üy-joyni ikki darajada, ya’ni -%bir joydan ikkinchi joyga o'tadigan yotiq va tik holatdagi shamollatish (havo- ni yangilash);
yashil maydonlami yaratishga imkoniyat borligi;
• kamida ikkita sanitar sharoithi mavjudligi;
161
12-Mavzu: EKOLOGIK ARXITEKTURA
Arxitektorlarning ekologik qarashlari
Ekologik model va arxltéktura
Yashil arxitektura
Tayanch iboralar: Arxitektura, atrof-muhit, barqaror rivoj- lanish, bino va inshootlar, yorug‘lik, jamiyat, jarayon, iqlim, in- sonlar, quyosh nuri, landshaft, maydon, materiallar, metabolizm, moslashuv, resurslar, tabiat, texnologiyalar, tirik organizmlar, hayot, shakl, shamol, ekologik dizayn,
Amerika va Avstriya mutaxassislari Charlz Kibert (Charles J. Kibert, Florida universitetidagi Atrof-muhit va qurilish markazi di- rektori), Jan Sendzimir (Jan Sendzimir, Avstriyadagi Xalqaro amaliy tizimlar va tahlillar institutining ekologi), Brediy Gay (G. Bradley Guy, Florida universitetidagi Atrof-muhit va qurilish markazi izlanuvchisi) tomonidan 2003-yilda tahrirlangan “Qurilish- da ekologiya: yashil binolar uchun asos sifatida tavsiflanadi” nomli kitobida arxitektorlarning ekologik qarashlari to‘g‘risida quyidagi fikrlar keltirilgan32.
Qishloq xo‘jaligi jamiyati paytlarida, iqtisodiy va madaniy tizimlar mahalliy resurslarga va energiya oqimiga, ya’ni yashash hududlari joylashgan yerga to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlariga va yomg‘irga tayangan. U davrlardagi binolaming konstruksiyasida qo‘lga ushlanadigan materiallar ishlatilishiga va juda kam miqdorda energiya sarflanishiga asoslangan. Sanoat davrining arxitekturasi ham tabiatga moslashmagan. Iqlim o‘zgarishiga qazilma yoqil- g‘ilarining ishlatilishi oqibatlarini kuzatamiz. Ko‘plab binolarda doimiysiz energiyaning yuqori darajada quyilishi sababli yashash uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shularni e’tiborga olib, ko‘plab arxitek- torlar o‘z binolarini yaratishda ekologik muvozanatni saqlashda o‘zining o‘rinishlarini arxitekturaviy ifodalash orqali harakat qilishadi. Zamonaviy jamiyat qanday qilib binoning har xil, ammo ko‘pgina o‘xshashliklari bilan ekologik dizaynini biohududlaming obyektiv qonuniyatlariga asoslanganligini tushunish orqali “mos tushushini” anglab etdilar.
Arxitektor Malkolm Veils (Malcolm Wells, Tabiiy dizayn va metropoliten bino qurish bo ‘yicha mutaxassis, Amerika) tomonidan loyihalangan binolarda beton, po‘lat va oynalami asosiy material sifatida ishlatilishida resurslar sarfini kamaytirishga intilgan. Boshqa tomondan esa, arxitektorlar Sim Van der Ryn (Sim Van der Ryn,
Kaliforniya Ekologiya instituti prezidenti, Amerika) va Rob Pena (Rob Pena, Oregon shtati Universitetida arxitektura professorining yordamchisi, iqlimshunoslik bo‘yicha mutaxassis, Amerika) binolaming arxitekturaviy uslubiga kamroq yondashib, ikkita texno- logiyadan bittasida moslashtirishga, ya’ni past texnologiyali biologik materiallardan (poxol tugunlar) yoki yuqori texnologik materiallardan (quyosh batareyasi) foydalanib, loyihalarni ishlab chiqishda hududlaming mahalliy iqlim maromi bilan uyg‘un- lashtirishni maqsadga muvofiq deb bilishgan. Ular tasvirlagan loyihalar qishloq hududlarida joylashgan. Arxitektor Malkolm Vellsning loyihasi esa yirik binolardan iborat bo‘lgan shaharlar hududida joylashgan.
Arxitektorlar Sim Van der Ryn va Rob Pena tabiiy ekologik tizimlardan nimalami o‘rganish kerakligini va ulami qurilish mu- hitiga tadbiq qilishni muhokama etib, ta’kidlashicha barpo etilgan binolar tizimi yordami bilan qayta shakltängan energiyadan jadal foydalanish - tabiiy kuchlarga moslashish shakli vositasi hisob- lanadi. Ular bir vaqtning o‘zida doimiy daVrda (kun va tun, fasldan faslga) mavjud bo‘lgan tabiat kuchlari vaqtida belgilab hisoblangan binoni tabiatga yaqinlashtirishga urinib ko‘rib, fundamental muammoni ko‘rsatishadi, ya’ni binolami tabiatga moslab qurish muammosini ko‘tarib chiqishadi. Biz bunda binoni turg‘un (muvo- zanat) holatini ko‘ramiz, ammo uning atrofidagi mumkin bo‘l- magan, ya’ni ba’zan tez, ba’zan esa juda sekin harakatlanishi bilan mikroskopik elementlardan tortib kosmik kuchlar unga doimiy ta’sir qiladi. Zamonaviy davrda, o‘ziga xos binolaming loyihalari odatda uzoq muddatga moslashuvchan qilib belgilanadi va rivojlanmaydi.
Ekologik dizayn deganda joy va foydalanuvchilar joyining dizayni, iqlimi, yerning sathi va undagi punktlarning qay tarzda joylashganligi (topografiyasi) hamda mahalliy madaniyat hisob- ga olingan holda loyihalanishi tushuniladi. Tabiatdagi eng oddiy turlar rivojlanib bir necha turlarga tar- moqlanib borgach, ular turli biohududiy kuchlarga duch keladi. Xuddi shuningdek zamonaviy arxitektura binolari ham yon atrofga moslashadi yoki o‘z joyida xarobaga aylanadi. To‘rt tomoni bir xil boigan oynavand binolar qaerda joylashganidan qat’iy nazar, faoliyatda bo‘lishi uchun amalda katta energiya talab etadi. U genetik tuzilishi jihatidan istalgan joyga mos tushadigandek tuyilishi mumkin, lekin aslida u hech qaerga to‘g‘ri kehnaydi. Arxitektorlar Sim Van der Ryn va Rob Pena ekologik dizaynni fiziologik, ya’ni binolar qurilishi, uning tashkil etuvchilari, ichki va tashqi muhitga ulaming o‘zaro bogiiqligi deb ta’riflashadi.
167
Tabiat tizimlarining o‘xshashligini tana terisiga qiyoslash mum- kin, ya’ni u ichki namlikni tashqi yuzaga chiqarib, terlatib sovutish tizimini ta’minlash kabidir. Binolar insonlar uchun yashirinish joyini ta’minlaydi, binolardagi insonlar esa binoning “asab” tizimi bo‘lib, binoning his qiluvchi sensorlari kabi qachon va qanday harakat qilish lozimligini hal qilishadi. Shunday qilib, foydalanuvchilar binoning o‘zgartiruvchi vakillariga aylanishadi, ular oddiy mebellar joyini o‘zgartirishdan tortib, parda tushirish yoki derazalami ochish, bino loyihasini o'zlarining ehtiyojlariga moslashtirib olishadi. Vaqt o‘tishi bilan foydalanuvchilaming texnologik va funksional ehtiyojlari o‘zgaradi, foydalanuvchilar ko‘proq va kattaroq o‘zga- rishlar masalan, devor joylarini o‘zgartirish va tizimni qayta yan- gilash kabilami amalga oshiradi.
Har qancha yaxshi dizayner foydalanuvchilaming ma’lum bo‘lgan talablari va ehtiyojlarini qoniqtirish uchun boshlang‘ich binoni yaratishidan bogliq bo‘lmagan holatda, bino egalari (uy foydalanuvchilari) o‘ziga tegishli bo‘lgan uslublarda o‘zgartirish bo‘yicha qurilish qiladi. Bu o‘zaro ta’sir foydalanuvchilar orasida bo‘ladi va bunda bino fizologik, ya’ni bino o‘zgarishlarga boy bo'lgan hayot sifati bilan to‘ldirilib, shinamlikdan ustunlikga ega bo‘ladi. Insonlar binoning “asab” tizimi vazífasini bajarar ekan, vaqt o‘tishi bilan bino bir butun tana sifatida o‘zining funksional tartibini rivojlantirib, yaroqlik muddatini oshirib boradi va bundan dizay- nerlar ham o‘zlariga tegishli saboq oladilar.
Arxitektorlar Sim Van der Ryn va Rob Pena nazariyasiga bo‘yicha ekologik dizayn har xil qismlaming maksimal imko- niyatlari darajalarining yo‘qotilishidir. Agar qismlar bir necha furiksiyalarga ega bo‘lsa, garchi har bir qism haddan tashqari samarali va aniq eng ko‘p tarkibiy qism bo‘lmasada, unda ulaming barchasi birga olinganda, bino barqaror va o‘zaro bir-biriga bog‘liq, tabiat va foydalanuvchilaming talablari o'zgarishiga muvofíq, tarkibiy qismlardan iborat boladi. Mustahkam va foydalanuvchilarga qulay binolar tirik organizmlar energiya almashuvi kabi holatidek eng kichik qarshilik qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu oddiy jarayonda materiallar ulaming manbalariga yaqin joyda kichik miqdorda qayta ishlanadi va qo‘shimchalar metabolik oqimlami kamaytirib, nafaqat ular energiyani iste’mol qiladi, balki chiqindi materiallami ham hosil qiladi. Buning yorqin misoli sifatida, quyosh batareyalarini binoning tomiga joylashtirib suv isitishga va ichki xonalarini isitib, kam energiya sarflab to‘g‘ridan-to‘g‘ri binoning o‘zida foydalanish muinkin.
168
Bu oddiy jarayonda materiallaming ishlatilishi ulaming eng yaqin joydagi manbalarida kichik miqdorda qayta ishlanishida, materiallar va energiya sarfining natijasida nafaqat energiya iste’mol qilib, balki metabolik oqimlami pasaytirishga imkon beradi. Bunga misoli sifatida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri binojiing o‘zida quyosh ba- tareyalaridan foydalanish mumkin. Binoning shakli, yo‘nalishi va materiallaming issiqlik-fizikaviy xususiyatlarining ta’sir ko‘rsa- tishiga ko‘ra, bino tashqi kuchlarga lítetfatan maqbullashtiriladi. Oqibatda, binoning o‘zida metabolik talablami kamaytirish mumkin bo‘ladi. Binoning o‘zi iste’molchidan ko‘ra, ishlab chiqaruvchiga aylanadi. Arxitektor Sim Van der Ryn qarashlariga ko‘ra, har bir dizayn quyidagí savollar bilan boshlanishi kerak: “Bu yerda nimalar bor? Tabiat nimalarga ruxsat etadi va bizning ishimizda tabiat qanday yordam beradi?”.
Arxitektor Yurgen Bisx (Jürgen Bisch, Nuremberg shahrida arxitektor, Germaniya) ham Sim Van der Ryn va Rob Pena kabi bir xil texnik yondashuvga ega, ammo uning usuli mukammalroq va aniqroqdir. Sim Van der Ryn va Rob Pena uning usuli ekologik dizaynning asosi hisoblanadi deb ta’kidlashgan. Yurgen Bisx nazariyasi bo‘yicha zamonaviy binolarda ekologik dizayn usullarini qo‘llanilishi foydali bo‘lib, ma’no mohiyati jihatdan binolaming ekologiyasi o‘zgarmas bo‘lib qolaveradi. U maydon, konvert va tizimdan tashkil topgan boiib, bilvosita tashqi manbalar yordamida yoki bevosita bino tashqi yuzasining o‘zida mahalliy energiya manbalari hisobidan foydalanib, binoni yorug‘lik, havo, suv, isitish, sovitish va energiya bilan ta’minlaydi. Arxitektorlar Sim Van der Ryn, Rob Pena va Yurgen Bisx yaxshi dizaynni korporativ arxitektura dunyosi tomonidan emas, balki e’tibor bilan ko‘rib chiqish talab etiladigan hududni, materiallami va funksional talablarni qunt bilan o‘rganish hisoblanadi deb tushunishadilar. Yurgen Bisx oddiy konsol tuzilma yordamida ichki maydon oraliqlarini ochish orqali materiallami tejashga va uzoqga chidamaydigan materiallardan hamda umriboqiy materiallardan ajratishga imkon berishini ta’kidlaydi. Barcha arxitektorlar binoning tashkil etuvchilarini ko‘chirilishi, qayta tiklanishi, materiallami qayta ishlash va takroran ishlatish mumkin ekanligi muhim hisoblanishini tushundilar. Shuningdek, ekologik toza qurilish materiallari oqimi boshqa jarayonlar uchun ham doimiy “ozuqa” manbai boiib qolishini angladilar. Yurgen Bisx izlanishlarining qiziqarli jihati shundaki, tuzil- maviy majmuani va mujassamlikni yaratishga urinib ko‘rishdan iboratdir, ya’ni elektr tarmoqlari va havo oqimini taqsimlashni uyg'unlashtirishda oralari bo'shliqdan iborat beton plitalami ish- latilishi, ajratiladigan konstruksiya qoilanilishi va tizimlami boiinishi bir necha to‘qnashuvni keltirib chiqaradi.
169
Qavatlar kamayishi qavatlaro balandliklar bo‘yicha umumiy materiallami iqtisod qilishga, ya’ni xuddi shunday qavatlar va uning umumiy maydonlarini yaratishda zarur boigan materiallar binoning boshqa jihatlarini ham kamayishiga imkon beradi.
Yashil arxitektura
Er yuzidagi hayot tuganmas tajriba manbaidir. Ammo, Aldo Leopold so‘zlarini batafsil sharhlaydigan bo‘lsak, insoniyat yer yuzida uning barcha qismlarini to‘la tushunmay turib, tabiat bilan o‘z bilganicha munosabatga kirisha boshladi va o‘z bilganicha uning ustidan tuzatuvchi duradgor kabi usta bo'lib oldi. Ona yeming paydo bo‘lganiga 5 mlrd. yildan oshdi, biroq insoniyat paydo bo‘lganiga atiga 3 min. yil bo‘ldi xolos. yer mavjud bo‘lib kelgan 99,94% qismida insoniyat ishtirok etmagan. Keyingi 10000-yillar davomida (qishloq xo‘jaligi inqilobi tufayli), insonlar taxminan 5 min. dan 7 mlrd. gacha ko‘paydi36.
Buni qarangki, 3 min. yilda atigi 5 min. dan keyingi 10000-yil ichida insonlar soni 1200 martadan ortiq ko‘payib ketdi. Agar biz XXI asr o‘rtalarigacha bu sonni 11 mlrd. ga etadi deb taxmin qilsak, u holda bu voqea yer sayyorasi uchun chindanda katta larzaga keltiruvchi og‘ir yuk bo'lib, yeming tabiiy sig‘imi, insoniyatni ta’minlay olish qobiliyatini yo‘qotishiga olib keladi. Insonlar o‘z aql idroki va yaratuvchanligi bilan sayyoramizdagi bu yukni engillatish uchun ko‘plab texnologiyalar va texnikalar yaratadi. Biz qaerga bormaylik, tabiatning ajabtovur mo‘jizalarini topamiz. yeming hozirgi geologik davri bo‘lmish Kaynazoy yerasida, uning rivojlanishi uchun eng muhim o‘zgarishlar ketma-ketligini o‘z ichiga oladi. yer sayyorasi o‘zining biologik hamda fizik qonun- lariga ega, inson esa bu qonunlardan alohida bo‘lib yashashga harakat qilib keladi. Resurslami to‘xtovsiz iste’mol qilishni davom etish va ulaming o‘rnini chiqindilarga to‘ldirib tashlash oxir oqibat yeming insoniyatni boquv sig‘imi qobiliyatidan o‘zib ketadi va yomon oqibatlarga olib boradi.
Insonlaming o‘ylamay qilgan hatti-harakati tufayli zaharli va chirimaydigan moddalar ishlab chiqarilmoqda, tuproqni zarar- lantirib, hosillami nobut boiishiga, haddan ortiq baliqlami ovlash, sanoatni rivojlantirish, manzara va shamollami to‘sib qo‘yadigan ulkan binolar, yashillikdan asar ham yo‘q jonsiz yo‘llar va avto- mobil turar joylari, kimyoviy o‘g‘it va pestisidlar hamda juda ko‘p ichimlik suvi hisobiga saqlanib turgan notabiiy landshaftlar, bular- ning hammasi ona sayyoramizga bevosita hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Birgina AQShning o‘zida olsak, CO2 chiqindi gazining 35% binolardan chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |