistonning boy tabiati bundan 2700-yil ilgari xalqlar tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobining Vendidad qismida ta’riflangan. 0‘zbek xalqiga hovlisining darvozasi oldida kamida bir juft mevali daraxt o‘stirish udum bo‘lgan. Kishilaming bu va shunga o‘xshash tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdagi yaxshi niyatlarini ma’lum bir tartibga tushirish maqsadida asta-sekin jamoatchilik tashkilotlari paydo bo‘ldi.

66



Tabiiy resurslaming jadal o‘zlashtirilishi bilan ulardan ajralayotgan chiqindilaming tobora ko‘payib, atrof-muhitni iflos- lashi jarayonida muhit ekologik holatini uyg‘un saqlash va bu chiqindilaming inson salomatligini zararlamasligiga erishish zamo- namizning dolzarb masalasiga aylandi.
Hozirgi kunda jamoatchilik asosida ish ko‘radigan ko‘pgina ilmiy jamiyatlar hamda Xalqaro fondlaming respublikamizdagi vakilliklari mavjudki, bular tabiiy resurslami muhofaza qilishga o‘z ulushlarini qo‘shib kelmoqdalar. Masalan, Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Fondi (WWF) ning 1996-yilda respub- likatnizda ish boshlagan bo'limi 0‘rta Osiyo hududida tarqalgan buxoro bug‘usi (xongul) ning genetik fondini yaratish bilan bu kamyob hayvonni qirilib bitishdan saqlash^bgrasida keng ko‘lamda ish olib bormoqda.
Nazorat uchun savoliar

  1. Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro harakati qachon boshlangan va uning asoslari to‘g‘risida ma’lumot bering?

  2. Tabiat muhofazasi bo‘yicha global masalalami hal qilish qanday shakllarda amalga oshiriladi?

  3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit muhofa- zasida tutgan o‘mi to‘g‘risida ma’lumot bering?

  4. Tabiat va tabiiy resurslami muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi ning atrof-muhit muhofazasida tutgan o‘rni to‘g‘risida ma’lumot bering?

  5. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiatni muho­faza qilish masalasining tutgan qanday belgilangan?

  6. 0‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qanday qonunlarini bilasiz?

  7. Ekologik ekspertiza qaysi maqsadda o‘tkaziladi?

  8. 0‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishda davlat boshqaruv organlari va jamoatchilik tashkilotlarining vazifalari nimalardan iborat?




67



5-Mavzu: TABIATNIMUHOFAZA QILISHNING ILMIY ASOSLARI
Reja:

  1. Biosfera tushunchasi va uning tarkibiy qismlari


  2. Yüklə 0,64 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin