Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə13/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

Nazorat uchun savollar

  1. 0‘zbekistondagi ekologik vaziyatni izohlab bering?

  2. Orol dengizi muammosi haqida so'zlab bering?

  3. Ekologik siyosat tushunchasi va raaqsadi nimalardan iborat?

  4. 0‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosati qanday yo‘nalishlardan iborat?

  5. Ekologik tahdidlar, ekologik inqiroz va ekologik tanglik - o‘zaro munosabatini izohlang?

  6. Ekologik tahdidlaming qanday turlarini bilasiz?


55



ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHNING XALQARO HARAKATI


Reja:

  1. Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro harakati.

  2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit muhofazasida tutgan o‘rni.



Tayanch iboralar:
Atmosfera, atrof-muhit, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, davlatlararo deklaratsiya va konvensiyalar, suv, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslar, turoq, o‘simlik va hay- vonot dunyosi, xalqaro bitimlar va shartnomalar.

Inson tabiiy resurslarini o‘zlashtirisbi davomida tabiatga ma’- lum darajada yetkaziladigan zarami kamaytirish, muhitni tozaligini saqlash bo‘yicha ayrim xalqlar va mamlakatlar miqyosida olib borilayotgan ishlar chuqur tarixiy iidizga ega. Miloddan ancha ilgari Qadimgi Vavilon va Xitoyda o‘rmonlami, Hindistonda hayvonlami, Rim podsholigida suvlami asrash tartib-qoidalarining qonun kuchiga kiritilganligi, qonunga xilof ish tutganlarga og‘ir tan jazosíning tayinlanganligi ajdodlarimizning tabiatga qanchalik e’tiborli bo‘lganliklaridan darak beradi.


Tabiiy boyliklami tobora ko‘p o‘zlashtirish hisobidan kapi- talistik jamiyatining rivojlanishi undagi ba’zi mamlakatlar hududida tabiiy resurslarining jiddiy kamayib ketishiga, suv, havo va tuproqning ifloslanishiga olib keldi. Kapitalistik mamlakatlar mustamlaka va qaram mamlakatlarining tabiiy resurslaridan aya- masdan foydalandilar va u yerlaming tabiatiga jiddiy ziyon yet- kazadilar. Shuning uchun ham ular oldiga tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish ishlarini tartibga solish zaruriyati boshqalardan ko‘ra ancha oldinrok ko‘ndalang bo‘lib chiqdi. Buning uchun tabiiy resurslar, ulaming turlari va zahiralarini o‘rganish, ulami muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish asosiy masalalardan biriga aylandi. AQSh va Angliyada bu borada maxsus ilmiy tadqiqot institutlari tashkil qilinib, ularga keng ko‘lamda ishlash sharoitlari yaratib berildi. Rivojlangan mamlakatlarda tabiat muhofazasiga doir tartib va qonunlar boshqalarga ko‘ra ancha ilgari kengrok va chuqurrok tatbiq qilindi. AQSh va Ruminiyada neft konlaridan qat’iy qoida

56



asosida foydalanish qonunining o‘matilishi, Angliyada ov hayvonlarini ko‘paytirish bo‘yicha zakazniklar tashkil qilinishi, Avstraliya va Hindistonda tuproq eroziyasining oldini olish bo‘yicha qat’iy choralarining belgilanganligi hayot taqazosidan kelib chiqqan bo‘lib, tahsinga sazovor ishlardir. Lekin tabiat muhofazasining alohida olingan bir mamlakat hududida u yoki bu ma’noda bajarilishi yetarli samara bermaydi. Binobarin, sayyoramiz yagona va yaxlit bo‘lib, uning tabiati va boyliklarining muhofaza etilishi umuminsoniy vazifadir.
Tabiatni muhofaza qilish masalalari o‘zlarining katta-kichikligi va xarakteriga ko‘ra lokal (kichik), regional (umumdavlat) va global (umumjahon) mavqelarida hal qilinadi. XX asming oxirlariga kelib u ko‘pgina masalalar bo‘yicha global mavqega ega bo‘ldi va butundunyo ahamiyatiga molik darajaga ko'tarildi. Atrof-muhitning sofligini saqlash, atmosfera havosini va undagi ozon pardasini muhofaza qilish, issiqlik balansini saqlash, dunyo okeanlarini ifloslanishdan asrash, kamyob o‘simlik va hayvonlarning genetik fondini saqlab qolish kabi bir qator muammolar paydo bo‘ldi-ki, bularni alohida olingan bir mamlakat va hatto ayrim bir qit’a miqyosida ham hal qilishning imkoni yo‘q. Bunday global masalalar faqatgina umumjahon miqyosida fikr va kuchlami birlashtirib, kelishib ishlagandagina hal etilishi mumkin (9-rasm).
Tabiat muhofazasi bo‘yicha global masalalami hal qilish ikki shaklda amalga oshiriladi:

  • davlatlararo ikki yoki ko‘p tomonlama hamkorlik shart- nomalari va bitimlar tuzish;

  • tabiat muhofazasi bilan shug‘ullanadigan Xalqaro tashki- lotlami tuzish va ulaming faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

Bu ikkala shakl o‘rtasida ko‘pincha ma’lum bir chegara qo‘yilmay, ular baravariga olib boriladi.. Binobarin, davlatlararo shartnoma va bitimlaming tuzilishida Xalqaro tashkilotlaming roli ta’sirchan bo‘ladi.
Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha davlatlararo shartnoma va bitimlar odatda bir xil geografik regionda joylashgan yoki tabiiy sharoiti va tabíatdan foydalanish bir-birigi o‘xshash bo‘lgan ikki yoki bir nechta davlat o‘rtasida tuziladi. Global masalalami hal

57




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin